Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet286/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Oziqaviy bo‘yoqlar. Mahsulotning rangi uning jozibadorligini belgilovchi omillardan hisoblanadi. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotla­rini tabiiy bo'yoqlar bilan bo'yash oldindan paydo bo'lgan. Rang berish, ko'pchilik oziq-ovqat mahsulotlari texnologik ishlov berish jarayonida o'zining oldingi rangini yo'qotganligi uchun ham zarurdir.
Oziq-ovqat sanoatida qo'llaniladigan oziqaviy bo'yoqlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: asosan, o'simliklardan olinadigan tabiiy bo'yoqlar; organik sintez yo'li bilan olinadigan, yuqori rang berish qobiliyatiga ega sintetik bo'yoqlar.
Tabiiy bo'yoqlar. Oziqaviy bo'yoq sifatida ishlatiladigan tabiiy organik moddalarga quyidagilar misol bo'ladi: qizil bo'yoqlarga-karmin, meva rezavorlarning sharbatlari, enobo'yoq, malvin; sariq bo'yoqlarga- shafran, kurkuma, karotin; yashil bo'yoqlarga-xlorofill, qo'ng'ir bo'yoq-
364




larga-qizdirilgan shakar, qovurilgan kofe; oq bo‘yoqlarga-kraxmal, shakar kukuni va boshqalar.

Karmin-Lotin Amerikasi mamlakatlarida kaktuslarning ayrim turlarida ko‘paytiriladigan к о s h e n i 1 hasharotlaridan olinadigan qizil rangdagi bo‘yovchi modda. Karmin sovuq suvda qiyin eriydi, shuning uchun uning suv-ammiakli eritmasi ishlatiladi.
Enobo'yoq—uzumning qizil navlari tulpidan olinadigan qizil oziqaviy bo‘yoqdir. Bu bo'yoq faqatgina pH muhit 5 dan yuqori boimagan nordon mahsulotlarni bo'yash uchun ishlatilishi mumkin. U uzum tulpidan ko‘pincha 1 % li xlorid kislotasi bilan ekstraksiyalash va vakuum ostida quyultirish yoii bilan olinadi. Qizil bo‘yoqni olish uchun xomashyo sifatida shotut, qizil lavlagi va sharbat ishlab chiqarish chiqindilari ishlatilishi mumkin.
Кигкита-хащгЫХЫг oilasiga mansub ko‘p yillik o'tsimon o'simlik ildizidan olinadigan bo‘yoq. Kurkuma korxonalarga quritilgan ildiz qalamchalari yoki mayin yanchilgan kukun holida keltiriladi. Kurkuma suvda erimaydi, shuning uchun u spirtli eritma ko'rinishida ishlatiladi.
5q/7o/--respublikamizda o'sadigan bir yoki ikki yillik o‘tsimon bo‘yovchi sailor gullaridan olinadigan bo‘yoq.
Krosin-za’farning bo‘yovchi moddasi boiib yuqori rang berish xususiyatiga ega, ko'pincha ziravor sifatida qoilaniladi.
Karotinoidli bo'yovchi moddalar o'simliklarning to‘qimalarida keng tarqalgan va ko‘pchilik oziq-ovqat mahsulotlarining rangi ularda shu moddaning mavjudligi bilan belgilanadi. Bu bo‘yovchi moddalar yordamida oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy rangini kuchaytirishi mumkin.
Xlorofill—yashil rangdagi qimmatli oziqaviy bo‘yoq boiib, turli mahsulotlarni va ichimliklarni bo‘yash uchun ishlatiladi. U o‘simliklarning barglaridan va suv o‘tlaridan olinadi.
Sintetik boyoqlar. Bizning mamlakatimizda oziqaviy bo‘yoq sifatida indigokarmin va tartrazindan foydalanishga ruxsat etilgan.
Indigokarmin-ko‘k rangli bo‘yoq boiib, indigosulfokislotaning ikki natriyli tuzidan iborat. Bo‘yoq suvda yaxshi erib, toza, ko‘k rangli eritma hosil qiladi.
Tartrazin-sariq rangli bo‘yoq. Bo‘yoq suvda yaxshi, spirtda kam eriydi, yog‘da erimaydi. Yaxshi yorugiikka va haroratga bardoshliligi bilan farqlanadi, lekin barcha sintetik bo‘yoqlar ichida kuchli gigroskopik

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling