Samdti, Davolash fakulteti 4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida


Download 80.71 Kb.
bet8/23
Sana02.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#193357
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
ffff

ETIOLOGIYASI. Xar bir dori vositalari organizmda koʼp oʼzgarishlarga uchraydi: u parchalanadi, xosil boʼlgan xarbir metabolitga organizmda antitana ishlab chiqarilishi mumkin. Vaktsinalar, zardoblar, ѐt immunglobulinlar, oqsil tabiatiga ega boʼlgan modda sifatida – allergen xisoblanadi (organizmda antitanalar xosil boʼlishini chaqiradi) va ular bilan reaktsiyaga kirishadi. Natijada dori allergiyasi asosini tashkil qiladigan antitana paydo boʼladi va antigen takroran tushganda antigenantitana yigʼindisi, birikmasi (kompleksi) yuzaga keladi. Аllergik reaktsiyalarni xamma preparatlar, shu xisobidan antiallergik vositalar va glyukokortikoidlar ham chaqirishi mumkin. Past molekulyarli moddalarning allergik reaktsiya chaqirish qobiliyati ularning kimѐviy tuzilishiga va dori vositalarning yuborish yoʼliga bogʼliq. Dori per os (ichishga) berilganda allergik reaktsiya rivojlanishi past, mushak orasiga va ayniqsa vena ichiga yuborilganda xatar ortadi.

Dori allergiyasiga xatar tugʼdiruvchi omillar: dori vositalari bilan munosabatda boʼlish (dori vositalariga sensibilizatsiya boʼlishi koʼpincha tabobat va dorixona xizmatchilarida), dorilarni uzoq vaqt va tez-tez qoʼllash, polipragmaziya. Bundan tashqari dori allergiyasiga xatar nasliy zaif, teri zamburugʼlari kasalligi, allergik kasalliklar (polinoz, bronx astmasi va x.k.) va ovqat allergiyasi mavjudligida kuzatiladi.

Dorilarning nojoʼya taʼsir mexanizmlari xar xil boʼlishi mumkin.

1) Toksik (zaxarli) reaktsiyalar

a) Dori vositalarining yuqori miqdori (baland dozasi). Bu koʼpincha terapevtik amaliѐtda uchraydi. Zaharlanish belgilari dorining bevosita farmakologik xususiyatlari bilan bogʼliq – antikoagulyantlarning yuqori miqdorida qon ketishi, verapamilning yuqori miqdorda АV blokadasi (qamali) rivojlanishi vujudga keladi.

b) Terapevtik dozada toksik reaktsiya sodir boʼlishi dorilar modda almashinuvining irsiy sekinlashi bilan bogʼliq. Bunday bemorlarda zaharlanishning klinik koʼrinishi xar xil va allergiyaga qabul qilinib xato qilinadigan teri toshmasi bilan ifodalanishi mumkin.

v) Jigar va buyrakning funktsional yetishmovchiligi (zaharli moddalarning mavjud boʼlishi, dori ѐki uning parchalanish mahsulotlarining vujudga kelishi) bilan bogʼliq toksik reaktsiyalar.

g) Yatrogen sababli reaktsiyalar (davolashda polipragmaziya, masalan, miokard infarktida bemor 3-5 tadan ortiq dori vositalarini qabul qiladi; varfarin va simetidinni bir vaqtda qabul qilganda qon ketishi).

d) Uzoq vaqtdan keyingi toksik taʼsirlar: teratogenli dori vositalarning xomila rivojlanishiga taʼsiri natijasida bolani nogiron tugʼilishi; kantserogenlik – xatarli oʼsmalarning vujudga keltiruvchi xususiyati; ototoksik – quloqqa zaharli taʼsiri.

2) Maqbul (kutilgan) taʼsir – dori vositalarining farmokologik xususiyatiga bogʼliq (tsitostatikdan leykopeniya, antigistaminlarning sedativ – tinchlantiruvchi taʼsiri)

3) Paradoksal (qarama-qarshi) taʼsir, masalan, dimedrol qabulida xayajonga kelish xolati.

4) Superinfektsiyalar va disbakteriozlar (mediatorlar – gistamin, bradikinin va boshqalar) salmoqli ajraladilar.

5) Psixogen (ruhiy) reaktsiyalar koʼpincha dorilarga bir marta reaktsiya boʼlgan shaxslarda keyinchalik dorilarni “koʼtaraolmaslik” rivojlanadi. Mazkur holat vegetativ kriz koʼrinishida ifodalanadi va bosh aylanishi hamda ogʼrishi, darmonsizlik, terlash belgilari bilan kuzatiladi.

6) Dorilarni notoʼgʼri yuborishda mavjud boʼladigan reaktsiyalar, masalan, eufillinni tomir ichiga yuborganda koʼngil aynishi, qusish va arteriya bosimining pasayishi.

7) Enzimopatiya va soxta allergiyaga bogʼliq odatdagidan tashqari reaktsiyalar – rivojlanishida dori vositalarini semiz xujayralarga bevosita toʼgʼri taʼsiri va gistamin ajralishi muhim ahamiyatga ega.

Haqiqiy (chin) allergik reaktsiyalardan tashqari soxta noimmun allergik  reaktsiyalar xam boʼlishi mumkin. Dorilarga bu turdagi reaktsiyalar klinik koʼrinishidan farqlanmay, rivojlanish mexanizmi boʼyicha farqlanadilar. Soxta allergik reaktsiyada quyidagilar boʼlishi mumkin:

a) dorini birinchi marta qabulidan soʼng mavjudligi;

b) xar xil kimѐviy tuzilishdagi dorilarni, baʼzan platsebo qabuliga klinik belgilarni paydo boʼlish javobi;

v) dorini sekin yuborib anafilaktik reaktsiya oldini olishi mumkin, chunki qonda dori miqdori jiddiy nuqtadan pastda qoladi va gistamin ajralishi sekin sodir boʼladi.

Soxta allergik reaktsiyaning bilvosita koʼrsatkichi boʼlib xorigan allergik anamnez hisoblanadi. Soxta allergik reaktsiya rivojlanishga gipotalamik  patologiya, qand diabeti, meʼda-ichak va jigar kasalliklari va surunkali infektsiya (gaymorit, bronxit) qulay muhit hisoblanadi. Polipragmaziya, bemor tana vazniga va ѐshiga mos kelmaydigan dozada dori vositalarini yuborish xam soxta allergik reaktsiya rivojlanishini qoʼzgʼatadi.

8) Chin allergik reaktsiyalar faqat antigen – antitana ѐki antigen sensibilizatsiyalashgan limfotsit reaktsiyasi natijasida mavjud, odatda oldindan aytib berilmaydi, dorining farmokologik taʼsiri va dozasi (miqdori) bilan bogʼliq emas.

KLINIK KOʼRINIShI. Xar xil dorilar bilan chaqiriladigan allergik reaktsiyalar ularning rivojlanish tezligiga qarab 3 guruhga boʼlinadilar.


I guruxga organizmga dori tushgandan soʼng darxol ѐki bir soat mobaynida vujudga keladigan reaktsiyalar kiradi:
Аnafilaktik shok;
Oʼtkir eshakem;
Kvinke shishi;
Bronx astmasi;
Oʼtkir gemolitik anemiya.
II guruhga dori yuborilgandan keyin 1 soat mobaynida rivojlanadigan oʼrtacha oʼtkir tipidagi allergik reaktsiyalar kiradi:
Аgranulotsitoz;
Trombotsitopeniya;
Makulo-papulezli ekzantema
Isitma.
III guruhga dori yuborilgandan soʼng bir necha sutka, xafta oraligʼida rivojlanadigan choʼziluvchan tipidagi reaktsiya kiradi:
Zardob kasalligi;
Аllergik vaskulit va purpura;
Аrtralgiyalar va poliartritlar;
Limfoadenopatiya;
Ichki aʼzolar zararlanishi (allergik gepatit, nefrit va b.);
Teri toshmalari dori allergiyasining eng koʼp klinik belgisi hisoblanadi. Ular dori isteʼmolining 7-8 kunlari paydo boʼladilar, koʼpincha teri qichishishi bilan kuzatiladi va qabul qilish toʼxtatilgandan bir necha kun oʼtgach yoʼqoladilar. Teri allergik reaktsiyaga eshakem, angionevrotik shish, eritrodermiya, dermatit, ekzema va boshqalar kiradi. Koʼpincha bu holatlarda “teri dermatiti” atamasi qabul qilinadi.

  1. Jigar yetishmovchiligi.



Aniqlash Jigar sirrozi surunkali avj olib boruvchi diffuz kasallik bo‘lib, gepatotsitlaming nekrozi, biriktiruvchi to‘qimaIaming o'sishi, oqibatda jigar normal arxitektonikasining buzilishi va regeneratsiya tugunlarining hosil bo'lishi hamda rivojlanib boruvchi fibroz bilan namoyon boladi. Uning oqibatida avj olib boruvchi surankali jigar yetishmovchiligi va portal gipertenziya belgilari yuzaga keladi

3. Necheparenko sinamasi


SamDTI, Davolash fakulteti

4- son  ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida

"Tasdiqlangan"

Kafedra mudiri,

v/b Xoljigitova M.B.

« » 20 yil

Bayonnoma №

Bilet №8


  1. Jigar komasi.



2. Surunkali buyrak tetishmovchiligi etiopatagenezi, klinikasi, diagnostikasi.

3. Pulsoksimetriya
Bilet №9

SamDTI, Davolash fakulteti

4- son  ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida

"Tasdiqlangan"

Kafedra mudiri,

v/b Xoljigitova M.B.

« » 20 yil

Bayonnoma №



  1. Surunkali pankreatitlar etiologiyasi, klinikasi, davolash mezonlari.


Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling