Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Download 2.58 Mb.
bet11/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Mustabid davrida ta’lim

Mustaqillik O’zbekiston ta’limi

1. Ta’limning o’ta mafkuralashganligi
2. Maktabgacha ta’limning aniq dasturlashmaganligi.
3. Hunar o’rganish imkoniyatlarining kamligi.
4. Ta’lim oluvchilarning bilim darajasi emas asosan hukumron mafkuraga sodiqligiga qarab baholanishi

1. Ta’limning mafkuradan holiligi
2. Maktabgacha ta’lim muassalari qonuniylashtirlgan, aniq maqsad va ta’limning navbatdagi bosqichi bilan bog’liqligi.
3. Aholining kasb-hunar ta’limi olish uchun uch yillik o’rta maxsus ta’lim tizimining tashkil etilganligi.
4.



1-ILOVA
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim taraqqiyoti.
Reja.

  1. O’zbekiston hududida ta’lim tizimining paydo bo’lish va rivojlanish tarixi.

  2. O’zbekistonning sobiq ittifoq davridagi ta’lim tizimi.

  3. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimida amalga oshirilgan tub islohatlar.


Tayanch so’z va iboralar: Tarbiya, ta’lim, maktabxona, daloilxona, qorixona, madrasa, rus-tuzem maktabi, maorif, ta’lim to’g’risidagi qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, kollej, akademik litsey, bakalavr, magstratura.

Insoniyat paydo bo‘libdi ki, o‘rganish va izlanish bilan mashg‘ul, kishilikning keksa avlodi o‘zidan so‘ng qoladigan avlodga o‘zining kuzatishlari va izlanishlari orqali o‘zlashtirgan bilimini o‘rgatib keladi. Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan to hozirgi kungacha ta’lim berishning turli usul va vositalari amalda qo‘llanilgan. O‘zbek xalqining ham ta’lim tizimi turli davrlarda turlicha daraja va sifatda bo‘lgan. Islom dini kirib kelguncha bo‘lgan davrda zardushtiylik, otashparastlik, buddaviylik g‘oyalari asosida xalq ma’rifatli bo‘lishgan.


Islom dini Markaziy Osiyoga kirib kelgach, bilim olishning islomga xos turi keng tarqaldi. Masjidlarning vujudga kelishi bilan ularning qoshida tashkil etilgan maktabxonalarda bolalarga bilim va savod o‘rgatila boshlangan. Movarounnahr hududida maktabxona, daloilxona, qorixona, madrasa hujralarida asosan yakka tartibda ta’lim olish orqali ta’lim tizimi shakllanib borgan. Dastlabki paytda bu ta’lim dargohlarida aniq dars rejasi, dasturi bo‘lmagan va ularning har biri o‘z usuli va dars olib boruvchi muallim-ustozning ma’lumot darajasi, bilim doirasi asosida faoliyat yuritgan.
Maktabxona boshlang‘ich ta’lim makabi bo‘lib, unga kirish uchun ma’lum yosh belgilanmagan. Ota – ona o‘z farzandini oilaviy sharoitidan kelib chiqib topshirgan va bola dastlabki ta’limni arab alifbosini o‘zlashtirish va Quronni o‘qish va yodlashdan boshlagan. O‘qish, odatda, yil bo‘yi davom etgan, haftaning juma kuni dam olish kuni hisoblangan, mashg‘ulotlar asosan butun kun davomida olib borilgan. Ta’til mudarris ixtiyori bilan mahalliy sharoitlarni, ota – onaning ijtimoiy holati inobatga olib, o‘quvchiga berilgan.
Daloilxonaga savodi chiqqan bolalar qabul qilingan. Unda dastlab bolalar Qur’onning ayrim suralari va oyatlarini, so‘ngra asosiy kitob – “Daloil ul-hayrat” yodlangan.
Qorixonada Qur’onni tilovat qilish o‘rgatilgan. Ularga maktabxonani tugatgan 10 yoshdan katta o‘g‘il bolalar qabul qilingan. Qorixonada bolalar 3 - 4 yil o‘qitilgan.
Madrasalar – Oliy o‘quv yurtlari hisoblanilgan. Turkistonda dastlabki madrasalar X – asrda paydo bo‘lgan. Ularda 3 bosqichda ta’lim olib borilgan. Boshlang‘ich (adno), o‘rta (avsat), oliy (a’lo) bosqichlarda ta’lim amalga oshirilgan. Ularda din arboblari – ilohiyotshunoslar va shariyat musulmon diniy huquqi bilimdonlari tayyorlangan. Madrasada o‘qish 10 yildan 28 yilgacha davom etgan. Islom dini kirib kelgan dastlabki asrlarda (IX – XII) Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fan sohasida yetakchilik qilishdi. Bu zamindan Ibn Sino, Beruniy, Farg‘oniy, Farobiy, Motrudiy, Imom al Buxoriy, Termiziy, Samarqandiy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi ko‘plab son-sanoqsiz turli fan sohalari yetakchilari chiqishgan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida xalqimizning ta’lim usuli yangilanib borayotgan dunyoga to‘g‘ri kelmay qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri islom dini Turkiston o‘lkasi ma’naviy hayotida ustunligi edi. Madaniyat, maorif, san’at, huquq, falsafa, adabiyot barcha barchasi islom dini bilan belgilangan edi. Islom Turkiston xalq ommasining mafkurasi edi.
O‘zbek xonliklarining o‘zaro urush-talashi ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tiborni susaytirdi. Ta’lim tizimi ilk o‘rta asrlarda qanday bo‘lsa shundayligucha hatto u davrdagidan orqada qolib ketgan edi. Abu Abdulla Rudakiy:
Ezgulik birla tinchlikka talpindi dono,
Urush – talashdan nodon hech topmadi ma’no.
d eb mana shunday ta’limga e’tiborsiz davrlarga nisbat berib yozgan bo‘lsa ajab emas. Turkiston chor Rossiyasi istibdodiga o‘tgach yangi usul maktablari paydo bo‘ldi. 1886 – yildan boshlab Turkistonda asosiy fanlari rus tili, arifmetika va geografiya bo‘lgan “Rus-tuzem maktablari” deb nomlangan maktablar vujudga kela boshladi. 1906 – yilda, ya’ni Turkiston general-gubernatorligi tuzilgandan qirq yil keyin bunday maktablar soni 82 ta bo‘lib, ularda jami 3 ming o‘quvchi ta’lim olar edi. Bu davrga kelib Turkistonda jadidlarning yangicha usuldagi maktablari faoliyat boshlagan edi. Rus-tuzem maktablari Turkiston general-gubernatorligi hududida faqat Farg‘ona, Toshkent va Samarqandda faoliyat ko‘rsatardi. Jadid maktablari esa faqat Turkistonda emas, Xiva, Buxoroda ham ochildi. Jadid maktablari ko‘plab madaniyat va san’at arboblarini yetishtirgan. Ular orasida Hamza Hakimzoda Niyoziy, (1889-1929) shoir G‘ofur G‘ulom (1903-1966), shoir Otaqo‘zi Uyg‘un (1905-1990), Yozuvchi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905-1968) va boshqalar bor. Jadidlarning ma’rifatparvarlik harakatida Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvar Qori yetakchi rol o‘ynashgan. Munavvar Qori jadid maktablari dasturi qamralgan uchta darslik yozgan: “Adibi avval” (Birinchi muallim, 1901), “Adibi soniy” (Ikkinchi muallim, 1903) va “Faniy darslar” (Fanlardan darslar, 1902). Jadid maktablari chor Rossiyasi tomonidan tazyiqqa uchradi. 1911 – yil mustamlakachi ma’murlar 50 ta yangi usul maktablarini yopib qo‘yishdi, qolganlarida esa rus tili majburiy fan tariqasida o‘qitilishi joriy qilindi. 1913 – yil Buxoro amiri amirlik hududidagi hamma yangi usul maktablarini yopib tashladi. Yangi maktablar ochishga ruxsat berilmay qo‘ydi.
Hokimiyat tepasiga sovetlar kelgach, ular ham o‘z g‘oyalariga mos keladigan va xizmat qiladigan maktablar tashkil etdi. 1918 – yil Turkiston sovet hukumatining cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘risidagi dekreti chiqdi. Unga ko‘ra, o‘lkadagi mavjud xususiy, eski diniy maktablar faoliyati taqiqlanmagan bo‘lsada, biroq yangi sovet maktablarini tashkil qilishga e’tibor berildi. Maktab ikki pog‘onaga bo‘lindi: 1 - pog‘ona bilim yurtlari dastlabki uch sinfni o‘z ichiga olardi va 2 - pog‘ona yana 4 sinfdan iborat edi. O‘rta maktab ham mavjud bo‘lib, keyingi uch sinfni o‘z ichiga olar edi. Biroq bunday maktablar juda oz edi. Ko‘proq 1 - pog‘ona maktablari eng ko‘p tashkil etilgan edi. Sovet hukumati mahalliy avom xalq ishonchini qozonish, eng avvalo, kambag‘allar, farzandlarini o‘qitish, ularni savodli, bilimli qilish uchun o‘zining dasturiy maqsadiga javob beradigan sovetcha ta’limni rivojlantirishga asosiy e’tibor berdi. 20 – yillarda O‘zbekiston hayotida muhim o‘rin olgan birinchi va ikkinchi bosqich maktablari shunday ta’lim berishga mo‘ljallangan bilim dargohlari edi. 1920 – yil 17 – sentabrda Turkston ASSR hukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi. 1920 – yil sentabrda Toshkentda Turkiston Davlat universiteti tashkil etildi. Keyinchalik O‘rta Osiyo universiteti maqomini olgan bu oliygoh o‘lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o‘chog‘i bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida ham ta’lim tizimi, ilm - fan to‘xtab qolgani yo‘q. 1943 – yil 4-noyabrda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib olim T. N. Qori Niyoziy saylandi. 1959 – yil O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tamonidan qabul qilindi. 10 yillik o‘rta maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi.
O‘rta umumiyta’lim maktablari 1970 – yilda ishlab chiqilgan nizomga muvofiq mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda alohida boshlang‘ich (1 – 3 sinflar), 8 yillik (1 – 8 sinflar) va o‘rta maktablarga (1 – 10 sinflar) maktablarga aylantirildi. Ishlab chiqarish ta’lim berish maqsadida maktablararo ishlab chiqarish o‘quv kombinatlari qurildi. Shahar va tumanlarda kasb–hunar bilim yurtlari tashkil etildi. Ko‘pchilik maktablarda yoshlarni o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin maktabda olib qolish, ularga ta’lim tarbiya berish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim asosan hukumron mafkura manfaatlariga xizmat qilar edi.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling