Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet198/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

247




larning hayot faoliyati va fermentlar ta’sirini to‘xtatish uchun yetarli osmotik bosim hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun sut va qaymoqni quyultirish vaqtida unga konsentratsiyasi 70-75% bo'lgan shakar qiyomi qo'shiladi. Shakar konservant vazifasini bajaradi. Shakar qo‘shilmagan holda quyultirilgan sut sterilizatsiyalanadi. Bankalarga qadoqlash va sterizatsiyalashdan oldin quyultirilgan sut gomogenizatsiyalanadi. Sutli bankalarni sterilizatsiyalashda harorat muttasil tarzda 117 °C gacha oshirib boriladi va shu haroratda 15 minut saqlanadi.
Shakar qo‘shib quyultirilgan sut 26,5 % dan ko‘p bo‘lmagan namlikka, 43,5% dan kam bo'lmagan qandga, 28,5% dan kam bo'lmagan sutning quruq moddalariga, shu jumladan, 8,5 % sut yog‘iga ega bo‘ladi. Shakarsiz quyultirilgan tabiiy sutda quruq moddalarning miqdori 25,5% dan kam bo‘lmasligi kerak. Shakar qo‘shib quyultirilgan qaymoqning namligi 26 % dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Quyultirilgan sut va qaymoqning rangi oq sarg‘ish tusda, ta’mi va hidi shirin, toza, begona ta’m va hidlarsiz, pasterizatsiyalangan mahsulotning ta’mi aniq sezilib turadigan bo‘lishi kerak. Konsistensiyasi butun mahsulot bo'ylab bir jinsli, qovushqoq, laktozaning kristallari sezilmaydigan bo‘lishi darkor.
Shakarsiz quyultirilgan sterilizatsiyalangan tabiiy sutning ta’mi qizdirilgan sutga xos, shirin-tuzli ta’mga ega bo‘ladi. Konsistensiyasi suyuq, oqsil ushoqlari va katta bo‘laklarsiz bo‘ladi, biroz cho‘kma bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Quyultirilgan sut konservalari 0-10 °C haroratda, sterilizatsiyalangan quyultirilgan sut 0-20 °C haroratda havoning nisbiy namligi 75% dan oshmagan holda saqlanadi. Haroratning o‘zgarishi va havo namligining ortishi bankalarning zanglashiga olib kelishi mumkin. Germetik idishlarga qadoqlangan quyultirilgan sutning kafolatlangan saqlanish muddati-bir yil.
Quruq sut mahsulotlari.
Quruq sut va qaymoq ikki yo‘l bilan, yupqa plyonkali va purkash usulida tayyorlanadi. Quritishdan oldin sut va qaymoq yog‘ va quruq moddalari miqdori bo‘yicha me’yorlashtiriladi, pasterizatsiyalanadi, quruq moddalarining konsentratsiyasi 40-48% bo‘lgunga qadar quyultiriladi.
Plyonkali quritishda quyultirilgan sut bir-biriga teskari harakat qiluvchi ikkita barabanlarning harorati 105-120 °C bo‘lgan tashqi silliq yuzasiga quyiladi. Barabanning to‘liq bo‘lmagan aylanish vaqtida sutdan erkin namlik ajralib chiqadi. Hosil bo‘lgan quruq yupqa qavat metall 248




pichoqlar bilan baraban yuzasidan olinadi, maydalanadi va elakdan o‘tkaziladi. Bu usulda quruq sutning harorati 110°C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Purkash usuli
bilan quritishda purkovchi quritgichlarning gumbazida oldindan tayyorlangan sut mayda tomchilar holida purkaladi va qarama- qarshi tomondan issiq havo beriladi. Sut tomchilari tezda quriydi, quruq sferik holatdagi sut zarrachalari apparatning pastki qismiga tushadi va u yerdan muttasil tarzda olinadi.
Quritish vaqtida sut oqsillari qisman tabiiy xususiyatlarini yo‘qotadi, ya’ni denaturatsiyalanadi, suvda bo‘kish va erish xususiyati pasayadi. Purkovchi quritgichlarda qizdirish harorati past bo‘lganligi sababli plyonkali usulga qaraganda oqsil moddalarning o‘zgarishi kamroq, sutning eruvchanligi yuqoriroq bo'ladi.
Sovitilgan quruq sut ko‘p qavatli qog‘oz qoplarga, faner bochkalarga va shu bilan birga kichik germetik idishlarga, tunuka bankalarga, sellofan qopchali qog'oz qutilarga joylanadi.
Quruq sut mahsulotlariga tabiiy va yog‘sizlantirilgan quruq sigir suti, quruq qaymoq va boshqalar kiradi.
Quruq sut mahsulotlari oq rangli, sarg'ish tusli kukundan iborat bo‘lib, pasterizatsiyalangan sutning hidi va ta’miga xos bo‘lgan toza hid va ta’mga ega. Quruq sut mahsulotlarining namligi germetik qadoqlanganda

  1. 5% dan, germetik boimagan qadoqlashda 7% dan ko‘p bolmasligi kerak.

Organoleptik ko'rsatkichlari, eruvchanligi va umumiy bakteriyalar miqdoriga ko‘ra quruq sut mahsulotlari oliy va I navlarga boiinadi.
Quruq sut mahsulotlari 1-10 °C gacha boigan haroratda saqlanadi. Havoning nisbiy namligi 75% dan (nogermetik qadoqlangan mahsulotlar uchun) yoki 85 % dan (germetik qadoqlangan mahsulotlar uchun) oshmasligi kerak. Bunday sharoitlarda germetik qadoqlangan quruq sut mahsulotlari 8 oygacha va nogermetik qadoqlanganlari esa-3 oygacha saqlanadi.


  1. Download 462.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling