Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
361
Tuxum massasi pasterizatsiyalanadi va issiq havo bilan plyonkali va purkash usulida quritiladi. Suvsizlantirish jarayoni bir lahzadan, quritish zonasidagi harorat 50 °C dan oshmasligi oqsil moddalari tabiiy xossalarining saqlanishiga imkon yaratadi. Tuxum kukuni aralashmasining rangi butun massa bo'yicha och sariq, strukturasi kukunsimon, qumoqlari oson eziladigan, ta’mi va hidi quritilgan tuxumga xos bo'ladi. Tuxum kukunining eruvchanligi 85% dan kam emas, namligi 9% gacha, quruq moddalarga hisoblanganda oqsil miqdori 45% dan, yog1-35% dan kam emas, kul miqdori 4% gacha; kislotaliligi 10% dan ko‘p boimasligi kerak. Tuxum kukuni qog'oz paketlarda 100 va 200 g dan, faner barabanlarda va shtamplangan bochkalarda 25 kg dan, germetik tunuka bankalarda 10 kg dan, karton qutilarda 250 g dan qilib chiqariladi. Barabanlar, bochkalar, karton qutilarning ichi pergament yoki parafinlangan qog'oz bilan yopilgan bo'ladi. Namlangan, mog'orlagan, begona hidli, kuygan va rangi o'zgargan tuxum kukuni qabul qilinmaydi. Muzlatilgan tuxum mahsulotlari havoning -12 °C haroratida va 85% nisbiy namligida 8 oygacha, -18 °C da 15 oygacha; tuxum kukuni 10 dan -2 °C gacha haroratda germetik mahkamlangan idishda 1 yil, nogermetik idishda 8 oy saqlanishi mumkin. Muzlatilgan tuxum mahsulotlarida past haroratlarda 3 oydan ortiq saqlanganda tuxum sarigi jelelanadi, tuxum oqida sekin boradigan denaturatsiyalanish jarayoni hisobiga oq tolalar hosil bo'ladi. Quritilgan tuxum1 mahsulotlari uzoq vaqt saqlanganda ularning eruvchanligi o'zgaradi. Harorat va tuxum kukuni namligi qanchalik yuqori boisa, uning eruvchanligi va ko'pik hosil qilish qobiliyati shunchalik pasayadi. Tuxum kukuni saqlash vaqtida karotinoidinlarning oksidlanishi va melanoidinlar hosil boiishi natijasida rangi qorayib boradi. Uzoq vaqt saqlash davomida kukunda baliq hidi paydo boiishi lesitinning parchalanishi bilan tushuntiriladi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling