Samdti, Davolash fakulteti 4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida


Download 80.71 Kb.
bet6/23
Sana02.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#193357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ffff

Laborator-asbobiy tekshirishlar. Umumiy qon tahlilida etitrotsitlar sonining me'yoridan kamayishi va ECHT oshishi aniqlanishi mumkin. Umumiy siydik tahlilida ko'ruv maydonida (4-5 ko'p) o'zgargan eritrotsitlar, ba'zan makrogematuriya, proteinuriya (nefrotik sindromda bir kunda ajraladigan oqsillar miqdori 3,5 g ko'p) va turli xii silindruriyalar qayd etiladi. Ko'p hollarda gematuriya proteinuriya bilan birga kuzatiladi. Bemorda faqat gematuriya kuzatilsa, buyrak yoki siydik yo'llarida o'sma, tosh, infeksiya (avvalambor sil), Alport sindromi to'g'risida o'ylash va ularni inkor qilish lozim. Shu sababli bunday hollarda ko'rsatmalardan kelib chiqib, ekskretor urogragfiya, sistoskopiya va selektiv angiografiya o'tkaziladi.

Nechiporenko sinamasi ajraladigan siydikda eritrotsitlar yoki leykotsitlar ko' pligini aniqlash imkonini beradi va glomerulonefritlarda birinchisining soni me'yoridan ko'paygan bo'ladi.

Piyelonefrit

Piyelonefrit spetsifik bo'lmagan yallig'lanish bilan kechuvchi buyrak kasalligi hisoblanib, ko'proq oraliq to'qima, kosacha-jomcha tizimi zararlanadi. Kasallik aholi orasida keng tarqalgan  bo'lib,  yosh  bolalarda (3  yoshgacha -   ko'proq  qizlarda),  faol  reproduktiv   yoshda  (erkak va ayollarda bir xii, ammo 70 yoshdan keyin ko'proq (erkaklarda) aniqlanadi. Piyelonefritni qiz bolalar va ayollarda ko' proq uchrashi ,  bu jinsning siydik ajratish kanalining  o'ziga xos anatomik  va fiziologik  tuzilishi  bilan  (ularni  kaltaligi, hamda jinsiy a'zolar va to'g'ri ichakni bir-biriga yaqin joylashganligi)   bog'liq.  Undan  tashqari,  ayollarda  homiladorlik   vaqtida  yuz   beradigan   gormonal   o' zgarishlar  oqibatida siydik yo'llarida kuzatiladigan gipotoniya, dilatatsiya va diskeniziyalar  ham  kasallik rivojlanishiga sharoit  yaratadi. 70  yoshdan  oshgan  erkaklarda  prostata   bezidagi o'zgarishlar  ( ko 'proq adenoma) va urodinamikani buzilishi piyelonefrit   sistit kelib chiqishiga sabab bo'ladi.




Download 80.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling