Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
o‘zim bila olmasman, u tuyaning turgan joyini Alloh menga endi bildirdi. Boringlar, falon 
jilg‘a ichida bir yog‘ochga ilinib, shu joyda to‘xtab turibdur, — dedilar. 
Darhol shu joyga borishib, tuyani topib kelishdilar. 
Ulug‘ sahobalardan Abu Zar G‘iforiyning mingan tuyalari ersa yo‘lda ketayotib charchab 
yurolmay, askar orqasida qoldi. Qarasa tuyaning yurgudek holi qolmabdur. Tuyani 
tashlab, yukni yelkaga qo‘yib, askar ortidan qolmay yo‘lga tushdi. Bu ishdan 
Rasulullohga xabar berganlarida, ul zot: 
— Agar unda yaxshilik nishonasi bo‘lsa, Alloh uni hech qachon yo‘lda yolg‘iz 
qoldirmagay, ortimizdan bizga yetkazib keltirgay. Agar unda yaxshilik nishonasi yo‘q 
ersa, bizning undan qutulganimiz yaxshidur, — dedilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir manzilga tushib o‘ltirgan chog‘larida 
yiroqdan tog‘ boshida bir kishining qorasi ko‘rindi. Anda sahobalar: 
— Yo Rasulalloh, yolg‘iz kishi yiroqdan kelayotgandek ko‘rinadur, — dedilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Abu Zar bo‘lg‘ay, — dedilar. 
Tikilib qarasalar, bu kishi Abu Zar ekandur. Anda Rasululloh yiroqdan ko‘rib uni 
tanigach: 
— Abu Zarni Alloh rahmat qilsin, u yolg‘iz yuradi, yolg‘izlikda o‘ladi, yolg‘iz tiriladi, — 
deb, bu kishining kelgusidagi holini mo‘jiza qilib bildirdilar. 
So‘nggi kunlarda Abu Zar G‘iforiyning holi, Rasululloh qanday degan bo‘lsalar, shunday 
bo‘ldi, raziyallohu anhu. 
Tabukka yetmasdan bir kun ilgari Rasululloh aytdilar: 
— Inshaalloh, ertaga Tabukka yetgaymiz. Anglasam uning bulog‘ida suvi ozaymishdur. 
Zinhor ul suvga mendan ilgari hech kim qo‘l urmagay. 
Bu to‘g‘rida jar chaqirtirib butun askarga anglatdilar. Buni eshitib munofiqlardan ikki 
kishi jo‘rttaga ilgariroq kelib, ul suvga qo‘l suqdi. Ularning shum qo‘llari tegishi bilan oz 
bo‘lsa ham, bor suvi yo‘qola boshladi. Bu xabar Rasulullohga yetdi ersa, bilaturib bu 
ishni qilgan munofiqlarga la’nat aytdilar. Yo‘q esa, kishiga la’nat aytmoq Rasulullohga 
odat emas edi. So‘ngra oz bo‘lsa ham suv topib keltiringlar, deb buyurdilar. Qoshiqlab 
olgandek shu buloqdan bir oz suv keltirishdi. Shu suvda yuz qo‘llarini yuvib, og‘iz-
burunlarini chayib, qaytarib buloqqa quygach, buloqdan biqillab suv qaynab chiqdi. 
Butun qo‘shin ot-ulovlari bilan shu suvdan ichib qondilar. Shu kundan boshlab, buloqdan 
suv kamaymay oqqali turdi. 
Rasululloh Mu’oz ibn Jabalga qarab: 
— Ey Mu’oz, agar dunyoda uzoqroq yashar bo‘lsang, u chog‘da ko‘rursankim, bu yerlarni 
bog‘-bo‘stonga to‘ldirgaylar. 
Rasululloh aytganlaridek, ko‘p vaqt o‘tmay, shu buloq atrofidagi yerlar yam-yashil bog‘-
bo‘stonlikka aylanib, xalqqa to‘lmish edi. 
Yana bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu Tabuk safarida bosh oqshomdan 
sahar vaqtigacha yo‘l yurdilar. 
Tuya ustida uyqu eltib, mudroq bosdi. Bir oz yurgach, tuya ustidan yontoyg‘ali turdilar 
(og‘ib keta boshladilar). YOnlarida Abu Qatoda raziyallohu anhu Rasululloh holatlarini 
payqab kelayotgan edi. Yana tuya ustidan tushib ketmasinlar, deb sekingina kelib bir 
qancha yergacha suyab bordi. Tun qorong‘usida, Rasululloh uyg‘ongach, boshlarini 
ko‘tarib: 
— Sen kim eding? — dedilar. 
— Yo Rasulalloh, Abu Qatoda erurman. Tuyadan yiqilib ketgaysizmu deb qo‘rqqanimdan 
bu kecha yoningizdan jilmadim, — dedi. 
Anda Rasululloh: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
— Ey Abu Qatoda, bu tuni meni saqlamishsan, seni Alloh saqlasin, — deb duo qildilar. 
So‘ngra yo‘l chetiga chiqib, tuyadin tushdilar. U chog‘da sahar vaqti yetib, tong 
yaqinlashgan edi. Ertalabki namozimizni yaxshi saqlagaysiz, sergak bo‘linglar deb, 
Rasululloh uyquga yotdilar. Uzun tuni bilan tuya ustida bo‘lganlikdan barchalari 
charchamish edilar. Namoz vaqti o‘tdi esa, yana hech kim uyqudan uyg‘onmadi. 
Rasululloh uyg‘onib, unlik tasbeh aytdilar. Kishilar unlarini eshitgach, cho‘chib uyg‘onib 
qarasalar, kun chiqmish edi. 
Rasulullohning buyruqlaricha tuyalariga minishib, yo‘lga chiqqudek vaqtda quyosh 
ko‘tarildi. Abu Qatodaning charmdan yasalmish suv idishi bor edi. Uni keltirib Rasululloh 
tahorat olganlaridan keyin, shu kuni ertalab qolgan namozni o‘qishdilar. Tahorat idishida 
ozroq suv qolmish edi. Rasululloh Qatodaga qarab: 
Bu suvni yaxshi saqlagil, buning ustida ulug‘ bir voqea ko‘rgaysiz, — dedilar. 
O‘tgan kecha Rasulullohni uyqu bosib keyin qolganlarida, yo‘l bosib o‘tgan qo‘shin 
anchagina o‘zib ketgan edi. Yo‘l ustidagi suvli joylarga tushmasdan xabarsiz o‘tishib 
ketdilar. 
Ikkinchi suvga yetgunchalik oradagi uzun cho‘ldan o‘tish kerak edi. Kun qoq tush vaqti 
bo‘lganda, quyoshning issig‘iga chidayolmay qo‘shin yurishdan to‘xtadi. Suvsiz cho‘l 
ichidagi kun issig‘idan butun askar chanqoqlikda qolib, ot-tuyalar yurolmay yiqila 
boshladi. Bu tuyalarni bo‘g‘izlab, ichidan chiqqan suvni, o‘lar holatiga yetgan chanqoq 
kishilar talashib ichdilar. Buning ustiga Rasululloh kelib, bu og‘ir holni ko‘rgach, Abu 
Qatodani chaqirib: 
— O‘tgan manzilda tahoratimdan qolgan suvni darhol keltirgil, — dedilar. 
— Mana, Yo Rasulalloh, — deb ul suvni keltirdi. 
Muborak qo‘llarini shu idish ichidagi suvga solib, Xudo xohlaganicha duo qilgandan 
so‘ngra, Tangrining ulug‘ qudrati ila barmoq oralaridan oppoq tiniq suv otilib chiqib, 
oqqali turdi. Bu mo’jizani ko‘zlari bilan ko‘rgan sahobalardan shunday rivoyat 
bo‘lmishdurkim, Rasulullohning barmoqlari oralarini suv yorib chiqar chog‘ida havoda bir 
parcha ham bulut yo‘q edi. Shunday bo‘laturib, chaqmoq chaqilib, yashin tushgandek bir 
qattiq tovush bilan chiqdi. Butun qo‘shin bu suvdan to‘yib ichib, ot-ulovlarni sug‘ordilar. 
Borliq idishlarini suvga to‘ldirdilar. Bu qo‘shinda o‘n ikki ming ot, o‘n besh ming tuya, 
ellik ming askar bor edi. Ba’zi rivoyatda yetmish ming debdurlar. 
Xudoning qudrati bilan Rasulullohning shu mo’jizalarini yig‘ilgan ko‘pchilik xalq ko‘zlari 
bilan ko‘rib turdilar. Shundoq bo‘lsa ham iymondin ulush olmagan kishilar qarab turib, 
yana iymon keltirmadilar. Bundan ilgari ham shu safarda ikki yo‘l shunday mo‘jiza 
ko‘rilganligi yuqorida aytilib o‘tdi. 
Ulug‘ sahobalardan Abdulloh Zul Bijodayn degan kishi shu Tabuk safarida vafot topdi. 
Safarga chiqish oldida bu kishi Rasulullohga kelib: 
— Bu g‘azotda Alloh taolo menga shahidlik bergay, deb duo talab qilgan edi. 
Anda Rasululloh shu yerda o‘sgan bir yog‘ochni ko‘rsatib: «Uning qobug‘idan kelturgin», 
dedilar. Uni keltirdi ersa, olib bu kishining bilagiga bog‘lab turib: 
— Ey bor Xudoyo, buning qonini to‘kmoqni kofirlarga harom qilgaysan, — deb uni duo 
qildilar. 
Anda ul: 
— Yo Rasulalloh, menim tilagim bu emas erdi, balki qonim to‘kilib, Xudo yo‘lida shahid 
bo‘lishni so‘ragan edim, — dedi. 
Rasululloh aytdilar: 
— Ey Abdulloh, agar bezgak kasaliga yo‘liqib, shu bilan vafot bo‘lsang, albatta shahid 
maqomini topgaysan. 
Aytganlaridek, Tabukka kelib bir necha kun o‘tgandan so‘ngra shu illat bilan bir kechada 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
vafot etdi. Rasululloh uning ustida hozir edilar. Sahobalar chiroq yorug‘ida qabr qazib 
tayyorlashgandan so‘ngra, lahad ichiga Rasululloh o‘zlari tushdilar. Hazrati Abu Bakr 
Siddiq, Hazrati Umar o‘likni ko‘tarishib, go‘r ichiga tushirishib berdi. 
Rasululloh uni ko‘tarib o‘rniga qo‘yar chog‘da: «Ey bor Xudoyo, men bundan rozi edim, 
endi Sen ham bundan rozi bo‘lg‘aysan, deb duo qildilar. Rasulullohning xos xizmatchisi 
Abdulloh ibn Mas’ud ham shu yerda edi. Shu so‘zni anglagach, koshki bu chuqur egasi 
men bo‘lur ersam na bo‘lg‘ay edi, deb yig‘ladi. Boshqalar ham buning o‘rnida biz bo‘lsak 
erdik, deb yig‘lashdi. 
Endi bu kitobni yozuvchi Alixon Sog‘uniy shu so‘zni ustiga kelganimda, munglik 
ko‘nglimdan qo‘zg‘algan qayg‘ularim qaynar suvidek bo‘lib ikki ko‘zimdan oqqani turdi. U 
kishi ersa, Rasulullohning muborak yuzlarini ko‘rmish, ko‘p yillar suhbatlarida bo‘lib, shu 
davlat uzra ajali yetgan edi, yana uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qutlug‘ 
qo‘llari bilan tuproqqa topshirib qabrga qo‘yib, undan rizo bo‘lganligini bildirdilar va 
uning uchun Allohdan rizolik so‘radilar. Endi bundoq kishining va yillar bo‘yicha 
Rasulullohning muborak yuzlariga qarab o‘ltirib suhbatlarini topishgan butun 
sahobalarning nima armonlari bordur? Ularda hech armon yo‘qdur. Butun armon 
qilg‘udek ishlar shu zamondagi uning ummatlari — biz g‘arib mo’minlarning boshiga 
kelmishdur. Chunki biz g‘arib ummatlari bir ming uch yuz sakson yil u zotdan keyin 
qolib, fisq-fasod, buzuqchilik, dinsizlik qoplagan eng oxirgi zamon ichida turamiz. Bu 
davrning axloqsiz madaniyati ostida insonlardan farishtalik, ya’ni yaxshilik sifatlari 
yo‘qoldi. Hayvoniy, shaytoniy sifatlari rivoj olganlikdan uning ta’siri o‘tmagan hech kishi 
qolmadi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xabar bergan qiyomat alomatlari ersa yer yuzida 
zohir bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib: «Qiyomat kunining 
alomatlaridan biri shuldurkim, bir kishi o‘lgan bir kishining qabri oldidan o‘tayotganida, 
shu qabrga qarab: «Koshki sening o‘rningda men bo‘lsam edi, degay. U esa tirik 
yurganidan o‘lganini ortiq ko‘rgay», degan edilar. 
Endi bu kishiga nega bundoq deydur? Bu to‘g‘rida kelgan hadislar mazmunicha, u zamon 
kishilariga har yoqlama balo va ofatlar yog‘ilib, dunYo hokimiyati har joyda dahriylar, 
dinsizlar qo‘lida bo‘lgay. U kundagi musulmonlar ersa gunoh ishlarini oshkora qilgaylar. 
Ular oldida halol-haromning farqi qolmagay. Shu bilan dinlari barbod bo‘lgay, islomiyat 
axloq-odoblaridan ajragaylar, shariat hukmi o‘rtadan butunlay ko‘tarilgay. Zulm-xiyonat 
ishlari barcha xalqni qoplagay. Yeb-ichib kiyganlari, topgan-tergan mollari butunlay 
harom-xarishdan bo‘lgay. Shuning uchun qilgan duolari qabul bo‘lmagay. Rasululloh 
payg‘ambarlar noibi degan olimlardan hech kim qolmagay, ular o‘rniga aldamchi, 
yolg‘onchi, chala mulla — dinbuzarlar qolgaylar. Payg‘ambarimiz ularni o‘sha zamonning 
eng yomon odamlaridur, derdilar. Fuqaro xalqning o‘z boshlari, oilalari, mol-dunyolari 
ustidan u zamon hukumatlari ixtiyorsiz, nohaq hukmlar yurgizgaylar, hech kimda 
hurmat-obro‘ qolmagay. Kishilarning ko‘pchiligi xor-zorlikda qolib, baraka ko‘tarilgay. 
Insonlar shu holga yetganda tirik yurib qiynalgandan o‘lishni afzal ko‘rgaylar. Yuqoridagi 
hadisni sharhini ko‘rib, qisqacha tarjimasini yozdim. 
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga aytdilar: 
— Mendan keyin bir zamon kelur, men uni ko‘rmayman, sizlar ham uni ko‘rmanglar. U 
zamon keldi ersa, chin olim so‘zini olmagaylar, ulug‘ odamlardan uyalmagaylar, din 
so‘ziga quloq solmagaylar. Mana shundog‘ bo‘lib, din-dunYo ishlariga qattiqchilik kelgan 
kunlarda har qancha qiynalsa ham, o‘z dinidan ajramay yurib o‘lgan bir musulmon yuz 
shahidning savobini topgay. Qiyomatgacha bir toifa ummatim haq yo‘ldan adashmagay. 
Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan qiyomatgacha haq yo‘ldan 
adashmaydirgan shu toifa ummatlariga atab, ushbu kitobni yozdim. Ko‘nglim to‘q, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
259
iymonim to‘liqdurkim, menim bu kitobimni dunYo boricha shular o‘qigaylar, shular 
foydalangaylar. 
Ey bor Xudoyo, bu kitobni yozguvchi yozuqluq g‘arib qulingni va ham ushbu kitobni 
o‘qigan, eshitgan mo’min bandalaringni habibing Muhammad Mustafo sollallohu alayhi 
vasallam haqqi-hurmatlari uchun haq yo‘ldan chiqmagan, Islom dinida jon bergan o‘sha 
toifadan qilgaysan. Omin! 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh Tabukka kelgach, bu joyda yigirma kungacha 
to‘xtab qoldilar. Bu yerdan Shom shahriga borish yoki Madinaga qaytish yaqinligida 
tenglashur edi. U yoqqa yurish to‘g‘risida sahobalarga kengash qildilar ersa, Hazrati 
Umar: 
— Yo Rasulalloh, Xudo tomonidan nima buyruq buyurilgan bo‘lsa, shuni qiling, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Agar menga buyurilgan bo‘lsa edi, hech kimdan maslahat so‘ramas edim, — dedilar. 
— Yo Rasulalloh, biz Madinadan yiroqlashib, dushman yeriga yaqinlashib keldik. Bizga 
yordam bergudek ular ichida musulmonlari yo‘qdur, dushmanning qurollik askari ko‘p 
bo‘lib, har joyda to‘planib turishibdurlar. Bizning bu kelishimizdan ularga qo‘rqinch 
tushib, butun Rum xalqi qo‘zg‘alishganga o‘xshaydi. Endigi bizning o‘ylaganimiz bu 
yilcha Madinaga qaytib, urush hozirligini ko‘rsak. Kelasi yili Xudo xohlaganiga qarab ish 
qilur edik, — dedilar. 
Bu so‘z Rasulullohga ham ma’qul bo‘lib, shu yerdan qaytmoqqa qaror qilindi. 
Qaysar Hiraql Madina ustiga sonsiz askar olib yurish qilmoqchi, deb eshitgan so‘zning 
anig‘i bilinmadi. 
Shu orada Ayla shahrining hokimi bilan Jarbo, Azrux, Mayno degan shaharlarning 
elchilari kelishib, Rasululloh bilan uchrashdilar. Bular ersa, Shom atrofida yashayotgan 
yahudlardan kelgan kishilar edi. 
Rasulullohning Tabukka kelganlarini anglashib, ahvol bilan tanishmoq uchun yuqoriga 
shahar xalqlari bularni elchi qilib yuborishdilar. Ularni Rasululloh iymonga undagan 
edilar, uni qabul qilmay, har yili soliq to‘lab turishga rozi bo‘lishdi. Bu to‘g‘rida ahdnoma 
yozib berishlarini Rasulullohdan so‘radilar. 
Jarbo ahli har yili rajab oyida yuz tilla to‘lamoqchi bo‘ldi. Maynoliklar o‘z yerlaridan 
chiqqan mevalarning to‘rtdan birini har yili berib turmoqqa va’da berdilar. Elchilarning 
so‘rovlaricha bu to‘g‘rilik Rasululloh ikki nusxa ahdnoma yozdilar va ularga topshirdilar. 
O‘shal ahdnoma nusxalarini o‘quvchilar quvvat olsin deb arabcha iborasi bilan bu o‘rinda 
yozdim. Uning mazmuniga o‘quvchilar tushunmoqlari uchun turkchaga tarjima qildim. 
Rasululloh Yuhannoga bergan axdnomalarining arabchasi shuldir: 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Hazo amanatun minallohi va Muhammadin-nabiyyi li Yuhanno va ahli Aylata sufunuhum 
va sayyarotuhum fil barri val bahri lahum zimmatullohi va Muhammadin-nabiyyi va man 
kana maahum min ahlish-Shomi va ahli Yaman va ahlil Bahri faman ahdasa minhum 
hadasan fainnahu la ya juzu malahu duna nafsihi va innahu latayyibatun liman axazahu 
minnan-nosi va innahu la yahillu an yamna’u maan yaridunahu vala tariqan yuridunahu 
min barrinav bahrin». 
Ma’nosi: «Ushbu omon xati berildi. Alloh va uning elchisi Muhammaddan Yuhannoga va 
Ayla ahliga. Ularning dengizdagi kemalari, quruqlikda yurgan karvonlari omondur. 
Allohning, Muhammadning ahd omoni shulargadir va ular bilan birga bo‘lgan Shom ahli, 
Yaman ahli, dengiz bo‘yi ahllariga ham hukm shuldur. Agar ulardan bir kimarsa ushbu 
ahdni buzgudek bir ish qilur ekan, boshlariga omonlik, mollariga omonsizlikdur. Shart 
buzguvchilardan musulmonlar qaysi yo‘l bilan mol olsalar, haloldur. Ichar suvlaridan, 
yurar yo‘llaridan musulmonlarni to‘smoq ularga yasoqdur». 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
260
Mana shu ahdnomani yuqorigi shahar ahllari Rasulullohdan keyin ham o‘zlarida saqlab 
keldilar. Ko‘p zamonlargacha podsholari oldida bu ahdnomaning hurmati saqlanmish edi.  
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda turgan kunlarida Xolid ibn Validni 
to‘rt yuz kishiga bosh qilib, Duvmatul Jandal o‘lkasini fath qilmoqqa yubordilar. Bu ersa, 
Shom shahridan tuya yurishida olti kunlik yiroqlikda bo‘lgan qal’alik bir shahar edi. 
Arabistonning Shom tuprog‘iga tutashgan yerlarining birisidur. Bu o‘lkadagi yerlik 
arablar ustiga Rum podshosi Qaysar Hiraql Ukaydir ibn Abdulmalik nomli bir arabni o‘z 
diniga kirgizib podsho qilmish edi. Bu yerlarda nasoro arablaridan Bani Kinda qabilasi 
yashamoqda edilar. Rasulullohdan buyruq olib Xolid ibn Valid shu yurganicha podsho 
qal’asi ko‘rinadurgon joyga tushdi. Shu kechasi oyning to‘lgan tuni edi. 
Akidar xotini bilan qasr saroyi ustida yotmish ekan, Sahro ovlaridan bug‘u — maral, 
kiyiklar kelib, podsho saroyining qopqasiga (darvozasiga) surkanishib turganin ko‘rdi. 
Anda xotini: 
— Bu ajab ishdurkim, ov kiyiklari eshik oldimizga kelibdur. Bundoq ishni hech ko‘rganing 
bormi, o‘zi kelgan ovni qaysi kishi ovlamay qolur? — dedi. 
Xotinidan bu so‘zni anglab, bunday ovni qo‘ldan ketkazish yaxshi emasdur, deb darhol 
otlarini egarladi. Ov jabduqlarini olishib, kiyiklar keyinidan askarlari bilan quvlashib 
kelayotganida Xolid ibn Validga qarshi keldi. 
Dastlab orada bir oz chorpishma bo‘lib, Ukaydirning inisi shu urushda o‘ldirildi. So‘ngra 
xiyol o‘tkazmay qolganlarini asir oldilar. O‘ldirilgan kishini kimxob kiyimlari bilan 
Rasulullohga voqeani bildirish uchun choparchi yubordilar. Buning baxti qaytib ekan, 
taxt ustida o‘ltirgan kishi bir nafasda qo‘lga tushib, taxtaga tortildi. U baxtiqaro kiyiklarni 
ovlamoqqa chiqqan edi. Rasululloh ovchilariga yo‘liqib, o‘zi ov bo‘ldi. Shuning bilan Xolid 
ibn Valid asirlarni olib, Rasululloh oldilariga keldi. Ular bilan ko‘rishgach, Rasululloh 
yaxshi muomalada bo‘lib dinga da’vat qildilar. 
Qaysar dinidan chiqar bo‘lsam podsholigimdan ajrab qolgayman, degan xayolni qilib 
qabul qilmadi. Islom shariatida ersa dinga zo‘rlab kirgizish yo‘qdur. Shuning uchun 
Rasululloh ular bilan kelishib, har yili soliq to‘lab turish sharti bilan o‘z yurtiga 
qaytmoqqa ruxsat berdilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukka tushgan kunlarida butun askarga qarata 
bir xutba o‘qidilarkim, bu o‘qigan xutbada insonlar uchun dunYo va oxiratlik eng kerakli 
so‘zlar keltirilgan edi. Agar biz musulmonlarga shu xutbadan boshqa hech so‘z 
Rasulullohdan qolmagan taqdirda ham, yolg‘iz shu xutbaning o‘zi ikki dunyoda bizga 
rahbarlik uchun yetarlik bo‘lur edi. Bu qutlug‘ xutbani hadis olimlarining allomalaridan 
bir necha zotlar o‘z kitoblarida keltirmishdurlar. 
Men faqir kitob yozuvchisi bu xutbaning asli arabchasini Islom olamining allomasi Ibn 
Qayyim Javziyyaning «Zodulma’od» degan kitobidan ko‘chirib yozdim. Buni o‘qiganlar 
tushunib, uning mazmunidan foydalansinlar, deb o‘z tilimizga tarjima qildim. Bu 
xutbaning arabchasi ushbudir: 
«Amma ba’du fainna asdaqolhadisi kitobullohi taolo. Va avsaqul uro kalimatut-taqva va 
xoyrul milali millatu Ibrohima. Va xoyrus-sunani sunnatu Muhammadin. Va ashraful 
hadisi zikrullohi. Va ahsanul qasasi hazal Qur’onu. Va xoyrul umuri avazimuxa va sharrul 
umuri muhdasotuho. Va ahsanul hadyi hadyul anbiyai. Va ashraful mavti qatlush-
shuhadai. Va a’mal a’ma azzalolatu ba’dal huda. Va hoyrul ilmi ma nafa’a, va shar-
rulamo amyul qalbi, valyadul ulya hoyrun minalyadis-sufla va ma qalla va kafa xoyrun 
mimma kasuro vaalha. Va sharrul ma’zirati hiyna yahzurul mavtu va sharrun-nadamati 
yavmal qiyamati. Va minan-nasi mallo ya’tis-salota illa duburan, va minhum manla 
yazkurulloha taala illa hujran va a’zamul xatoya allisonul kazubu. Va xoyrul g‘ina g‘inan-
nafsi va xayruz-zodittaqva. Va ra’sul hikmati maxofatullohi va xoyru ma vuqqiro fil 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
qulubil yaqinu, valirtiyabu kufrun van-niyahatu min amalil jahiliyyati. Valg‘ululu min juso 
jahannama val kanzu kayyun min-nanari. Vash-she’ru mim Mazomiyri iblis. Val-xomru 
jam-maulismi, van-nisou hibola tush-shaytoni, vash-shabobu sho’batun minal jununi. Va 
sharrul makosibi kasbur riba va sharrul maokili aklu malilyatimi. Vas-sa’yidu man vu’iza 
big‘oyrihi vash-shaqiyyu man shaqiya fi batni ummihi. Va innama yasiyru ahadukum ila 
mavzi’i arba’ati azru’in, valmru biaxirihi va malokul amali xovatimuhu, va sharrur-ru’ya 
ru’yal kazbi. Va kullu ma huva atin Qoribun, va sibabul mo‘mini fisqun va qitoluhu 
Kufrun va aklu lahmihi mim ma’siyatillohi, va hurmatu malihi kahurmati damihi va man 
yataallo alallohi yukazzibuhu, man yag‘fir yug‘farlahu. Va man ya’fu ya’fullohu anhu va 
man yakzimil g‘ayza ya’jurhullohu. Va man yasbir alar-raziyyati yu’avvizuhullohu va 
man yatba’is-sum’ata yusammiullohu bihi. Va man yatasabbar yuza’’ifullohu lahu va 
man ya’silloha yu’azibhu, summastag‘fara salosan». 
Xutbaning tarjimasi quyidagicha: 
«Hamd-sanodan so‘ngra aytadurmanki, so‘zlarning eng to‘g‘risi Qur’on so‘zidir. 
Insonning eng ishonchlik narsasi uning iymonidur. Dinlarning yaxshisi Ibrohim Halilulloh 
tutgan Islom dinidur. Yo‘llarning yaxshisi Muhammad alayhissalomning yo‘lidur. 
So‘zlarning sharofatligi Allohning zikridur. 
Ergashmoqqa eng loyiq narsa shu Qur’ondur. Din ishlarining ulug‘i farzlaridur, eng 
yomoni aning qo‘shimchalaridur. Ravishlarning yaxshisi payg‘ambar ravishlaridur. 
O‘limlarning yaxshisi shahidlar o‘limidur. Ko‘rlarning ko‘ri Islom dinidan chiqishdur. 
Ilmning yaxshisi, oxiratda foydaligidir. Boshlashning yaxshisi ergashilganidur. Ko‘rlikning 
eng yomoni dil ko‘rligidir. Ustingi qo‘l ostingi qo‘ldan yaxshidur. Oz bo‘lib yetarlik bo‘lsa, 
ozdirgan ko‘pdan yaxshidur. Uzrlarning eng yomoni o‘lim yetganda aytilganidur. 
Pushaymonlar yomoni oxirat pushaymonidur. Ba’zi bir ixlosi yo‘q kishi, namozga kech 
kelur. Qaysi birlari yolg‘ondan Alloh zikrini tilida qilur. Til yolg‘oni gunohlarning zo‘ridir. 
Boylikning eng yaxshisi ko‘ngil boyligidur. Ozuqlarning eng yaxshisi taqvo ibodatdur. 
Barcha yaxshilik boshi Xudodan qo‘rqmoqdur. Ko‘ngil saqlagan narsalarning eng yaxshisi 
Allohga ishonmoqdur. Din ishlarida gumon qilmoq kufrdur. YOqa yirtib, soch yulib 
yig‘lamoq, johiliyat odatlaridir. Yashirin xiyonatlar tamug‘ toshlaridur. Zakotsiz yig‘ilgan 
oltin-kumushlar do‘zax tamg‘asidur. YOmon qo‘shiqlar aytish shayton surnayidur. 
Chag‘ir (aroq) ichish barcha buzuqlik onasidur. Xotunlar (yomonlari) shayton tuzog‘idur. 
YOshlik telbalikning bir butog‘idur. Kasblarning eng yomoni sudxo‘rlikdur. Shaqqiy 
(yomon) onasidan tug‘ilgandayoq shaqqiy tug‘ilur. Har bir kishining borar joyi to‘rt gaz 
yerdur. Har ishga oxirida baho berilur. Barcha ishning asosi tuganchisidur. Tushlarning 
yomoni yolg‘onchining tushidur. Har kelguvchi bizga yaqindur. Musulmonni so‘kmoq 
gunohdir, unga qurol ko‘tarmoq kufrdur, uni g‘iybat qilmoq ulug‘ yozuqdir (gunohdir). 
Mo’minning qoni haromdur. Shunga o‘xshash aning moli ham haromdur. Bir ishni 
qilurman deb qasam ichganlar uni qilolmaydilar, Alloh uni yolg‘onchi qilur. Kishi xatosini 
kechirganni Alloh kechirur, uni afv qilganni Alloh afv qilur. Achchig‘ini yutgan kishilarga 
Alloh ulug‘ ajr berur. Musibat ko‘rib sabr etguvchilarni o‘rnini to‘ldirur. RiYo qilguvchi 
kishilarga Alloh ham riYo qilur. Ko‘plab sabr qilguvchilarga savob qatma-qat bo‘lur. 
Amrini tutmaganlarni Alloh azob qilur. 
Ey bor Xudoyo, mening va ummatlarimning gunohini kechirgil», deb uch marta aytdilar. 
So‘ngra xalqqa qarab: 
— O‘zim uchun, sizlar uchun Allohdan afv o‘tinaman,— deb so‘zni to‘xtatdilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda yigirma kun turganlaridan keyin 
ko‘pchilik sahobalarning maslahatlari bilan Madinaga qaytmoqchi bo‘ldilar. Qaytishlari 
ersa tog‘ yo‘li bilan dovon oshib o‘tishga to‘g‘ri keldi. Askar ichidagi munofiqlardan o‘n 
ikki kishi yashirincha: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling