159
Erituvchi va suvninq.
.]_ bug'lari
(Шг1
5.15-rasm. Soapstokdan erituvchini haydash kolonnasi.
masi 60-70 °C gacha qizdiriladi va toza
(tuzlardan xoli) suv yordamida 90-95 °C
harorat ostida uzluksiz ishlaydigan
tindirgichlarda ishlov beriladi. Bu yerdan
tozalangan mitsella ikkinchi bosqich
distillatoriga yuboriladi.
Tindirgichlarda mitselladan ajratib
olingan cho‘kma (soapstok) dan erituvchi
maxsus kolonnalarda haydaladi (5.15-rasm).
Bu kolonna sferik qopqoq va
konussimon tubga ega bo‘lgan vertikal
silindrik korpus 1 dan iborat. Uning yuqori
qismida ko‘pik so‘ndirish uchun bug‘li
barbotyor 2, o‘rta qismida esa soapstokni
purkash uchun ikkita bug‘li forsunkalar 3
o‘rnatilgan. Kolonna vakuum ostida ishlaydi.
110°C gacha qizdirilgan soapstokning
erituvchidagi eritmasi forsunkalar orqali
kolonna ichidagi bug‘li kenglikka purkaladi,
erituvchi bug‘lanib ketadi, soapstok esa omborga yuboriladi.
Shrotdan erituvchini haydash. Ekstraktordan chiqadigan shrot tarkibida 20-30% erituvchi bo‘ladi. Bu erituvchi konstruksiyasi mezga tayyorlanadigan qovurish qozonlariga o‘xshaydigan chanli bug‘latgichlarda (tosterlarda) qizdirib, bug‘latiladi (haydaladi).
Chanli bug‘latgich-toster (5.16-rasm) diametri 2,1 m boigan chanlardan iborat kolonnali apparatdir. Chanlarning har jufti umumiy bug* bilan qizdiriladigan g‘ilofga ega. Barcha chanlar markazi orqali o‘tgan val 1 ga shrotni aralashtirib turish va chandan changa o‘tkazish uchun mo‘ljallangan pichoqli aralashtirgichlar o‘rnatilgan. Shrot tosterning yuqorigi chani 3 ga shlyuz orqali yuklanadi, klapanli bo‘shatgich 6 orqali esa bo‘shatiladi.
Tosterlarda shrotga gidrotermik ishlov berish parametrlari shunday boshqarilishi kerakki, bunda erituvchini maksimal ajratib olish bilan birga uruglardagi zararli moddalar inaktivatsiyasi amalga oshsin va shrotning yem sifatidagi oziqaviylik qiymati ko‘tarilsin. Toster chanlaridagi bosimni tenglashtirib turish uchun barcha chanlarni birlashtirib turadigan kollektor
ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |