Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


topshiriq.Akademik munozara metodi orqali talabalar bilan Pedagogik korreksiya metodlari yuzasidan talabalarning fikrini bilish


Download 304.85 Kb.
bet31/48
Sana13.01.2023
Hajmi304.85 Kb.
#1090914
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
Majmua to\'liq

1.topshiriq.Akademik munozara metodi orqali talabalar bilan Pedagogik korreksiya metodlari yuzasidan talabalarning fikrini bilish.

2-topshiriq.Baliq skletidan foydalangan holda pedagogik korreksiya haqida ma’lumot yozing.




3-topshiriq. Pedagogik korreksiya metodlarini tanlash hamda amaliyotda qo‘llashda qo‘yiladigan talablarni intervyu metodidan foydalngan holda muhokama qiling

7- amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Pedagogik korreksiyaning tashkil etish shakllari
Reja:
1. Pedagogik korreksiyani individual shaklda tashkil etish .
2. Pedagogik korreksiyani guruhli shaklda tashkil etish .
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga pedagogik korreksion faoliyat haqida ma’lumot berish. Pedagogik korreksion faoliyatning mazmuni va uni tashkil qilish shartlari bilan tanishtirish. Talabalarga nuqsoni bo‘gan bolalar bilan korreksion faoliyat olib borish va nuqsonni bartaraf qilish yo‘llari bilan qurollantirish.
Ta’lim metodlari: Esse metodi, konseptual jadval metodi, baliq skeleti metodi.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, markerlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Talabalar mavzusi ma’lumotga ega bo‘ladilar. Egallagan bilimlarni turli xildagi ta’lim metodlari orqali mustahkamlab olishadi.
Korreksion faoliyat mazmuni. To‘liq holda korreksion faoliyatning mohiyati “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) fani negizida ochib berilgan. “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) pedagogik turkum fanlar orasida alohida o‘rin tutadi.“Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish jarayonini boshqarishni o‘rganuvchi fan. Ushbu fan jismoniy va aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarini parvarishlash, ularga individual ta’lim berish, tarbiyalash orqali ularni rivojlantirish masalalari o‘rgatadi. Korreksiya ( yun . “correctio” – tuzatish ; pedagogikada – pedagogik tuzatish ) - pedagogik uslub , tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki to‘liq tuzatilishi. Korreksiyalash ( pedagogik tuzatish ) – o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan maxsus hamda umumiy pedagogik chora tadbirlar tizimi; sabablarini tashxislash asosida o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus hamda umumiy pedagogik chora-tadbirlarning ko‘rilishi.
Korreksion faoliyat – pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsustizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatishga qaratilgan pedagogik faoliyat.O‘z mohiyatiga ko‘ra korreksiyalash mustaqil pedagogik hodisa hamda maxsus harakatlar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, korreksiyalash muayyan pedagogik hodisaga yondashuv nuqtai nazardan to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi ham mumkin. Aksariyat holatlarda korreksiyalash yaxlit pedagogik hodisaga nisbatan amalga oshiriladi va bunda ko‘p omillilik inobatga olinadi.Korreksion faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:o‘quvchini ijtimoiy muhitga moslashtirish (ayniqsa, bolalar bog‘chalariga qatnamay, uy sharoitida tarbiyalanganlarni, chunki ularning aksariyati odamovi bo‘lib, ijtimoiy muloqotga kirishga qiynaladi);

  • o‘quvchini ta’lim jarayoniga moslashtirish;

  • o‘quvchida ijtimoiy faollikni rivojlantirish;

  • o‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish;

  • o‘quvchida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;

  • o‘quvchining nutqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish, nutq boyligini oshirish;

  • o‘quvchining xulqidagi kamchiliklar (tajovuzkorlik, yuqori darajadagi ta’sirchanlik, tushkunlikka beriluvchanlik, hissiyotni sust namoyish qilish, salbiy odatlar – tamaki mahsulotlarini chekish, giyohvand moddalar yoki spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinoyatga moyillik kabilar)ni tuzatish;




Download 304.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling