Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi


Download 475.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana06.11.2023
Hajmi475.41 Kb.
#1751677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
tarzhima pragmatikasining oziga xos xususiyatlari

Ishning maqsadi va vazifalari. 
Tarjima, o‘zining ichki tabiati vaxusu-
 
siyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab sohalarning bir qismini ifoda etadi. Shunday 
sohalardan biri pragmatikadir.Tarjima va pragmatika o‘rtasidagi aloqa 
anglashilmas darajada namoyon bo‘lishi mumkin, ammo bu ikki sohani yaqindan 
o‘rganish ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon qiladi.
Ushbu malakaviy ishning asosiy maqsadi ikki soha ya’ni, tarjima vapragma- 
tika sohalarini bir-biridan farqlagan holda ularning o‘zaro aloqalarini o‘rganish va 
tarjima pragmatikasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
Mazkur bitiruv malakaviy ishida tarjima va pragmatika o‘rtasidagi mavjud
bo‘lgan muhim munosabatlar o‘rganiladi va ma’lum vaziyatlarda tarjimonning 
pragmatik bilimidan foydalanib asliyatni to‘g‘ri anglashi va uni tarjima qilishi 
muhokama qilinadi.
Ishning ilmiy yangiligi. 
Biz bilamizki,
tarjima pragmatikasi, pragmatik 
xususiyatlarning tarjimada berilishi kabi masalalarga bag’ishlangan ilmiy ishlar 
soni talaygina. Ammo asliyatdagi pragmatik xususiyatlarning tarjimada berilishi 
borasidagi o’zbek tilidagi ilmiy adabiyotlar sanoqlidir. Shuning uchun ham mazkur 
bitiruv malakaviy ishida ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda tarjima 
pragmatikasining o’ziga xos xususiyatlari o;zbek tiliga qilingan tarjima misolida 
bayon qilinadi. Xususan, Fattoh Abdullayev tomonidan tarjima qilingan “Hayotga 
muhabbat” hikoyasi misolida pragmatik xususiyatlarning tarjimada qayta 
yaratilishi tahlil qilinadi. 
Ishning predmeti va obyekti. 
Nutq jarayoni, insonning nutqiy faoliyati 
uning rang-barang, chunonchi: ruxiy, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va h. 
ijtimoiy va tabiiy faoliyati bo‘lganligi sababli, pragmatikada nutqiy faoliyat 
insoniy faoliyatning qolgan o‘nlab qirralari bilan bog‘liqlikda o‘rganiladi. Shuning 
uchun sistem tilshunoslik til tizimini, til sistemasini o‘rgansa, pragmatika muloqot, 
o‘zaro-fikr almashuv, kommunikatsiya, aloqa-aralashuv, so‘zlashuv tizimini 


5
o‘rganadi.Nutq jarayoniga tizim sifatida yondashish pragmatikaning asosiy tadqiq 
manbai va usulidir.
Demak, pragmatika nutqiy muloqotni yaxlit bir tizim sifatida - bu jarayon- 
ning barcha lisoniy va nolisoniy omillari bilan uzviy bog‘liqlikda, hamkorlikda 
o‘rganuvchi fan hamda tarjima, etika,estetika, stilistika, tilshunoslik
psixolingvistika, madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan bog‘liq ekan, ishning 
predmeti va obyekti nutqiy jarayon, badiiy asarlar hamda turli tillardagi tarjima 
asarlari hisoblanadi.

Download 475.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling