Soxibaxon ped texnologiya doc
Download 1 Mb.
|
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushuncha
- TALIMNING “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASI. TALIMNI SHAXSGA
- Keys-stadi” tushunchasining mohiyati, kelib chiqish tarixi, tipologiyalari va “keys-stadi” texnologiyasini tuzilishi
- Tayanch tushunchalar
- Ta’lim maqsadi Keys- stadi
- 1-rasm Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasi
- 3-rasm Keys-stadi bo’yicha jamoaviy hamkorlik tartibi
- Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va oziga xosliklari.
- Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo’yiladigan talablar
- Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak
- Shaxsga insonparvarlik yondoshuvi texnologiyasi
Masalan:
TA'LIMNING “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASI. TA'LIMNI SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TEXNOLOGIYASI. TA'LIMNING LOYIXA TEXNOLOGIYASI Reja: “Keys-stadi” tushunchasining mohiyati, kelib chiqish tarixi, tipologiyalari va “keys-stadi” texnologiyasini tuzilishi “Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va o'ziga xosliklari. “Loyixa” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy ta'limning o'ziga xosliklari, o'quv loyixasi tushunchasi va “Loyixa” texnologiyasini ishlab chiqish qoidasi. Tayanch tushunchalar: “Keys-stadi”, “Keys-stadi” texnologiyasi, loyiha, loyihalash, ta’lim jarayonini loyihalash, o’qitish va o’qish strategiyasi, darsning turini tanlash, darsning texnologik xaritasi, dars ishlanmasi, texnologik pasport (pedagogikada), model, modellashtirish, o’quv loyihaviy faoliyat, o’quv loyihasi, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim “KEYS-STADI” TUSHUNCHASINING MOHIYATI, KELIB CHIQISH TARIXI, TIPOLOGIYALARI VA “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYASINI TUZILISHI “Keys-stadi” ingliz tilida “case” - metod, “study” - muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish-degan ma'noni anglatadi. “Keys- stadi” texnologiyasi o’quvchi (talaba)larda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi o’quvchi (talaba)larni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi. Ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va o’quvchi (talaba) o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari - “Keys-stadi” texnologiyasining negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlaridir. Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasi quyidagicha: Ta’lim shakli Ta’lim metodlari Ilmiy izlanish usul va vositalari Axborotlarni to’plash usul va vositalari Ta’lim maqsadi Keys- stadi Ta’lim vositalari Axborotlarni ilmiy tahlil qilish usul va vositalari 1-rasm Keys-stadi texnologiyasining umumiy tuzilmasi Mashg’ulotlarda metodni qo’llash quyidagi bosqichlarda kechadi: Keys-stadi bo’yicha jamoaviy hamkorlik quyidagi tartibda amalga oshadi: Jamoa (guruh) a’zolari muammo, uning echimlari yuzasidan o’zaro fikr almashadi Masalaning yechimi sifatida taqdim etilgan variantlar muhokama qilinib, ularning maqbulligi baholanadi Muammoli vaziyatning yechimini ta’minlaydigan aniq dastur ishlab chiqiladi Masalaning yechimi to’g’risida ma’lumot beradigan taqdimot tayyorlanadi va unda namoyish etiladigan materiallar rasmiylashtiriladi 3-rasm Keys-stadi bo’yicha jamoaviy hamkorlik tartibi
Texnologiyani alohida o’quvchiga nisbatan qo’llash tartibi quyidagicha: 4-rasm Keys-stadi texnologiyasining alohida o’quvchiga nisbatan qo’llash tartibi Ta’limiy xarakterga ega muammoli vaziyat (o’quv keysi)ni tashkil etish maqsadi mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda jamoa o’rtasida muammoli vaziyatni yaratish, uni hal qilish yechimlari to’g’risidagi fikrlarni jamlash, muhokama qilish orqali to’g’ri qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iborat. Texnologiya yordamida tanlangan muammoning yechimini topishga doir muhokama quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi: “Hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va o'ziga xosliklari. Pedagogik texnologiyalarning asosiylaridan biri -bu shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasidir. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim - bu tabiiy tizim hisoblanib, o’quvchining noyob shaxsiy rivojlanishi, uning o’ziga hos qobiliyatlarini va psixologik yo’nalishlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi o’z ichiga quyidagi texnologiyalarni ham qamrab oladi: f shaxsga insonparvarlik yondoshuvi; f xamkorlik texnologiyasi; S o’yin texnologiyasi; f kommunikativ ta’lim texnologiyasi; f erkin tarbiya texnologiyasi; f bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyasi. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasiga qo’yiladigan talablar: 0 dialog( o’zaro suhbat); 0 faollik va ijodkorlik; 0 bolaning individual rivojlanishini qo’llab-quvvatlash; 0 o’quvchiga mustaqil ijod qilishi, qaror qabul qilishi, ta’lim olish turi va uslublarini tanlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish; Pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak: san’at, ijodkorlik va bolaga xurmat bilan munosabatda bo’lish; insoniy, pedagogik pozisiyada bo’lish; bolalarning ruhiy va jismoniy sog’lom bo’lishi va bolalik ekologiyasi haqida qayg’urishi; doimiy ravishda madaniy-informasion,fanni rivojlantiruvchi yangiliklardan unumli foydalanib ta’lim jarayonini boyitib borishi; ta’lim mazmuni bilan ishlashni bilishi va ung shaxsga yo’naltirilgan shakl bera bilishi; har hil pedagogik texnalogiyalardan foydalana olishi va ularga shaxsni rivojlantiruvchi yo’nalish bera olishi; har bir bolaning individual xususiyatlarini qo’llab-quvvatlashi va ularni rivojlantirish haqida qayg’urishi. Shaxsga insonparvarlik yondoshuvi texnologiyasi Bu texnologiya avvalo shaxsni insonparvarlik yondoshuvi, psixoterapevtik yo’nalishi bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi. Bular o’z o’rnida majburlashni qoralaydi va aksincha bolani har tomonlama xurmat qilish,uni yaxshi ko’rish hamda bolaning ijodkorlik imkoniyatlariga optimal ishonch bilan qarash g’oyalarini ilgari suradi. Bu texnologiyada shaxsga munosabat birlamchi bo’lib individual yondoshuv, notalabchan demokratik boshqaruv hamda yorqin insoniy qarashlar boshqa yo’nalishlardan ustun turadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling