111
Zefir tayyorlash. Zefir sharsimon, oval-
^ simon yoki boshqa shakllarda ishlab chiqa-
ЩФ riladigan, odatda, ikkita yarimshakldan iborat
t J quyma pastiladir (4.7-rasm). Zefir tayyorlash
\ jp uchun quruq moddalarning miqdori yuqori
" \ у .
boigan olma pyuresidan foydalaniladi
Г
Retseptura bo‘yicha 1 t tayyor pastila uchun
Ди* 23-26 kg tuxum oqi sarflansa, zefir tayyorlash
rasm. Zefir uchun 60 kg dan ortiq tuxum oqi sarflanadi.
Zefir massasi pastilaga nisbatan kichik zichlikka ega. Uni tayyorlash uchun yelimli qiyom yuqoriroq konsentratsiyaga, ya’ni 84-85 % quruq moddalar miqdoriga ega boiishi kerak.
Zefir massasi pastilaga nisbatan ancha yuqori qovushqoqlikka ega. Bu esa qo‘ndirish (uchi kungurador metall moslama orqali siqib chiqarish) usuli bilan berilgan shaklni saqlab qolish imkonini beradi. Yarimshar ko‘rinishida shakl berilgan mahsulot tindirish va biroz quritish uchun maxsus kamera yoki sexda 5 soat davomida saqlanadi. Shundan keyin quruq moddalar miqdori 77-80 % ga yetguncha zefir biroz quritiladi. Bunda yuzasida mayda kristalli qand qobig'i hosil boiadi. Keyin zefirga shakar kukuni sepiladi, ular pastki yopishqoq yuzalari bilan yopishtiriladi. Shundan so‘ng zefir quruq moddalar miqdorini 80-84% gacha yetkazish uchun quritiladi va qutichalar, paketlarga qadoqlanadi, karton yoki yog‘och qutilarga joylanadi.
Pastila va zefir toza, shamollatiladigan, harorati 18 °C, havo nisbiy namligi 78-80% boigan omborlarda saqlanadi. Bunday sharoitlarda saqlanganda yelimli pastila va zefirning kafolatlangan yaroqlilik muddati 1,5 oyni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |