Shimoliy baqtriyaning tarixiy geografiyasi
III BOB. SHIMOLIY BAQTRIYANING MIL. AVV. II MING YILLIK OXIRI – I MING YILLIK VA KUSHON PODSHOLIGI DAVRIDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI
Download 243.35 Kb.
|
T.Xoliyarov Dissertatsiya 11 05 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- (3.1.-jadvalga qarang
III BOB. SHIMOLIY BAQTRIYANING MIL. AVV. II MING YILLIK OXIRI – I MING YILLIK VA KUSHON PODSHOLIGI DAVRIDAGI TARIXIY GEOGRAFIYASI
3.1-§. Shimoliy Baqtriyaning so‘nggi bronza va ilk temir davri tarixiy geografiyasi XX asrning 50-yillaridan boshlab B.G.Gafurov, I.M.Dyakonov, M.M.Dyakonov, V.M.Masson, V.A.Livshis, B.A.Litvinskiy asarlarida Baqtriya to‘g‘risida tarixiy tadqiqotlar va arxeologiya ma’lumotlari atroflicha talqin etila boshladi, ularda Ahamoniylar bosqiniga qadar Qadimgi Baqtriya davlati bo‘lganligi qayd etilgan212. Shundan so‘ng Baqtriya to‘g‘risidagi asosiy ilmiy ma’lumotlar 1969–1977-yillarda Afg‘oniston hududida T.I.Kruglikova va undan so‘ng V.I.Sarianidi rahbarligidagi Sovet–afg‘on arxeologik ekspeditsiyasi faoliyatida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar bilan boyidi. Fanga Dashli madaniyati ma’lum bo‘ldi va Baqtriya bronza davrida Qadimgi Sharq dunyosining ajralmas bir qismi ekanligi e’tirof etila boshladi. Ayni shu vaqtda A.Asqarov Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklarini tadqiq qildi. A.Frankfort boshliq bir guruh fransuz arxeologlari Sho‘rto‘qay yodgorligida, ikkinchi guruh olimlar esa P.Bernar boshchiligida Oyxonum yodgorligida tadqiqotlar olib borib Baqtriyaning bronza davrida Xarappa madaniyati bilan, antik davrlarda Yunon madaniyati bilan yaqindan madaniy aloqada bo‘lganligini isbotlashdi. L.I.Albaum, A.A.Asqarov, A.S.Sagdullayev, Sh.B.Shaydullayevlar tomonidan ilk temir davriga oid Kuchuktepa, Tillatepa, Qiziltepa, Talashqontepa yodgorliklari o‘rganildi va Baqtriyaning boy tarixiy merosidan xabar beruvchi ma’lumotlar to‘plandi213. M.M.Dyakonov va undan so‘ng T.I.Zeymal Janubiy Tojikiston hududida joylashgan Qabodiyon, Boldaytepa yodgorliklarini o‘rganib, Baqtriyada ilk sinfiy munosabatlarning shakllanishi, Baqtriya ilk davlatchiligi masalalariga oid manbalarni ko‘rsatib berdi214. Dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalarida yuksak darajada taraqqiy qilgan Qadimgi Baqtriya, Sug‘diyona va Marg‘iyona tarixiy-madaniy o‘lkalari tarixiy geografiyasini o‘rganishda A.S.Sagdullayevning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Olim o‘z tadqiqotlarida Baqtriya tarixiy geografiyasiga oid eng muhim yozma manbalarni arxeologiya ma’lumotlari bilan nihoyatda yaxshi bog‘lay olgan. Xususan, “Avesto”da keltirilgan jamoalarni arxeologiya manbalari bilan qiyosiy o‘rganib, Baqtriya davlati taraqqiyotining bosqichlarini ko‘rsatib bergan215. Mustaqillik yillarida Shimoliy Baqtriya tarixiy geografiyasini o‘rganishga munosabat o‘zgardi. Shimoliy Baqtriya hududida qadimgi davlatlarning shakllanishi, turli ko‘rinishdagi davlatchilik asoslarining taraqqiy qilishi, turli davlat, harbiy, diniy unvon va mansablar kabi muammolar E.V.Rtveladze, Baqtriyada ilk ikki qismli shahar madaniyatining paydo bo‘lishi T.Sh.Shirinov asarlarida tahlil etildi216. Sh.B.Shaydullayevning tadqiqotlarida Shimoliy Baqtriya tarixining bir qator muammolari o‘z еchimini topgan. U o‘zining tadqiqotlarida O‘rta Osiyo, jumladan Baqtriyada dastlabki davlatchilikning shakllanish jarayonini Qadimgi Sharq davlatlari tarixi bilan taqqoslagan holda yangi ilmiy adabiyotlar va manbalar asosida yoritdi217. O‘.I.Abdullaev o‘z tadqiqotlarida Baqtriyada davlatchilik boshqaruvini davrlar va shakllarga ajratib yoritishni taklif qilgan (3.1.-jadvalga qarang) 218. Download 243.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling