Umumpedagogik tahlil.
Bu darsdagi hamma jihatlarning qisqa va oʻzaro boglikdigi tahlilidir.
Bunda quyidagilarni hisobga olish oʻrinli boʻladi:
Oʻquv yoki dars xonasining dars oʻtishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari).
Oʻquv xonasining sanitariya-gigiyena holati.
Oʻqituvchining dars mavzusi boʻyicha taʻlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadi.
Oʻqituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va umumiy pedagogik jihatdan qanchalik
tayyorlanganlik darajasi.
Oʻqituvchining dars etaplaridan toʻgri foydalanganligi.
Oʻqituvchining oʻquvchil arga taʻlim-tarbiya berishda pedagogik jihatdan namunalilik darajasi.
Oʻquvchil ar bilimiga qoʻyiladigan bahoning adolatli va izohli boʻlishi.
Oʻquvchil arning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritishi hamda mazkur fan
asoslarini oʻzlashtirib olganlik darajasi.
Oʻquvchil arning oʻqituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashi.
Oʻqituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi, taʻlimni tarbiyaga boglashi.
Dars jarayonida oʻlkashunoslik, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish materiallaridan
foydalanishi.
Oʻqituvchining darsda asosiy maqsadiga erisha olganligi.
Oʻqituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga muhtojligi kabilar.
Umumpsixologik tahlil.
Darsni umumpsixologik tahlil qilish sxemasi:
1. Darsning aniq maqsad va vazifalariga bogliq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish.
2. darsning mavzu, maqsad va vazifalari;
3. darsning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.
4. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish.
-
mazkur material oʻquvchil ar bilim faoliyatining yoki xususiyatlariga, ularning hayotiy
tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi;
-
oʻqituvchining murakkab oʻquv materialini mazkur yoshdagi oʻquvchil arning idrok
etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning oddiyligi, ravonligi,
qiyoslarning mavjudligi, hayot bilan boglash);
-
oʻrganilayotgan materialning tarbiyaviy taʻsiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |