T. S. Malikov


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

K
ал
 = (PM + MQ) : QP 

 0,2 
 
Bu 
yerda: 
K
ал
  – absolut likvidlik koeffitsiyenti
PM – pul mablag‘lari; 
MQ – qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar; 
QP – qisqa muddatli majburiyatlar (kelgusi davr 
daromadlarisiz). 
Bu koeffitsiyentning istaluvchi darajasi

0,2 dan iborat bo‘lib, 
biroq amaliyotda bu narsa o‘z faoliyatining turli davrlarida XYuSning
moliyaviy siyosati va ishining samaradorligiga bog‘liq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning 
samaradorligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. U, eng avvalo, to‘lov inti-
zomining ahvoli, aylanma mablag‘larning turli funksional elementlariga 
joylashtirilgan qo‘yilmalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ish-
lab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab 
chiqarishning chiqitlarsiz yuqori texnologiyalarga asoslanganligi, mate-
riallar qiymatining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlari-
ning minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning harakatini 
oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv me’yorlashtirishni hisobga 
olgan holda), albatta, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol yetkazib beruv-
chilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, samarali xo‘jalik alo-
qalaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amalga oshirish, tayyor 
mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tez-
lashtirish kabilar kiradi. To‘lov qobiliyatini ta’minlash (mustahkamlash) 
va mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik 
qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o‘rinda alo-
hida ahamiyat kasb etadi. 
4.3. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish 
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil 
qilish uchun unga nisbatan bo‘lgan ehtiyojni aniqlash metodlari va reja-
lashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxi-
ralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o‘y-
lamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalari bilan to‘g‘ri man-


97
yovr qilish, materiallarning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan 
nazoratni ta’minlash kerak. 
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun 
aylanma mablag‘lar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: 
• Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘lar; 
• Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar. 
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘larga aylanma ishlab chiqa-
rish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari ki-
radi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar esa ombordagi tayyor 
mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha element-
larini qamrab oladi. Aylanma kapitalning o‘lchamini optimallashtirish 
uchun moddiy aylanma mablag‘larning rejalashtirilishi amalga oshiri-
ladi. 
Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini normativ 
metodi tashkil etadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning normativi bel-
gilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni 
ham qo‘shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning 
barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor 
mahsulotga nisbatan xarajatlar me’yori o‘rnatiladi. 
Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqich-
lardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir elementi bo‘yicha 
ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish 
zaxiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’-
minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng 
avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi XYuS ish sharoitiga bog‘liq: 
• ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi; 
• ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri; 
• mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi
• mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi; 
• materiallar sifati; 
hisob-kitoblar tizimi
• va boshqalar. 
Me’yor me’yorlashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir 
turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj (xarajat)larning hajmi va 
mol yetkazib berishlar o‘rtacha intervalining uzunligini hisobga olgan 
holda kunlik zaxiralarda o‘rnatiladi. Demak, agar ana shu interval, ma-
salan, 24 kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu 


98
kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom) rivojlani-
shini ta’minlashga yetarli bo‘lmog‘i lozim. 
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi tovar-
moddiy boyliklar xarajatlarining me’yori asosida me’yorlashtiriladigan 
zaxiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larning hajmi 
aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa, u holda aylanma mablag‘-
larning normativi XYuSning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal 
darajada zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan 
rejalashtirilgan zaxiralaridan iborat. 
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtiriladigan aylan-
ma mablag‘lar normativining formulasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
N = E x U x B 
Bu yerda: N – aylanma mablag‘larning normativi; 
E – aylanma mablag‘larga bo‘lgan kunlik ehtiyoj; 
U – o‘rtacha interval uzoqligi; 
B – aylanma mablag‘ birligining bahosi. 
Masalan, faraz qilaylik qandaydir bir xomashyoning zaxira me’yo-
ri 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi 20 ming 
so‘mga teng bo‘lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi
600 ming so‘mga (15 x 10 x 20 000) teng bo‘ladi. 
Umuman olganda, aylanma mablag‘lar normativi mol yetkazib be-
rishlar o‘rtasidagi o‘rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi 
formula orqali aniqlanishi mumkin: 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling