REJA: - Strаtegik аhаmiyatgа egа tаrmоqning milliy iqtisоdiyotdаgi rоli
- Sanoat korxonalari strategiyasining mohiyati va maqsadi
- Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish
- Korxona strategiyasi va samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillar
1. Strаtegik аhаmiyatgа egа tаrmоqning milliy iqtisоdiyotdаgi rоli Nef-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o`rin egallaydi. Ushbu bo`lgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral o`g`itlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. O`zbekistonda neft-gaz sanoatining rivojlanishi bir nechta bosqichlarni qamrab oladi. Ushbu yillarda respublikada neft mustaqilligi zaiflashishiga avvalo bu hududdagi ikkita neftni qayta ishlash zavodining mahalliy neft bilan ta'minlanishining pasayishi, yetmagan xomashyo g`arbiy Turkmanistondan keltirilishi, keltirilgan neftning narxi Farg`ona va Buxoro neftidan ikki baravar yuqoriligi sabab edi. Bu, albatta, neftni qayta ishlash zavodlarining iqtisodiy ko`rsatkichlariga salbiy ta'sir ko`rsatardi. Respublikada qazib olinadigan neftdan XIX asrning 2-yarmigacha faqat kerosin olinib, qolgani chiqindiga chiqarib tashlanardi. Ichki yonuv dvigatellarining ixtiro etilishi va texnik taraqqiyot benzinga bo`lgan talabni oshirdi. Neftdan dastlab kerosin, benzin, dizel yoqilg`isi, keyinchalik esa sintetik tolalar, 100dan ortiq kimyoviy xomashyo va o`g`itlar olina boshladi. Birgina 1965-1970-yillar davomida Farg`ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlarida benzin ishlab chiqarish 13, kerosin ishlab chiqarish 21, dizel yonilg`isi ishlab chiqarish 81, moylash yog`lari olish 59 va mazut ishlab chiqarish 64%ga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |