Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
Muljam degan kishi ham shulardan edi. 
Rasulullohdan: 
— Ey Ali, ilgarigi ummatlardan chiqqan eng yomon odam Solih payg‘ambarning tuyasini 
o‘ldirgan kishidur. Keyingilardan chiqqan eng yomon odam, seni o‘ldirgan Ibn 
Muljamdur, — degan so‘z rivoyat qilinmishdur. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu 
urushdan o‘lja tushgan mollarni Qur’on qonunicha butun askarga taqsim qildilar. 
Yuqorida yozilganicha, Quraysh raislariga, bulardan boshqa qabila raislariga necha 
yuzlab tuya in’om qildilar. Ammo shuncha ko‘p qilgan in’omlaridan madinalik ansor 
sahobalarga hech narsa bermadilar. Insonchilik yuzasidan bu ish ularga og‘ir keldi. O‘z 
yurtlarida har xil so‘z ko‘paydi. Ko‘pchilik ichida yaxshi-yomon so‘zlaguvchilar bo‘ldi. 
Qaysi birlari aytur edi: 
— Qattiqchilik kunlari kelsa bizlarni chaqirur, o‘lja olgan mollar bo‘lsa, qarab turgan 
tamoshabinlarga berur. 
Qaysi biri esa: 
— Bu ajab qiziq ishdur, qilichimizdan qon oqizib topgan mollarimiz yuzlab-minglab 
dushmanlarimizga taqsim qilinmoqdadur. Quraysh qonidan qurollarimizni hali artganimiz 
yo‘q edi. Urushda qon to‘kkan biz qolib, ular o‘ljalik bo‘ldilar. Bu ish Allohdan kelmish 
vahiy orqali bo‘lsa, u chog‘da bo‘ysunmoqdan boshqa chora yo‘qdur. Agar Rasululloh o‘z 
fikricha qilmish ekan, unda bu to‘g‘rilik so‘z qilishga bizning ham haqqimiz bor, — dedi. 
Ansor sahobalarning raislaridan Hazrati Sa’d ibn Uboda bu holni ko‘rgach, bundan bir 
fitna qo‘zg‘alib qolmasin deb darhol Rasulullohga kelib; 
— Yo Rasulalloh, ansor sahobalar bu ishdan norozi bo‘lmishlar. O‘z qavmi Quraysh 
raislariga ulug‘ in’omlar berdi, shunchalik ko‘p mollardan bizlarni quruq qoldirdi, 
boshqalar qatorida ham ko‘rmadi, deydurlar, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Sa’d, bu so‘zga o‘zing qanday qarading? — deganlarida: 
— Yo Rasulalloh, men ham shular ichidan chiqolmadim, — dedi. 
— Andog‘ ersa, butun ansor sahobalar bir joyga yig‘ilishsin, — deb buyurdilar. 
Hazrati Sa’d ularni bir yerga yiqqandan so‘ngra Rasulullohga xabar berdi, alar uzrasiga 
Rasululloh keldilar. So‘ngra ansor sahobalarga qarab: 
— Agar ichinglarda boshqa urug‘lardan kishi bor ersa aytinglar, o‘z qo‘shiga qaytsin, — 
dedilar. 
— Yo Rasulalloh, oramizda yot kishi yo‘qdur. O‘z jiyanlarimizdan bir kishi bordur, — 
deganlarida, ul zot: 
— Jiyan tog‘adan bo‘lgay, — dedilar. 
«Jiyan tog‘aga tortar» degan el og‘zidagi so‘zning asli shu bo‘lishi kerak. Shu bilan 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansor sahobalarga qarab bir so‘z qilmoqchi bo‘lib, 
Allohga hamdu sano aytgandin so‘ngra ularga dedilar: 
Ey ansor xalqi, menim ustimdan aytgan so‘zlaringizni angladim. Menim qilgan ishimni 
yoqtirmay, norozi bo‘libsizlar, deb eshitdim. Bu nima ishdur? Men sizlarga kelmasdan 
ilgari adashgan edinglar, yo‘l topdinglar. Bo‘lak-bo‘lak edinglar, birlashdingizlar. 
Kambag‘al edinglar, boy bo‘ldinglar. Bu ishlarga Alloh meni sababchi qildi. Allohdan bu 
yaxshiliklarni ko‘ra turib, nega bunday so‘z chiqardinglar, qani gapiringlar-chi? 
Anda ansorlar: 
— Yo Rasulalloh nimani ayturmiz? Siz deganingiz ersa, hammasi rostdur. Minnatdormiz 
Allohga va uning Rasuliga. Qorong‘ulikda edik, siz kelgach yorug‘likka chiqdik. Adashgan 
edik, to‘g‘ri yo‘l topdik. Tamug‘ (do‘zax) chetini bosmish edik, siz kelib undan qutuldik. 
Alloh Rabbimiz, Islom dinimiz, Muhammad Payg‘ambarimizdur. Nima ish qilar ekansiz, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
250
ixtiyoringizdadur, biz rozimiz, — dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— Andog‘ ersa, sizlar ham shundog‘ deyishga haqqingiz bordur: «O‘z qavmingiz sizga 
ishonmay yolg‘onchi dedilar. Bizlar sizga ishonib, rost aytur, dedik. Boshqalar ersa 
sizdan qochdilar, biz bosh berib, sizga ergashdik. Yeringizga sig‘may qochib keldingiz, 
jonimiz bilan sizga joy berdik. Kishilar dushman bo‘lishib, sizga qasd qildilar, bizlar 
jonimizni ayamay yordamingizda bo‘ldik. Chog‘ay edingiz, boy qildik». Agar xohlar 
ekansiz, sizlar ham shu so‘zlarni aytishga haqqingiz bor. To‘g‘risi ham shuldur, — 
dedilar. 
Anda ansorlarning ulug‘ yoshliklari: 
Yo Rasululloh, bizlardan bul to‘g‘rida hech qanday so‘z chiqqani yo‘qdur. Lekin yosh-
yalanglarimiz Rasulullohni Alloh avf qilsin, o‘z urug‘i Quraysh raislariga bek ulug‘ 
hadyalar qildi, bizni yodidan chiqarib quruqqa qoldirdi, qonlaridan qilichimiz bo‘yalmish 
dushmanlar molga ega bo‘ldi deyishdi, — dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— Ey ansor xalqi, ular ersa yangidan Islomga kirgan kishilardur. Bularning iymonlariga 
ko‘p ishonch yo‘qdur. Ko‘ngillarini Islomga moyil qilish uchun shu baqosiz mollardan 
ularga berib, dillarini shod qildim. Sizlarning iymoningiz kuchlik bo‘lganiga ishonib, 
dunYo moli uchun qayg‘urmaslar deb o‘ylab, sizlarga mol bermadim. 
Ey ansor xalqi! Boshqa kishilar qo‘y-echki, tuya olishib uylariga qaytsalar, sizlar 
Rasulullohni olib qaytmoqqa rozi emasmisiz? Xudo haqqi qasam qilurman, agar 
Makkadan Madinaga hijrat qilib bormagan bo‘lsam edi, ansorlardan bir kishi bo‘lib 
yashar edim. Agar bu kishilar barchasi bir yo‘lga kirishib, ansorlar bir yo‘lga kirmoqchi 
bo‘lsalar, Xudo haqqi, men Ansorlar kirgan yo‘lga kirar edim. 
Ey bor Xudoyo, ansorlarni va ham ularning avlodlarini rahmat qilgin, — deb duo qildilar. 
Rasulullohdan shundoq o‘tkir, hayajonlik va’z eshitgach, hammalari yig‘lashib, ko‘z 
yoshlaridan soqollari suv bo‘lib, ko‘ksilari ho‘l bo‘ldi. 
— Barcha xalq o‘lja olishib uylariga qaytsinlar, biz bo‘lsak, Rasulullohni olib qaytmoqqa 
rozi erurmiz, — deyishib, shodlik bilan tarqashdilar. 
Rasulullohning bu muborak nutqlari natijasida hech kimning ko‘nglida kiri qolmay 
o‘rtadagi g‘ubor ko‘tarildi. 
Bu urushda dushman yig‘ilgandan so‘ngra orqa saflarga qo‘yilgan xotin va bolalardan bir 
qanchalari asir olingan edi. Ular ichida Shaymo’ degan bir xotin askarlarga qasam qilib: 
— Men Muhammadning emakdoshi erurman, yoshligida uni emizgan Halima xotinning 
qizidurman, — dedi. 
Anda sahobalar uning so‘ziga ishonmay, Rasululloh oldilariga olib keldilar. Oradan ko‘p 
vaqt o‘tganligidan Rasululloh uni tanimadilar va: 
— Agar bu aytgan so‘zing to‘g‘ri bo‘lsa, sening badaningda mendan qolgan bir belgi 
bo‘lishi kerak, — dedilar. 
Anda ul xotin darhol qo‘lini ochdi. Bilagi ustida oqarib turgan ochiq bir dog‘ni ko‘rsatib: 
— Sizni ko‘tarib yurganimda tishlagan joyingiz mana, Yo Rasulalloh, — dedi. 
Bu alomatni ko‘rib tanidilar. Darhol o‘rinlaridan turib, yelkalaridagi ridolarini solib, ustiga 
o‘ltirg‘izdilar. Bu xotin Rasulullohni emizgan Halimaning qizi ekanligi aniqlangach, uni 
bek hurmatladilar. Ota-onalarini so‘rab, ularning o‘lganliklarini eshitgach, muborak 
ko‘zlaridan yosh to‘kildi. So‘ngra unga qarab: 
— Ey Shaymo’, mendan nima so‘rasang berurman, nima desang qabul qilurman, — 
dedilar. 
Bu xotin Rasulullohga kelmasdan oldin qabila raislari unga tushuntirib: 
— Ey Shaymo’, Muhammad sening sut emishgan qarindoshing bo‘lur. Agar u bilan 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
251
ko‘rishib qolur bo‘lsang, avval o‘z qavmingni tilab ol, — deyishgan edi. Bu so‘zni eslab: 
— Yo Rasululloh, bu urushdan qo‘lga tushgan barcha asirlarni men uchun ozod 
qilishingiz so‘rayman, — dedi. 
Xotun Bani Sa’d qabilasidan bo‘lsa ham, uning hurmatiga butun qabilalardan tushgan 
asirlarni bo‘shatdilar. Bundoq ulug‘ sharafga arab tuprog‘ida hech kim ega bo‘lmagan 
edi. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Ey Shaymo’, agar xohlar ekansan, seni o‘z oldimda qoldirurman. Oilam ichiga qo‘yib, 
ko‘p hurmat qilurman. Agar yo‘q desang, izzating bilan o‘z elingga qaytarurman, — 
dedilar. 
Anda ul xotun: 
— Yo Rasulalloh, ruxsat qilsangiz o‘z yerimga qaytganim yaxshidur, — dedi. 
Uning xohlaganicha har urug‘ chorva mollaridan berib, xizmatiga qul-cho‘rilar qo‘shib, 
o‘z eliga uzatdilar. Buni ko‘rib, Havozin qabilasi o‘n to‘rt kishini elchi qilib Rasulullohga 
yuborishdi. Bularning raislari esa Zuhayr ibn Sard degan kishi edi. U kelib Rasululloh 
bilan ko‘rishgach, barchalari musulmon bo‘ldilar. So‘ngra: 
— Yo Rasulalloh, men ersam sizning sut otangiz Abu Kabshaning qarindoshi erurman. 
Biz Havozin xalqi sizning sut onangiz Halima xotinning qabilasidurmiz. Moldan, boshdan 
ajralib bu og‘ir kunga qolganlar ersa, barchasi sizga qarindosh, emakdosh bo‘lurlar. 
YOshligingizda bizdan sut emgan edingiz. Shuning hurmatini yuzimizga parda qilib 
keldik, o‘ljaga tushib, taqsim topib ketgan mol-boshlarimizni ham qaytarib berishingiz 
so‘raymiz, — dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— So‘zning yaxshisi eng to‘g‘ri so‘zdur. Toyifdan qaytib kelganimdan beri sizlarni ko‘p 
kutdim. Endigi maslahat shulki, ikki ishdan birini ixtiyor qilinglar. Yo mol so‘ranglar, yoki 
jon. Qaysi birini xohlar ekansiz, shuning chorasini qilurmiz, — dedilar. 
Anda ular: 
— Yo Rasulalloh, mol qolsa ham, bosh asirlarimizni qaytarilsa, unga ham ko‘p rozi 
bo‘lurmiz, — deyishib edi, o‘zlariga qarashlik asirlarni Rasululloh qaytardilar. 
Buni ko‘rgach, boshqalar ham qaytarishdi. Shunday bo‘lib moldan tashqari barcha asirlar 
Rasulullohning sut onalari Halima xotin hurmati uchun ozod bo‘ldilar. So‘ngra Rasululloh 
Havozin elchilaridan dushman askarining boshlig‘i Molik ibn Avfni so‘rab: 
— Agar ul Islomni qabul qilsa, oilasi boshliq butun mol-jonlarini o‘ziga qaytarib, yana 
yuz tuya in’om qilurman, unga xabar qiling, — dedilar. 
U ersa Toyif shahrining qal’asida qamalmish edi. Qo‘rqib yotgan kishi bu so‘zni 
eshitgach, ko‘ngli Islomga moyil bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, buni boshqalardan yashirin 
tutishi lozim edi. Bir kuni payt poylab, yashirincha qal’a tashqarisiga chiqdi. Qarasa 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam urush joyidan ko‘chib, Makka tomonidagi Ji’rona 
degan joyga qo‘nmish ekanlar. Buni anglab, u shu joy keldi. So‘ngra hijolatlik bilan 
Rasululloh oldilariga kirib ko‘rishib edi, unga qilgan xush qiliqlarini, do‘stlardek 
muomalani ko‘rgach, hayron qoldi. Darhol iymon keltirib: 
— Yo Rasulalloh, Allohdan va uning payg‘ambaridan afv o‘tinurman, — dedi. 
Buning kelganiga Rasululloh bek suyundilar. Oilasi bilan o‘ljaga qoldirgan butun molu 
dunyosini va’dalaricha o‘ziga qaytarib berdilar. 
Rasulullohga qarshi urush ochgan Havozin qabilasidan bular yengilgandan keyin bir 
qancha kishi Islomga kirmish edi. 
Molik ibn Avfni bularga boshchi qilib, qolgan qabilalarni ham dinga undashga buyurdilar. 
Bu kishi ersa bir necha kun ilgari kufr askariga boshchi bo‘lib, Rasululloh bilan urush 
qilgan edi. Xudo qudrati bilan Rasulullohning otgan bir hovuch tuprog‘iga shuncha ming 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
dushman askari chidab turolmay qochdilar. Shunday ulug‘ mo’jizani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib 
o‘tkazdi. Ikkinchidan esa, bu urushda arab tuprog‘iga Islom kirgandan beri bo‘lib o‘tgan 
urushlarning eng qattig‘i edi. Shuning uchun bu urush to‘g‘risida Allohdan shu oyat 
keldi: 
«Va ma romayta iz romayta va lakin-nalloha roma». 
Ma’nosi: «(Ey Muhammad), shu bir hovuch tuproqni zohirdan sen otgan bo‘lsang ham, 
ey Muhammad, haqiqatda uni sen otmading, uni Alloh otdi», demakdur. 
Albatta, uni Alloh otgandur, bo‘lmasa Rasulullohning otgan bir hovuch tuprog‘i shuncha 
ming dushman askarining ko‘zlariga qaydan kirar edi. Bu urushda qanchalik ko‘p 
xalqning mol-jonlari chiqim bo‘lishiga, xotin-bolalari o‘lja sifatida asir olinib, boshqa 
arablar oldida nomusga qolishlariga shu raislari sabab bo‘lmish edi. Shundog‘ bo‘lsa ham 
Rasululloh uni avf etib, qabilasining musulmonlariga rais qildilar. Shunday oliy axloqni 
ko‘rib, umid etmagan ishiga ega bo‘lgach, jon-dili bilan Rasulullohga berilib, Islomning 
chin xizmatchilaridan bo‘ldi. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu tushgan 
joylari — Ji’rona degan yerdan umra ibodatini ado qilmoq uchun ehrom bog‘lab Makkaga 
kirdilar. Bu bilan Makkaning oralig‘i olti chaqirim chamasida kelur. 
Haram tashqarisidan Umra qilish qasdida ehrom bog‘lagan kishi kelib, Baytullohni yetti 
marotaba aylanib tavof qilgandan keyin, ikki rakat tavof namozi o‘qisa, u yerdan chiqib 
Safo, Marva tog‘lari orasida yetti qayta yurgandan keyin sochini oldirsa, shu bilan 
«umra» ibodatini o‘tagan bo‘lur. Shu tartibda uch umra qilgan kishi bir haj qilganning 
savobini topgay. 
Rasululloh umra ibodatlarini tamomlagach, Makkada yotmay, shu kecha qaytib Ji’ronaga 
keldilar. Askarning oldi-orqasi yig‘ilib kelguncha bu joyda o‘n uch kun turib qoldilar. Toyif 
safariga chiqqanlarida Makka shahriga Itob ibn Usayd degn kishi amir qo‘yilmish edi. Uni 
o‘z o‘rnida qoldirdilar. Sahobalardan Mu’oz ibn Jabal, Abu Muso Ash’ariy — bu ikkovlarini 
Makka xalqiga Qur’on o‘qitmoq, Islom xukmlarini o‘rgatmoq uchun tayin qildilar. 
Shuning bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan chiqib, hijratning 
sakkizinchi yili zulqa’da oyidan olti kun qolganda Madinaga keldilar. Bu safardan 
qaytgunlaricha sakson kundan ko‘proq o‘tibdur. G‘azot safarlari ichida eng uzuni shul 
edi. 
Tarix olimlari aytdilar, Rasulullohning arab tuprog‘ida qilgan g‘azotlarining birinchisi Badr 
g‘azoti edi. Eng oxirgisi esa shu Hunayn g‘azoti bo‘ldi. Har ikkovida ham musulmonlar 
g‘alaba qozondilar. Johiliyat o‘tlari o‘chirilib, Islom chirog‘i yondirildi. Buning natijasida 
Arabiston o‘lkasidan kufr qorong‘uligi butunlay ko‘tarildi. 
Nasr surasidagi Xudo tarafidan qilingan va’dalar yuzaga chiqdi. Ya’ni, Makka fath bo‘lishi 
bilan arab xalqi to‘p-to‘pi bilan, qabila-qabilasi bilan kelishib, Islom diniga kirgali turdilar. 
Yaqindagilari o‘zlari kelishdi, yiroqdagilari elchilar yuborishib, iymon keltirishdi. Shunday 
bo‘lib, butun arablar Islom diniga bo‘ysundilar va bular orqali Arabiston cho‘llarida 
sochilib, tarqoq yashayotgan butun qabilalar birlashib, Islom tug‘i ostiga yig‘ildilar. 
Demak, bir-birlari bilan birlashmoqdan davlat kuchi tug‘ilib, Islom hukumati qurildi. 
Mana shu kundan boshlab, Islom dini butun dunyoga tarqalgali turdi. Endi Islom dini 
ersa insonlar uchun Alloh tomonidan saylab chiqarilgan ilohiy bir qonundir. Bu dinning 
qonunnomasi bo‘lgan Qur’on kitobini Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh 
taolo yubormishdur. Undagi aytilmish so‘zlarning aniqligida hech qanday shubha 
yo‘qdur. 
Lekin nachoradurki, biz, musulmon atalmish kishilar shundayin muborak kitobdan 
keragicha foydalanmadik. Bizni ko‘rib boshqalar ham eski chuprakka o‘ralmish gavharni 
taniyolmasdan, orqalariga otib tashladilar. Shuning bilan butun olam qorong‘ulikka kelib, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
bosgan qadamlarini qayoqqa qo‘yishini bilmay, dunyoning eng bilimdon siyosatchilari 
ham hayronlikda qoldilar. Hozircha kema teshilib, suv boshdan oshdi. Endi ishning orti 
qanday bo‘lur, Alloh o‘zi anglamasa, boshqa chorasi yo‘qdur. 
TABUK G‘AZOTI 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan kelib, sakkiz oylik tinchlik bilan Madinada 
turdilar. So‘ngra Rum podshosi Qaysar Hiraql sonsiz ko‘p askar yig‘ib Madina ustiga 
yurish qilmoqchi bo‘libdur, yana nasoro arablaridan Lahm, Juzom, G‘asson qabilalari 
ham ularga qo‘shilib, bularning oldingi askari Balqo’ shahriga kelib qolmish, degan 
xabarlar Rasulullohga yetdi. Va bu xabarlar xalq o‘rtasida ham keng tarqaldi. 
Rasulullohning odatlari ersa, Allohdan vahiy kelmagan ishlarda sahobalar bilan maslahat 
qilur edilar. Agar dushman ustiga safar qilmoqchi bo‘lsalar, yo‘llarini yashirib, kun 
chiqish ersa kun botishga, deb xalqqa bildurur edilar. Bir qabila ustiga yurish bo‘lar 
ekan, uning teskari tomonidagi ikkinchi qabilani anglatur edilar. Rasulullohning bunday 
qilishlari o‘z ummatlari uchun yo‘l ko‘rsatish edi. 
Islom shariatida yolg‘on gapirish, aldash xalqaro muomala ishlarida harom qilingan 
bo‘lsa ham, urush kunlarida o‘rni kelar ekan hiyla ishlatish payg‘ambarimizning siyosiy 
sunnatlaridan hisoblanur. Buzuqni tuzuk qilguvchi yolg‘on so‘zlar, tuzukni buzguvchi chin 
so‘zdan albatta yaxshidur. 
Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu safarda u odatlarini qo‘yib, qaysi yoqqa 
kimlar ustiga borishlarini xalq ichida ochiq aytdilar. Aning uchunkim, yo‘l yiroq, havo 
issiq, dushman kuchlik edi. Safar jamalg‘asini shunga qarab qilish kerak edi. Har 
tomonga jarchilar yuborib, butun qabilalarni qurol ostiga chaqirdilar. Boylar esa 
chog‘aylarni ta’min qilishga, bor kishilar yo‘qlarga yordam qilishga, safarning kerak 
yarog‘ini, yo‘lning oziq-ovqatini to‘liqlamakka buyurdilar. Bu yo‘lni boy kishilarga 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari yurib tashviqot qildilar. Chunki bu g‘azotlari 
payg‘ambarlik davri — yigirma uch yil ichida bo‘lib o‘tgan g‘azotlarning eng og‘iri edi. 
Hazrati Abu Bakr Siddiqning to‘rt ming tangaga yetarlik boyliklari bor ekan, hammasini 
Rasululloh oldilariga keltirib qo‘yganlarida: 
— Oilang uchun qancha qoldirding? — deb so‘rab edilar: 
— Allohni, Allohning payg‘ambarini qoldirdim,— dedilar. 
Hazrati Umar ersa borlik boyligini teng yarmini keltirdi. 
— Uyingda nima qoldi? — dedilar. 
— Shul kelturganimning yarmini qo‘ydim, Yo Rasulalloh, — dedilar. 
Sahobalar ichida Hazrati Usmondan oshgan boy kishi yo‘q edi. Ul to‘qqiz yuz tuya, yuz 
ot, o‘n ming tanga oltin aqcha yordamga keltirdi. Ot-tuyalarni butun 
saymonjabduqlarigacha tayyorlagan edilar. Buni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: 
— Ey boro Xudoyo, men Usmondan rozi bo‘ldim, sen undan rozi bo‘lgaysan, — deb duo 
qildilar. 
Yana ansor sahobalardan Osim ibn Adiy degan kishi yetmish tuyaga yuk bo‘lgulik xurmo 
keltirdi. 
Muhojir sahobalardan Abdurrahmon ibn Avf yuz uqiya kumush yordam qildi. Bulardan 
bo‘lak ansor-muhojirlarning boy kishilaridan yordam qilmagan hech kim qolmadi. Bu 
ulug‘ ehsondan xotinlar ham quruq qolgilari kelmay, osingan-taqingan oltin-kumush 
ziynatlaridan ko‘p narsalarini yordamga berdilar. Shu bilan askarning oldi-orqasi yig‘ilib 
safar saymoni tugallandi. Bu safargi qo‘shinning son-sanog‘i haqida rivoyatlar turlikcha 
bo‘lsa ham, har holda ellik mingdan kam emas edi. Bularning o‘n mingdan ortiqrog‘i otliq 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
254
edilar. Borliq askarni boshqarib, ko‘rik o‘tkazgandan keyin, yo‘lga tushdilar. Bu gal 
Hazrati Alini o‘z o‘rinlarida Madinaga voliy qilib qoldirmoqchi bo‘ldilar. Ul kishi ersa, 
bundan ilgari hech bir g‘azotda Rasulullohdan ajrab qolmagan edi. Endi mundog‘ ulug‘ 
jihod safarida Rasululloh suhbatlaridan yiroq qolishni bek og‘ir oldi. 
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Ey Ali, Horun alayhissalom Muso payg‘ambarga qanday bo‘lsa, sen ham menga 
shundog‘ bo‘lishga rozi emasmisan? Muso alayhissalom Xudoga munojot qilmoq uchun 
Tur tog‘iga ketganida, akasi Horun alayhissalomni o‘z o‘rnida xalifa qo‘yib ketgan edi. 
Men ham seni Madinada qolganlar ustiga o‘z o‘rnimda xalifa qo‘ydim, — dedilar. 
Bu so‘zni anglagach, ilojsiz bo‘lib rozilik bildirdilar. 
Qur’on hukmi bo‘yincha Islom podshosi tomonidan agar jihodga chiqarilsa, yosh-qari 
demay, urushga yaragudek har bir musulmon darhol Islom tug‘i tagiga yig‘ilishlari farz 
edi. Bunga qaramay, qabila a’robiylaridan bir qanchalari yolg‘on uzrlar ko‘rsatishib, bu 
safardan qolishga Rasulullohdan ruxsat so‘radilar. Bularni ko‘rib Madina munofiqlarining 
raisi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul ham o‘ziga qarashlik kishilarni ajratib, askarlikdan bosh 
tortdi. Yo‘q esa o‘z oldiga dastlab askar tizib, shahar tashqarisiga chiqqan edi. Yiroq-
yaqindan kelgan barcha askarlar yig‘ilishib, endi yuradigan chog‘da, bo‘lmagan 
bahonalar bilan buzilib, u munofiq askarlarini olib qaytdi. Bundan maqsadi boshqalarni 
ham buzib, bu ishga zarba yetkazish edi. Lekin askar ichida unga ergashuvchilar 
bo‘lmadi. Xalq ichiga buzuqchilik solib: 
— Muhammad ersa Rum podshosi Qaysar bilan urushmoqchi bo‘libdur. Bu esa o‘yin ish 
emas. Rum bilan urushmoqni arab urushlaridek chog‘lagan bo‘lgay. Bu yaqinda eshitib 
qolurmiz, qo‘l-oyoqlari bog‘lanib, dushmanlariga asir tushib ketgaylar. Qasam 
qilurmankim, bularning shunday bo‘lishi mening ko‘z oldimga kelib turadi. 
Aning shunchalik buzuqchilik qilayotganini Rasululloh bilib turgan bo‘lsalar ham, parvo 
qilmay, o‘z ishlarida davom etdilar. 
Yana boshqa sahobalardan — Ka’b ibn Molik, Hilol ibn Umayya, Mirora ibn Rabe’, Abu 
Haysama to‘rtovlari ixlosli kishi bo‘lsalar ham nima uchundir bu muborak safardan 
benasib bo‘ldilar. Sahobalar qayerda bo‘lsa, qolganlar ustidan so‘z qilishib: 
— Yo Rasulalloh, falon kishi qoldi, — desalar Rasululloh sollallohu alayhi vassallam: 
— Qo‘yinglar uni, agar bizga undan yaxshilik yetkulik bo‘lsa, hech qachon bizdan ajrab 
qolmagay, ortimizdan bo‘lsa ham yetishib kelgay. Yo‘q ersa, Alloh undan bizni 
qutqarmishdur, uning kelmagani yaxshidur, — der edilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yo‘lga chiqishlari oldida, birinchi kuni askarga tug‘ 
bayroq topshirdilar. O‘zlarining ulug‘ tug‘larini Hazrati Abu Bakr Siddiqqa berdilar. 
Buning bayrog‘ini Hazrati Zubayr ko‘tardi. 
Ansor sahobalar ersa, Avs, Hazraj atalib, ikki cho‘ng urug‘ga bo‘linadilar. Avs bayrog‘ini 
Usayd ibn Huzayrga, Hazraj bayrog‘ini Hubob ibn Munzirga topshirdilar. Qolmish barcha 
qabilalarga boshchilar saylanib, ularga tug‘ bayroq berildi. Shuning bilan birga bu ulug‘ 
Islom qo‘shini Rasululloh qaramog‘i ostida yo‘lga chiqdilar. Kundan-kun o‘tib, yarim oy 
chamasida Tabuk tuprog‘iga tushdilar. 
Bahona qilib safardan qolgan sahobalarning biri Abu Haysama Rasululloh yo‘lga 
chiqqanlaridan bir necha kun o‘tgach, bog‘iga kirib qarasa, ikki xotuni ikki chaylani 
salqin qilib o‘ltirishibdur. U joyga suvlar sepilib, o‘rinlar solingan, taom tayyorlangan edi. 
Buni ko‘rgach, u kishi: 
— Rasululloh bo‘lsa shundoq kun issig‘ida safar mehnati bilan yo‘l ketib boradur. Abu 
Haysama ersa xotinlari oldida salqin joy, qalin to‘shak ustida qandoq o‘ltirur?! Bu ish 
insofdan yiroqdur. Rasulullohga yetmaguncha hech qaysingni uyingga kirmasman. Safar 
ozug‘ini tayyor qilinglar, — deb ularga buyurdi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
255
So‘ngra qilich-nayzasini taqinib, tuyasini minib yo‘lga tushdi. Shu yurganicha askar 
izidan ajramay yurib-o‘ltirib, Tabuk yeriga yaqinlashdi. Shu chog‘da Rasululloh bir joyga 
tushib dam olmoqda edilar. Yiroqdan bir necha tuyalik kishilar qorasi ko‘rindi. Rasululloh 
u yoqqa qarab turib: 
— Bu kelayotgan Abu Haysama bo‘lg‘aymu? — dedilar. 
Boshqalar ham: 
— Abu Haysama ekan, Yo Rasululloh, — deyishdi. 
Shu orada uning o‘zi ham yetib kelib, tuyasidan tushdi. Salom bergandan so‘ngra 
o‘ltirmay turib, birga chiqmay qilgan xatosiga Rasulullohdan avf qilishlarini o‘tindi. Unga 
tanbeh bo‘lgudek bir oz so‘z aytgandan keyin xatosini kechirdilar. U yerdan yurib 
Qur’onda qissasi bor Solih payg‘ambar o‘tgan Hijr degan joyga keldilar. Solih 
alayhissalomning mo‘jiza tuyasini o‘ldirgan Samud qavmi shu yerda halok bo‘lmish edi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech kim bu yerning suvidan ichmasin va tahorat 
qilmasin, deb buyurdilar. Choponlarini boshlariga burkab olib, hech yoqqa qaramay, shu 
yurganlaricha Solih alayhissalomning mo‘jiza tuyasi suv ichgan quduq ustiga kelib 
tushdilar. Samud qavmiga bo‘lgan azobni eslab: 
— Undan ibrat olinglar va bu kecha qattiq bo‘ron bo‘lg‘ay, ot-ulovlaringizni mahkam 
bog‘lab, ularni yaxshi saqlanglar. Hech bir kishi bu kecha yolg‘iz yurmasin. Agar hojati 
tushsa, yo‘ldoshi birga chiqsin, — dedilar. 
Shunday bo‘lib, u kecha bir kishining tuyasi bo‘shab ketgan edi. Tuyani izlab u kishi 
yolg‘iz chiqib erdi. Rasululloh aytganlaridek, qattiq bo‘ron uni uchirib Toy tog‘iga eltib 
tashladi. Ikkinchi bir kishi o‘z hojati uchun tashqariga yolg‘iz chiqib edi, uni jin bo‘g‘ib 
qo‘ydi. Bu ishdan Rasulullohga xabar berdilar. Ustiga kelib duo qilganlaridan so‘ngra 
shifo topdi. Toy tog‘iga tashlangan kishini ersa, Rasululloh keyin Madinaga yubordilar. 
Bu safarda Hazrati Abu Bakr Siddiqni namoz uchun butun askarga imom qilmish edilar. 
Hazrati Ibod ibn Bashirni butun askar ustidan yurib soqchilik qilmoqqa buyurdilar. U 
kishi ersa birdek aylanib yurib, kecha-kunduz askar holini Rasulullohga bildirib turar edi. 
Bir kuni tamom askar suvsizlikda qoldi. Og‘iz ho‘llashga ham yetgudek suv topilmadi. 
Suvsizlik, chanqoqlikdan askarga halokat qo‘rqinchi tushdi. Ba’zi bir kishilarning 
chanqoqliklari haddan oshib o‘limga yetayozganlarida, tuyalarni so‘yib, ichak-qorni 
ichidagi suvni siqib ichishga majbur bo‘ldilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq bu holni ko‘rgach, 
Rasululloh qoshlariga kelib: 
— Yo Rasulalloh, askarlar suvsizliqdan o‘lish holiga yetdilar. Alloh taologa duo qiling, 
bizlarni suvga serob qilib, chanqoqlik balosidan qutqargay, — dedi. 
Rasululloh qo‘l ko‘tardilar. Osmonda bir parcha bulut ham yo‘q edi, darhol tog‘dek 
bulutlar aylanib chiqib, sharillab yomg‘ir yog‘ishga boshladi. Xiyol o‘tmay, soylar to‘lib 
suv oqdi. Butun askar suv ichib qondilar. Bor idishlarini suvga to‘ldirib oldilar. 
Shu safarda yana bir necha mo’jizalar yuz berdi: 
Bir kuni Rasulullohning mingan tuyalari yo‘lda ketayotganda yo‘qolib qoldi. Bir qancha 
sahobalar uni izlab topolmadilar. Askar ichida Madinadan birga chiqqan munofiqlardan 
ham bir necha kishi bor edi. Bular esa faqat o‘lja mol topish uchun chiqmish edilar. 
Rasulullohning tuyalari yo‘qolgach, ulardan birovi turib: 
— Muhammad osmondan sizlarga xabar keltirur, Xudo tarafidan yuborilgan 
payg‘ambarman, deydur. Bu ajab ishdurkim, o‘zining tuyasi yo‘qolib qolsa, uning 
qayoqqa ketganini bilmaydur, — dedi. 
Rasulullohga uning aytgan so‘zi vahiy orqali ayon bo‘lib: 
— Shu hozirda bir kishi mening ustimdan so‘z qilib shundog‘ deydur, — deb uning 
aytgan so‘zini bir harf qoldirmay aytdilar. So‘ngra: 
— Men ham insondan tug‘ilgan inson erurman. Xudo bildirmagan ishni, hech qachon 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling