Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


 Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning statistik


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   206
Bog'liq
sss111

 
15.5. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning statistik 
ko‘rsatkichlari 
 
15.5.1. Turizm xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlar statistik 
ko‘rsatkichlari 
Mamlakatimizda iqtisodiyot barqaror sur’atlar bilan o‘smoqda. 
Yalpi ichki mahsulot 2015 yilda 7,9 foiz, 2016 yilda 7,8 foiz 2017 yilda 
5,3 foizga o‘sdi. 
So‘nggi yillarda xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasi tez 
sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ayniqsa O‘zbekistonning tarixiy 
yodgorliklari, tabiiy sharoiti hamda Sharqning buyuk mutafakkirlari 
turizmni yanada rivojlantirish imkoniyatlari katta ekanligini bildiradi. 
Ma’lumki, 
Respublika Prezidenti 2016 yil 2 dekabrda 
“O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasining jadal rivojlantirishini 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu 
Farmon asosida sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik 
tarmog‘I sifatida belgilandi. 
Farmonga binoan xorijiy fuqoralarning O`zbekistonga tashrifi 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: turizm maqsadida 
O`zbekistonga 30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga keluvchi 15 ta 
davlat fuqoralari uchun, hamda 55 yoshga to`lgan va turizm maqsadida 
30 kundan ortiq bo`lmagan muddatga O`zbekiston Respublikasiga 
keluvchi Belgiya, Indoneziya, XXR, Malayziya, AQSh, Fransiya, 
Vetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiya fuqoralari 
uchun viza rejimi bekor qilindi. 
Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarining xalqaro 
aeroportlarida xorijiy turistlar uchun “Yashil yo`lakcha”lar tashkil etilib, 
passport va bojxona nazoratidan o`tishning, bagajni olishning 
soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. 
Turizm sohasida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi.
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish kishi-kunlarda ifodalanib qabul 
qilinganlar, shu jumladan chet elliklar va O‘zbekiston fuqarolari


306 
jo‘natilganlar,shu 
jumladan 
MDH 
mamlakatlariga
Uzoq xorijiy mamlakatlarga sayyohlarni joylashtirish vositalari 
quyidagicha guruhlanadi: 
- maxsus joylashtirish vositalari (Mehmonxonalar, motellar); 
- dam olish tashkilotlari; 
- dam olish pansionatlari; 
- dam olish uylari
- dam olish bazalari; 
- sayyohlar bazalari; 
- boshqa dam olish tashkilotlari.
Loyihalarni joylashtirishning Ushbu vositalari soni (nechta ekanligi) 
va ulardagi o‘rinlar soni, sayyohlarga xizmat ko‘rsatganlik kishi-
kunlarda kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining 
asosiy 
ko‘rsatkichlariga 
quyidagilar kiradi:
- xizmatlarni sotishdan tushgan daromadlar
- shu jumladan: - kollektiv joylashtirish vositalarini foydalanishdan 
tushgan daromadlar; 
- qo‘shimcha pullik xizmatlar hisobiga tushgan daromadlar; 
- sayyohlik xizmatlari eksporti. 
Sarf xarajatlar jami: ulardan turistik xizmatlar ko‘rsatish xarajatlari. 
Bu ma’lumotlarni turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmalar 
statistika organlariga belgilangan muddatlarda topshiriladi. 
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko`rsatish va joylashtirish 
to`g`risida mikrofirma va kichik korxonalarning hisobotining yillik 
shakli 8-bo‘limdan iborat bo‘lib, mehnat ko‘rsatkichlari, umumiy 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qancha sayyohlarga xizmat ko‘rsatilganligi, 
sayyohlarni joylashtirish vositalarining turlari va o‘rinlar soni hamda 
ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi kabi ma’lumotlar ko`rsatiladi.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling