Tarixiy roman
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
yuzidagi, ko‘zidagi mehr ovoziga ham qo‘shilgani uchunmi yo samimiyati kuchliligi uchunmi
ko‘p gapligi ham bir go‘zallik edi. Mirtemir akasi bilan qoldi, boshqalar sovchilikka ketishdi… Salomat opa ularni iliq qarshilab, hovli to‘ridagi taxta so‘ri tomonga boshladi. Mehriniso har tomonga nazar soldi. Hovli supurilgan, suvlangan. Qator-qator qilib ekib qo‘yilgan gullar yoz bo‘lishiga qaramay rango-rang ochilgan. Supaning ustiga ko‘tarilgan tok og‘ochi xuddi shamshot daraxti kabi tik o‘stirilgan va keyin qizning qirq kokili kabi tolorga tortilgan. Mehriniso avvaliga tokni quvur deb o‘yladi. Nega quvurlarni “ekib” qo‘yishibdi, deb yuqoriga qaragach, g‘ujum-g‘ujum husayni, kishmishni ko‘rib gap nimadaligini angladi. Keyinchalik o‘zlari ham yangi hovliga ko‘chib chiqqach, supalarning ustini tok bilan xuddi ana shu shaklda qoplattirdilar. Hozir esa “qizning ota-onasi tartibni sevar ekan” deb o‘ylayotgandi. Hovli kichik bo‘lsa-da har turdagi mevali daraxt bor edi. Anjirdan tortib anorgacha. Xullas, Mehriniso bir qusur qidirardi. Sovchining vazifalaridan biri qusur qidirish deb o‘ylardi. Nima bo‘lganda ham yakkayu yagona ukasini uylantirishadi. Hamma narsa joyida ekanligini avvaliga “Bizni kutishga hozirlanishgan”ga yo‘ydi, keyin esa xursand bo‘ldi. Shu payt ichkaridan qilichdan nozik va tik bir qiz chiqdi. -Assalom, – degandi, Mehriniso : -Ha, bo‘yingdan aylanay, – dedi va Gulsanam xolaning qulog‘iga pichirladi. – Xola, bu qizning bo‘yi uzun. Ammo chiroyli ekan. -Bu singlisi, – dedi Gulsanam xola. -Xudoga shukur, bo‘yi ukamdan uzun ekan, deb qo‘rqib ketdim. -Bo‘yi uzunlik aybmi, o‘zing o‘smay qolganing uchun faqat bo‘yi kaltalarni aqlli deb o‘ylaysan- a, – hazil qildi Gulsanam xola. Aslida buni yarim hazil, yarim chin deyish kerak. Chunki Gulsanam xolaning ham bo‘yi uzun edi. -Ammo onasining bo‘yi uzun emas ekan. Lekin biroz semizroqmi? – deya pichirladi Mehriniso. -Hah qizim, hah qizim-a? Avvalo yaxshilab qaragin, onasining bo‘yi uzun ham emas, kalta ham. Semiz degan so‘zni qayerdan olding? Onasini ko‘r, qizini ol, deganlar. Chaqqonligiga qara, yelib yugurib yuribdi… -Kechirasizlar, sizlarga ham qaray olmadim, – deya Salomat opa ularga yaqinlashdi. – Ishdan bugun biroz kech keldim. Qizlar ham ishda edilar. Yozda uyda o‘tirmaylik, deyishdi. Kattasi qarshimizdagi Telefon idorasida, kichigi esa Kishmish fabrikasida ishladi. Ishladi, deyapman, chunki bugunga qadar edi. Endi o‘qishga borishadi. -Ha, o‘qishlar boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi, – dedi Mehriniso gapga qo‘shilib. – Ukam ham birinchi sentyabrda tug‘ilgan. – U nima bo‘lsa ham tezroq maqsadga ko‘chish uchun imkoniyatdan foydalanib, gapni ukasiga burdi. -Shunaqami? – Salomat opa samimiy bir ohangda, ajablanish bilan Mehrinisoga qaradi. Mehriniso birdaniga allanechuk bo‘ldi. Bu ayolda nima bor? Ko‘zlarining ma‘nodor kulishlari kimni eslatdi? Yonoqlari xuddi bo‘yab qo‘yilgandek qirmizi ekanligi ham qalbining muz bo‘lib turgan joylarini eritib yubordi. Istarasi issiq bu ayolning gapirganda kulgichlari yuziga yoyilib, chehrasini yoritib yuborgani Mehrinisoni to‘lqinlantirdi. Ha, topdi. Rahmatli onasiga o‘xsharkan, bu ayol. U esa… -Umringiz o‘xshamasin, onamga o‘xshatdim sizni…,-Mehrinisoning tovushi titrab ketdi. Buni his qilgan Salomat opa darrov gapni davom ettirdi. -U kishini bir marta ko‘rgandim. Xudo rahmat qilsin, mehrli ayol edilar. Katta opangizning uyidan kelayotgan ekanlar. Rahmatli qaynonamni tanirkanlar, eshikdan ichkari kirmay bir piyola suv ichgandilar. “Yuragim kuydi” degan gaplari esimda… -Ha, onam bo‘lganlarida bugun o‘zlari kelardilar. Bittagina o‘g‘illarini uylantirib qancha sevingan bo‘lardilar. Nima qilaylik-ki yetim qoldik! -Singiljon, yetimlik yetti kishidan birining qismati, deydilar, – Salomat opaning ham qalbi yumshadi. – Men ham rahmatli onamni eslay olmayman… -Ayajon! – oshxona tarafdan kelgan bu sas Salomat opaning gapini bo‘ldi. U uzr aytib, o‘rnidan turdi. -Sen sovchilikka kelganmi yoki ma‘rakagami? – deya Mehrinisoni turtdi Gulsanam aya. – Yig‘i- sig‘ining joyi emas. Dardimizni aytayligu turaylik! -Dardimizni biladilar-ku, yana nimani aytamiz. -Hali bu “dard”ni takror aytish uchun uch marta kelamiz. -O‘n marta kelsak ham bu ayol menga yoqdi. Ba‘mani ayol ekan. Qizlari ham odobli deyishdi. Bularning bir qarindoshi men bilan ishlarkan. Undan hamma gapni surishtirib oldim. -Nega bo‘lmasa guruchdan tosh qidirayotganding? -Sovchilik qoidasi emasmi bu? -Ishqilib biror sovuq gap aytib qo‘ymagin-da qizim. -Aytsam – aytmasam, ish bitdi, aya, qiz bizniki, bir haftadan keyin to‘y, ana ko‘rasiz… Bir hafta emas, o‘n besh kundan keyin tuy bo‘ldi. Oradan o‘n besh yil o‘tib esa, Rohila darchadan turmush o‘rtog‘ini o‘zi ham bilmagan bir muddatga va o‘zi ham bilmagan bir tomonga kuzatmoqda…. G E N E R A L … [ 1 7 ] -Sizni tabriklayman, – dedi Karimov generalning qo‘lini qisib. – Topshiriqni yaxshi bajardingiz. Aslida ana u Zokir tirranchani vazir tayinlab xato qilgan ekanman. Bilaman, u sizning qo‘lingizda ishlardi. Bor-yo‘g‘i podpolkovnik edi. Parkent voqealarida sizning topshirig‘ingiz bilan mening yonimda yurdi. Sodiq bolaga o‘xshadi. Shu sabab ko‘p o‘tmay sizni boshqa ishga ko‘chirib, uni joyingizga tayyorladim. Generalgacha ko‘tardim. Sizni uzoq viloyatga ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i qilib yuborish ham uning o‘yini. Hechdan ko‘ra kech deydilar, mana endi ko‘zimiz ochildi. Do‘st kim, dushman kim, ajratib oling. Oyning o‘n beshi korong‘u o‘n beshi yorug‘. Qorong‘u kunlar o‘tib ketdi. Endi birgalashib ishlaymiz. Qayerga borsam yonimda bo‘lasiz… Shu payt Karimovning telefoni quloqlarni qomatga keltiradigan darajada jiringlay boshladi. Ammo Karimov parvo qilmadi. Hatto qayrilib telefon tomonga qaramadi ham. Uning so‘zlarini, hech bo‘lmasa ohanglarini ilg‘ab olishga harakat qilgan generalning urinishlari befoyda ketayotgandi. Chunki telefon sasi butun xonani qamrab olgandi. Karimovning do‘rillagan ovozi yo‘q bo‘lib borgani sayin, uning salobatli gavdasi ham uzoqlasha, uzoqlasha nuqtaga aylanib qoldi… General sapchib o‘rnidan turdi. Bosh tomonidagi stol ustiga qo‘yilgan telefon tinimsiz jiringlayotgan edi. Avvaliga voqealarni aralashtirib yubordi. So‘ng vazirlik tushida qolgani va olis viloyatdagi uyida uxlab yotganini angladi. Qo‘li beixtiyor telefon yonidagi tugmachani bosdi. Xonasida chiroq yonishi bilan ko‘zlarini qaytadan yumdi. Qorong‘ulikka o‘rgangan ko‘zlar nur oldida ojiz edi. Ammo telefon uchun farqi yo‘q, u na qorong‘ulikni, na oydinlikni anglaydi. Lekin bu soatda telefon qilishga kim jur‘at etdi? General bu savolga javob qidirmasdan soatga qaramoqchi bo‘ldi. Chiroq shu‘lasida yoshlangan ko‘zlari soat yuzini ko‘ra olmadi. Xuddi tushida Karimov nuqtaga aylanib qolgandek devorga osig‘lik soat ham nuqtalarga bo‘linib ketgandi. -Soat necha? – deya baqirdi u. Ammo javob beradigan odam yo‘q. Haybatli hovlida bir o‘zi yashaydi. Hovlisining to‘ridagi kichkinagina hujrada yashaydigan, o‘rgatilgan itni hisoblamaganda. General bu yerga ishga yuborilganda bir-ikki yilda qaytaman, deb o‘yladi. Oilasini kelishga undamadi ham. Ammo umr yo‘ldoshi uning bu yerga kelishini surgun deb baholadi. Aslida qayerga tayin etilmasin umr yo‘ldoshi uning poytaxtdan uzoqda bo‘lishini istamasdi. General Nilufarxonga uylanganda yosh emas edi. Birinchi xotinidan ayrilgandan keyin uzoq vaqt tanho yashadi. Ichki ishlar vazirligining tungi qorovullar bo‘limida ishlagani uchun bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lardi. Shu bois doim kontsertga borardi. Ayniqsa, Nilufarxonning kontsertlarini o‘tkazib yubormasdi. Nilufarxon san‘at olamida u qadar mashhur bo‘lmasa ham go‘zallik bobida og‘izga tushgan edi. Qora qoshlaridan tortib to‘pig‘igacha tushadigan sochlariga qadar bo‘ydoqlarning orzusiga aylangandi. To‘xtayev ham ana shu qoshlaru ikki o‘rim qilib tashlab qo‘yiladigan sochlarning maftuni edi. Maktabda adabiyot darsida qochib yurgan, she‘r yodlashdan hazar qiladigan To‘xtayev yoshi o‘ttizdan oshib qolganida qo‘liga qalam oldi. Nilufarxonga bag‘ishlab she‘rlar yozdi. Yo‘lning uzog‘i hatto dushmanlarni do‘stga aylantiradi. Vaqt To‘xtayev bilan Nilufarxonning hayotini bir nuqtaga keltirdi. Ular oila qurdilar. Ammo Nilufarxon oilaning hokimi, To‘xtayev esa “malikasi”ga aylandi. Mana Samarqandga ishga kelganiga ikki yildan oshdiki, bir marta ham so‘roqlamadi. Shunga qaramasdan umr yuldoshini (ba‘zan xayolidan haqiqatdan ham umr yo‘ldoshimmikan, degan fikr o‘tishiga qaramasdan) sevadi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandan keyin sessiyada uning nomzodiga qarshi chiqishdi. O‘shanda Mirtemir minbardan “Bizning viloyatimizda jinoyatchilik avjiga chiqqan. Oldingi boshliq – Gayran degan zot hamma yoqni poraxo‘rlik razolatiga to‘ldirdi. Mana endi yangisi keldi. Butun umidimiz undan”, deya uni himoya qilgandi. O‘shanda To‘xtayev to‘lqinlanib ketgan va minbarga chiqib: -Men xalqimiz sevib tinglaydigan san‘atkor Nilufarxonning turmush o‘rtog‘i bo‘laman, – deb yuborganda, zalda o‘tirganlarning bir qismi qarsak chalsa, boshqa bir qismi esa kulgandi… Ammo shu daqiqada xayolga botgan generalning yonida “soat necha bo‘ldi?” degan savoliga javob beradigan kishi yo‘q edi. U bo‘shliqqa baqirgandi. Bo‘shliqdan kishining o‘z tovushi qaytadi, ba‘zan esa bo‘shliq bu sasni yutib yuboradi. Hozir generalning sasi qaytdimi yoki uni bo‘shliq yutib yubordimi, buni bilish qiyin edi. Chunki telefon jiringlayotgandi. Generalning yotoqxonasida ikkita telefon bor: biri qora, ikkinchisi kulrang. Qora ranglisi hukumat telefoni hisoblanadi. Bu uyga ko‘chib kirganiga ikki yil bo‘lgan bo‘lsa, bu telefon bir marta ham jiringlagan emas. Ammo ikkinchisi viloyatda biror voqea yuz bersa, yoki rahbarlar uni qidirishsa jiringlab qoladi. Xullas, ko‘rgan tushi va undan keyingi holati bois telefon dastasini ko‘tarish kerak, degan fikrni ancha vaqt “qidirib qolgan” general birdan uni “topib oldi”. -Kim u?! – dedi general telefon dastasini olishi bilan. -O‘rtoq general, raport berishga ruxsat eting! -Nima gap? -U qochdi. -Kim? – general kim deya so‘ragan bo‘lsa-da javobni eshitmasdanoq telefon dastasini otib yubordi. Xuddi yuragi oyoq barmoqlarining uchiga tushib qolgandek va parchalanib ketgandek his qildi o‘zini. Keyin bu parchalar butun vujudiga yoyildi. Vujudining har bir nuqtasidan “tuk-tuk” deya sas kela boshladi. -Qo‘rqqanim boshimga keldi. Uni qochirdim, qochirdim…,-deya mushtini mushtiga urdi. Ammo ayni paytda qalbining qayeridadir uchqun paydo bo‘ldi. “Balki qochgani yaxshi bo‘lgandir? Uni o‘ldirib, keyin baloga qolib ketarmidim?” Ko‘nglidan o‘tgan bu fikrdan o‘zi qo‘rqib ketdi. Chap yelkasiga qarab tupurgandek bo‘ldi va “La‘nat shaytonga” dedi. Keyin muzlatgichni ochib, chet eldan keltirilgan pivoni oldi. Ichmoqchi bo‘ldi-yu ammo og‘zini ochmadi. Chunki qo‘llari titrayotgandi. Titroq qo‘llarini osilib yotgan telefon dastasiga uzatdi. Ichki ishlar boshqarmasining navbatchisi xuddi bu holga o‘rganib qolgandek telefon simining naryog‘ida kutib turgandi. -Mashinamni chaqir! -Yubordim, o‘rtoq general! -Uning qochganini yana kimga aytding? -Hali hech kimga ! Ammo poytaxtga yuboriladigan tonggi hisobotga kiritdik. O‘n daqiqadan so‘ngra hisobotni uzatamiz. -Hisobotdan chiqar! -Endi kech bo‘ldi. Hisobot kompyuterlarga o‘tdi. O‘zgartirsak, keyin boshimizga balo bo‘ladi. -Bo‘pti, meni kutinglar! Shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ini ham chaqir… to‘xtab tur, uni bezovta qilma! “Semyorkani” oyoqqa turgaz, yaqin tumanlardan yordam chaqiringlar. Avtomobil inspektsiyasi yo‘lga chiqarilsin, poytaxtga va boshqa shaharlarga olib boradigan yo‘llar nazorat ostiga olinsin! Har bir avtomashina alohida, alohida tekshirilsin! Qarindoshlarining ro‘yxati chiqarilsin, operativ guruhlar hoziroq ularning uylarini bossinlar! Qolganini borganimda gaplashamiz. Barcha bo‘lim boshliqlarini yig‘ilishga chaqir! General apil-tapil kiyina boshladi. To‘g‘ri ishxonaga borsammi yoki shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining uyigami?, deb o‘yladi u. Avvaliga katta boshini kichik qilib qo‘l ostida ishlaydigan odamning uyiga borishga o‘zida jur‘at topolmadi. Keyin esa butun umidini unga bog‘ladi. Shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bahodir Matlubov Karimovning yaqinlaridan biri edi. Ko‘pchilik uni Karimovning jiyani derdi. Aslida qarindoshligi bormi yo‘qmi noma‘lum.. Lekin Karimovning oldiga borib keladi. Ba‘zan viloyat hokimi ham uddasidan chiqolmaydigan masalalarni poytaxtga borib hal qilib keladi. Hatto bir kunda farmon chiqartirib, farmon hali gazetalarda e‘lon qilinmasdan nusxasini olib qaytgan paytlar ham bo‘lgan. General “jiyan”ning uyiga borishga qaror qilib tashqariga chiqdi. Mashinaning yonida esa “jiyan”ning o‘zi turardi. -Yoppirim, bo‘rini yo‘qlasang qulog‘i ko‘rinadi, deganlari rost ekan. E-e, kechirasiz, do‘stim, yomonni o‘ylasang oldingdan yaxshi chiqadi, deganlar. Qarang-a sizni bezovta etish niyatim yo‘q edi. -Uyg‘un aka, menga shahar bo‘limidan xabar berishdi. Nima qilamiz endi? -Men barcha xizmatlarni oyoqqa turg‘azdim, Xudo xohlasa, quyosh chiqqunga qadar topamiz! -Men ham shahar xizmatini safarbar qildim. Insholloh, toparmiz. -Generalning xayolidan “Bunchalik Karimovga taqlid qiladi. Hatto “insholloh” deyishda ham Karimovga o‘xshatadi. Karimov ba‘zi so‘zlarni xato aytsa-da, ko‘p takrorlagani uchun bu so‘zlar uning mulkiga aylanib qolgan. “Jiyan” ham ana shulardan ba‘zilarini ildirib oladi va o‘zining kimligini shu so‘zlar bilan eslatib turadi.” degan fikr o‘tdi xayolidan. Ular Ichki ishlar boshqarmasiga kelganlarida atrof xuddi kolxoz bozorini eslatardi. Hali shahar odamlari uxlab yotganlariga qaramay Ichki ishlar boshqarmasi yonida shovqin-suron boshlangandi. Generalni qarshilagan navbatchi : -O‘rtoq boshliq, poytaxtga yuboriladigan hisobotning vaqti o‘tib ketdi. Nima qilaylik? – dedi. Ko‘zining qiri bilan “jiyanga” qarab olgan general : -Nega kutib o‘tiribsiz, darhol yuboring! Hamma narsani to‘xtatish mumkin, ammo hisobotni to‘xtatish mumkin emas! Chunki bu hisobot soat 9.00da hurmatli Prezidentimizning stollari ustida turishi kerak, – dedi. General yoniga kelgan “jiyan”dan madad topgandek bo‘lsa-da hozir o‘zining bu gaplaridan ko‘ngli cho‘kib ketdi: Darhaqiqat, soat to‘qqizdan keyin nima bo‘lar ekan?! -Soat necha bo‘ldi? – deb so‘radi u navbatchidan. Javobini kutmasdan “Shiq- shiq” etkizib cho‘ntak soatini ochdi : 7. 35. Demak, salkam bir yarim soat vaqt bor. -Bizlarga achchiq qahva buyur! – General navbatchiga buyruqni bergach, “jiyan”ga yuzlandi: -Qochirganlar qayerda? Ular bilan gaplashdingizmi? -Ularni bu yerga olib kelishdi. Yuqorida. Qabulxonada, – lo‘nda-lo‘nda javob qildi “jiyan”. Ular birgalashib liftga mindilar. General liftning harakatidan falsafa izladi. Inson hayotining obrazi-bu, deb o‘yladi. Chiqadi-tushadi. Ba‘zan to‘lib chiqadi, bo‘sh tushadi. Ba‘zan esa bo‘sh chiqib, to‘lib tushadi. Nahotki mening ham tushish soatlarim yaqinlashmoqda? Qabulxonada o‘tirganlar o‘rinlaridan turishdi. Ammo general ularga qayrilib qaramasdan ichkariga kirdi. Joyiga o‘tirarkan tugmali mikrofonni ochib “Kelayotgan raportlarni menga ham bog‘la, men ham eshitib turay!” dedi. Keyin boshqa tugmani bosib qabulxonadagi sekretarga baqirdi: -Man nima degandim? Nega kutib turishibdi? Operativ gruppalar qaytdimi? -O‘rtoq general, operativ gruppalardan hali xabar kelgani yo‘q. Bu yerda faqat bo‘lim boshliqlari kutib turishibdi, ularning ko‘pchiligi voqeadan xabardor emas… -Nega xabardor bo‘lmaydi? -Xabarlari bor, ammo rasman emas! -Hammasiga ayt, bo‘limlariga borishsin, qo‘llarida Mirtemirga oid nima bo‘lsa, to‘plashsin va raport berishga hozir holda kelishsin! Aloqa bo‘limi boshlig‘i ichkariga kirsin! Ichkariga kirgan kapitanni ostonada to‘xtatgan general: -Unga bog‘liq nechta telefonni yozayapsizlar? – deb so‘radi. -O‘n ikki kishining telefonini yozayapmiz. Yarim soat ichida qizlar rasshifrofkani tugatashadi. -Yarim soat ko‘p, o‘n besh daqiqada hozir bo‘lsin. Qarindosh urug‘lari, yaqin do‘stlarining ham telefonlarini yozib olinglar! -Ruxsatni nima qilamiz. Yo‘liga bo‘lsa ham tergovchining ruxsati kerak. -Ruxsatni onangdan olasan! Hammayoq yonib turgan bir paytda senga ruxsat beradigan eshak kutib turibdimi?! Bu davlat xavfsizligi masalasi! Bor, bajar! Kapitan orqasi bilan eshikdan chiqar ekan, general yo‘qotgan narsasini topgandek, yengil tortdi. Darhol telefon dastagini olib viloyat xavfsizlik boshqarmasiga sim qoqdi. -Ukaxon, men Uyg‘un To‘xtayevich bo‘laman, Murtazo Rahmatovichga xabar bersangiz, kecha qamoqqa olingan davlat ahamiyatiga molik jinoyatchi qochgan, ortida katta kuchlar borga o‘xshaydi, – dedi. -Murtazo Rahmatovich xonalarida o‘tiribdilar, istasangiz bog‘lashim mumkin. -Albatta, albatta, darhol bog‘lang! General masalani Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘iga anglatmoqchi edi, ammo u xabardor ekan. “Bularning har narsadan xabari bor. Yer ostida ilon qimirlasa ham bular xabardor” deb o‘yladi general. MXX boshlig‘ining gapirish ohangidan “Siz qochirdingiz” dashnomini sezgandek orani yumshatmoqchi bo‘lib “Bu yerda Bahodirjon bilan birgamiz. Masalani hurmatli Prezidentimizga yetkazish haqida o‘ylayapmiz”, – dedi. -Men sizning hisobotingizdan o‘rgandim, – Bahodirjon ismini eshitgach MXX viloyat boshlig‘i yumshagandek bo‘ldi. – Keyin Po‘lat Majidovichni xabardor ettim. Butun kuchlarimizni safarbar qildik, har holda birgalikda ishlasak natija chiqadi. Shtabni sizning idorangizda tuzaylik. Yarim soatdan keyin Po‘lat Majidovich ham o‘sha yerga keladilar, men ham boraman, – dedi. General telefon dastagini qo‘yarkan, suvga botirib olingan mushukdek shumshayib qoldi. -Qarang-a, Bahodirjon, bular allaqachon shtab ham tuzishibdi, hozir bu yerga kelishadi, – dedi. Bahodir ko‘rsatgich barmog‘i bilan shiftni ko‘rsatib, bir aylana chizgan bo‘ldi-da “Sizning xonangizdagi gaplar yoziladi” degan ishoratni berdi. General bunga javoban bosh siltab “To‘g‘ri” degandek “uh” tortib qo‘ydi. Shu payt qora telefon jiringladi. General “lip” etib o‘rnidan turdi. Telefon dastasini qulog‘iga yaqin keltirarkan “Assalomu alaykum” dedi. Telefonning naryog‘ida Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov gapirayotgandi: -Sizga hech qachon biror ishni ishonish mumkin emas! Islom aka bu masalani viloyatda hal qilamiz, ovozasi chiqmaydi, deganlarida ko‘nglimdan siz haqingizdagi fikrlar o‘tib, qarshi chiqmoqchi edim. Baribir sizni yana bir sinab ko‘raylik, dedim. Mana endi sahar chog‘i zahar ichirdingiz! Men hisobotni qanday qilib u kishiga ko‘rsataman? Voqeani qanday qilib izohlayman?! Bunday ishlab, non topib yeguncha, ochdan o‘lganimiz yaxshi emasmi?! Xullas, poytaxtda qurib qo‘ygan koshonalaringiz, to‘plagan boyliklaringiz, unvonlaru mukofotlaringizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz uni bir soat ichida topasiz! Osmonda bo‘lsa oyog‘idan, yerda bo‘lsa qulog‘idan tortib bo‘lsa ham topasiz! Bir soat ichida yo uni topganingiz haqida raport berasiz yoki arizangizni topshirasiz! General biror so‘z aytishga ham ulgurmadi. Vazirning kinoya aralash aytilgan gaplarini hazm qilib ulgurmasdan navbatchining ovozi eshitildi: “O‘rtoq general, viloyat hokimi Po‘lat Majidovich va MXX boshlig‘i Murtazo Rahmatovich keldilar!” General otasi quvalaganda qochgan bolakaydek yugurgancha xonadan chiqib ketdi. Matlubov esa og‘ir karvon oqsoqollar kabi o‘z yoshiga yarashmagan bir holda kresloga yastangancha qahvasini ichib o‘tirardi. TA V A K K A L [ 1 8 ] Mirtemir Qorasuv arig‘i uymalab, chuqur qilgan jarlikdan qo‘shninikiga tomon yurarkan, yuqoridagi teppalikda uch kishining turganini payqadi. Sahar chog‘i bo‘lishiga qaramay ular uyqudan to‘ygan odamlardek bamaylixotir suhbatlashib turardilar. Mirtemir oldinga yurishini ham, orqaga qaytishini ham bilmay qoldi. Yana bir qadam qo‘ysa, oyoq sasidan ular sezib qoladigandek tuyuldi. Amma nega shu paytgacha ko‘rishmadi? Yo bular ham Lutfillo bilan Rustamning odamlarimi? Bu jumboqni yechishning birdan bir yo‘li yo oldinga yoki orqaga yurish edi. Bir joyda to‘xtagan bilan jumboq hal bo‘lmasdi. Mirtemir hech narsani ko‘rmagandek oldinga yurib ketdi. Yuqoridagilar ham hech narsani ko‘rmagandek gaplashib turishardi. Mirtemir ko‘shninikiga o‘tgach, orqaga qaradi. Turganlardan biri Mirtemirning hovlisini ko‘rsatib bir nimalar dedi. Ular yugurib ketdilar. Mirtemir ular oyoq tovushlarini eshitmay qolishganining sababini birdan angladi. Chunki qo‘llarida ovoz uzatgichlar bo‘lib, ulardan shovqun-suron orasida allaqanday tovushlar eshitilayotgandi. Hatto Mirtemir qo‘shnining hovli etagidagi pataxib ketgan, sariq chechaklar o‘rab olgan gullarning orasidan o‘tib uyga kirgunga qadar ham ovoz uzatgichning sasini eshitib turdi. Bunday paytlarda odamning aqli ko‘r, fikri soqov bo‘ladi, deb o‘yladi u. Qo‘shnisi Sasha esa unga xayol surish uchun vaqt bermadi. Darhol uni “Jiguli”ning bagajnigiga “joyladi”-da, darvozani ochib mashinani tashqariga olib chiqdi. Darvoza ochiq qoldi. Sasha tashqarida to‘xtab ham turmasdan orqa yo‘ldan mashinani yeldirib ketdi. Kichkinagina kulbaga qamalib qolgan kishidek kulcha bo‘lib yotib olgan Mirtemir shu daqiqada faqat yo‘lni o‘ylayotgandi. Ha, chap tomondagi teppalikdan o‘tdik, tennis kortining orqasidagi yo‘lakchadan borayapmiz, hozir pastga tushamiz, keyin chapga, hovuzning yonidan o‘tib, stadion oldidagi yo‘lga chiqamiz. Katta yo‘lga chiqqandan keyin mashina to‘xtadi. Sasha mashinadan tushib qayergadir borib keldi. Yo‘lning davomini Mirtemir taxmin qila olmadi. Chunki mashina juda tez borardi. Bir necha Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling