Bo‘ylama to‘lqinlar – muhitning zarrachalari to‘lqin tarqalish yo‘nalishi bo‘ylab tebranadi. Bo‘ylama to‘lqinlarning tarqalishi elastik muhitning siqilish va cho‘zilish deformatsiyalariga bog‘liq va barcha muhitlarda: suyuqlik, qattiq jism va gazlarda sodir bo‘ladi;
Ko‘ndalang to‘lqinlar – muhit zarrachalari to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar yo‘nalishda tebranadilar. Ko‘ndalang to‘lqinning tarqalishi siljish deformatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi va u faqat qattiq jismlarda kuzatiladi
To’lqinlarning xususiy parametrlari: davri ,chastotasi, tezligi, to’lqin uzunligi, tsiklik chastotasi.
Bo‘ylama to‘lqinlarning tarqalish tezligi
Vb = dan iborat. Bu erda E – Yung moduli; ρ – elastik muhitning zichligi.
Ko‘ndalang to‘lqinning tarqalish tezligi
Vk = dan iborat. Bu erda G – siljish moduli. Yung moduli siljish modulidan katta bo‘lgani uchun ( E > G ) , bo‘ylama to‘lqin tezligi ko‘ndalang to‘lqin tezligidan kattadir: Vb > Vk .
To‘lqin uzunligi deb to‘lqin frontining T bir davrga teng vaqtda ko‘chgan masofasiga aytiladi.
To’lqindagi zarrachalarning tebranish tenglamasi. Yassi va sferik to’lqin tenglamasi.
To‘lqindagi x=0 tekislikda yotgan barcha nuqtalar garmonik qonun bo‘yicha tebranadilar.
х tekislikda yotgan barcha nuqtalar quyidagi qonun bo‘yicha tebranadilar.
Tebranishning to'xtash vaqti.
Yassi to‘lqin tenglamasi. Umumiy holda muhitdagi o‘qning musbat yo‘nalishi bo‘ylab tarqalayotgan, energiyani yutmaydigan yassi to‘lqinning tenglamasi quyidagichadir:
Yassi to’lqin fazasi
k to‘lqin sonini inobatga olgandagi yassi chopar to‘lqinning tenglamasi ..
Eksponensial ko‘rinishdagi yassi to‘lqinning tenglamasi …
to‘lqin soni .. Sferik to‘lqinning tenglamasi:
Sferik to‘lqin tebranish amplitudasi yassi to‘lqin amplitudasidan farqli, masofa oshishi bilan quyidagi qonun bo’yicha kamayib boradi . 1/r r – to‘lqin markazidan muhitdagi kuzatilayotgan nuqtagacha bo‘lgan masofa.
To‘lqinning fazali tezligi: Sinusoidal to‘lqinlarning tarqalish tezligi fazaviy tezlik deb ataladi. U fazaning belgilangan qiymatiga mos keladigan to‘lqin sirtlarining ko‘chish tezligini bildiradi va muhitning mexanik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. …
To‘lqin tezligi to‘lqin fazasining tarqalish tezligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |