Щозирги ызбек адабий тили
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 0.6 Mb.
|
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 12-mavzu. SON TURKUMI. HISOB SO`ZLAR
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar1. Sifatning umumiy ma'nosini nima tashkil etadi? 2. Nisbiy sifatning asliy sifatdan farqli tomoni nimada? 3. Sifatning qanday ma'no turlari mavjud? 4. Rangni, maza-ta'mni ifodalaydigan sifatlar o'rnida ba'zan nimalardan foydalaniladi? 5. Sifatning qanday darajalari mavjud? 6. Qiyosiy daraja qanday ma'noni ifodalaydi? 7. Orttirma daraja qanday usullar bilan hosil bo'ladi? 8. Qo'shma sifatlar doirasida qanday qolipli sifatlar uchraydi? 9. Sifat gapda qanday sintaktik vazifalarda keladi? Adabiyotlar:1. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1980, 251-256. 2. Турсунов У. ва б. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1965, 30-39. 3. Мирзаев М. ва б. Ызбек тили, Т.: 1978, 100-104. 4. Ызбек тили грамматикаси. Т.: 1975, 271-306. 5. Щозирги ызбек адабий тили. Т.: 1966, 230-241. 6. Соди=ова М. Щозирги ызбек тилида сифат. "Фан". Т.: 1974. 12-mavzu. SON TURKUMI. HISOB SO`ZLARREJA:1. Son turkumining umumiy xususiyatlari. 2. Sonning ma'no turlari. 3. Hisob so`zlar va ularning turlari. Predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi so`zlar turkumi son deyiladi. Son qancha? nechta? necha? nechanchi? so`roqlariga javob bo`ladi. Besh, oltita, uchinchi kabi. Sanaladigan predmet nomini anglatuvchi ot bilan qo`llanmagan (besh, o`n, uchdan ikki kabi) sonlar matematik son ma'nosini ifodalab, mavhum ma'noli bo`ladi va faqat sonlarning nomini anglatadi: ikki karra ikki to`rt. Sonlar sanaladigan predmetning nomini anglatuvchi so`zlar bilan qo`llanganda esa son turkumini tashkil qiladi. Son predmetning miqdori, sanog`i va tartibiga ko`ra belgisini ifodalashiga ko`ra sifat va ravish turkumlariga yaqin turadi. Sonlar harf bilan yoziladi. Arab (1,2,3,4) yoki rim (X, XI, XII) raqamlari bilan yozilishi mumkin. Sanash sistemasida odatda, katta sonlar oldin, kichik sonlar keyin aytiladi: 320; 4516 kabi. Eski yozma yodgorliklarda esa kichik son oldin, katta son keyin aytilgan. O`rxun-Yenisey yodgorliklarida: o`n bir soni bir yigirma, o`n uch soni uch yigirma deyilgan. O`zbek tilida oz, ko`p, ancha, biroz kabi miqdor bildiruvchi so`zlar ham bor. Ammo bu xil so`zlar son kategoriyasiga kirmaydi. Unga raqamlar bilan ifodalash mumkin bo`lgan so`zlargina kiradi. S. Nizomiddinova “qo`sha, yorti, yolg`iz, toq so`zlari semantik jihatdan miqdorni bildiradi. Ular 2 yoki 1 sonlari (raqamlari) bilan ifodalanadi” deydi. O`zbek tilida miqdor tushunchasi asosan yigirma uchta so`z bilan ifodalanadi. Bulardan to`qqiztasi birlik (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9), To`qqiztasi o`nlik (10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90), to`qqiztasi yuqori miqdorni bildiradi (yuz, ming, million, milliard). Eski o`zbek tilida tuman (o`n ming), lak (yuz ming) sonlari ham bo`lgan. Sonlar morfologik va sintaktik o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa so`z turkumlaridan ajralib turadi: 1. Sonlar o`ziga xos forma yasovchi ko`rsatkichlariga ega: -nchi, -ala, -ta, -tacha, -tadan kabi. 2. Sonlar juft, metr, dona kabi numerativ so`zlar bilan birikib kela oladi. 3. Boshqa so`z turkumlaridan son yasalmaydi. O`zidan ham boshqa so`z turkumlari yasalishi kuchsiz (uchlik, ikkilanmoq kabi). 4. Sonning gapdagi vazifasi, asosan, aniqlovchi bo`lib kelishdir. Otlashganda ot bajargan vazifalarni bajaradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling