Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


«Vilgelm Maysteming darbadarlik yillari» (1821 — 1829) romanlari


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/76
Sana26.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1688336
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
«Vilgelm Maysteming darbadarlik yillari» (1821 — 1829) romanlari 
asosida insonning jamiyat oldidagi burchi, mas’uliyati masalasi yotadi.
Gyotening dunyoqarashiga Sharq ijtimoiy-falsafiy qarashlarining 
ta’siri katta bo'lgan. Sharq mavzusiga murojaat qilishini uning o'zi 
shunday izohlaydi: «Yevropadagi hayot sharoiti va davr taqozo qiladi». 
Napoleon urushidan so'ng tushkunlikka tushgan Yevropa voqeligidan 
ko'ra Sharq uni o'ziga ko'proq jalb qiladi. Gyote Sharq mamlakatlari 
madaniyati, tarixi, adabiyotini juda yaxshi bilgan, Firdavsiy, Anvoriy. 
Sa’diy, Nizomiy, Rumiy, Hofiz, Jomiy kabi buyuk sharq ijodkorlari 
asarlari bilan yaqindan tanish bo'lgan. U Hofiz Sheroziyni o'ziga 
ustoz deb biladi. Sharq she’riyatidagi hayotsevarlik, inson aqliga, 
imkoniyatlariga ishonch tuyg'usi uni o'ziga maftun qiladi. Bu kayfiyat 
uning 1819- yilda e'lon qilingan «Mag‘rib-u Mashriq devoni» she’rlar 
turkumida o'z ifodasini topgan.
Ayni paytda Gyote buyuk asari «Faust» ustida 1772- yili boshlagan 
ishini davom ettiradi. «Faust» Gyotening butun ijodiy faoliyati 
davomidagi izlanishlarining samarasi bo'lib, Yevropa ma’rifatchilik 
harakati qarashlarini yorqin aks ettiradi. «Faust» asari asosida afsona 
yotadi, unga ko'ra dunyo va g'ayb ilmlarini mukammal egallagan 
isyonkor doktor Faust iblisga imonini sotadi. Gyote ijodini o'rgangan
www.ziyouz.com kutubxonasi


olimlar fikricha, Faust VI—VII asrlarda yashagan tarixiy shaxs bo‘lib, 
favqulodda o ‘tkir aqli va g‘aroyib shaxsiyati bilan shuhrat qozongan, 
sayohat qilishni sevgan. U nihoyatda qobiliyatli, bilimdon kishi 
b oiganm i, yoki uchiga chiqqan ko'zbo'yamachi, lo'ttiboz odam 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling