Tebranma jarayonlar to’g’risida tushuncha, erkin va majburiy tebranishlar
Difraksion panjara va uning tenglamasi. Nyuton xalqalari
Download 0.72 Mb.
|
2-sem ON fizika savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interferensiya va interferensiya usullarining qo’llanilishi.
Difraksion panjara va uning tenglamasi. Nyuton xalqalari.
Yorug‘likning to‘siqlarni aylanib o‘tish hodisasi yorug‘likning difraksiyasi deb ataladi. Optikada bu hodisa yorug‘likni geometrik soya sohalariga kirishini bildiradi. Cheksiz uzun teshikdagi Fraungofer difraksiyasi. Frenel sohalari soni juft bo‘lganda Difraksiya minimumini kuzatilishi sharti Frenel sohalari soni toq bo‘lganda Difraksiya maksimumini kuzatish sharti Difraksiya natijasida ekranda olinadigan jadalliklar taqsimoti dikraksiyaviy spektr deb ataladi. Tirqish oq nur bilan yoritilganda markaziy maksimum oq yo‘l ko‘rinishda kuzatiladi. Yondoshgan maksimumlar rangbarang bo‘lib, difraksiya manzarasi markazida binafsha rangida bo‘ladi. Nyuton xalqalari. Aks etgan yorug‘likdagi yo‘lning optic farqi: Yorug‘ xalqalar radiuslari: Qorong‘i xalqalar radiuslari: Interferensiya manzarasini o‘tadigan nurlarda ham kuzatish mumkin, ammo o‘tadigan nurlarda interferensiya maksimumlari aks etgan nurlar interferensiyasi minimumlari bilan mos tushadi. Interferensiya va interferensiya usullarining qo’llanilishi. Ikkita kogerent yorug‘lik to‘lqinlari biri-birining ustiga tushganda yorug‘lik oqimining fazoviy qayta taqsimlanishi – yorug‘lik to‘lqinining interferensiyasi kuzatilib, ayrim nuqtalarda to‘lqin jadalligining maksimumi, boshqa nuqtalarda minimumi kuzatiladi. manba’dan chiqqan monoxromatik yorug‘lik to‘lqin S tor tirqishli 1 ekranga tushadi va undan o‘tib S1 vа S2 tirqishli 2 ekranga o‘tadi. Bu ikki tirqish kogerent to‘lqinlar manbai hisoblanadi. S1 vа S2 tirqishdan chiqqan kogerent to‘lqinlar E ekranda bir-birini ustiga tushib shu sohada interferensiya manzarasini hosil qiladi. Interferensiya maksimumini kuzatish sharti: yo‘lning optik farqi vakuumdagi to‘lqin uzunligining butun sonlariga teng bo‘lsa (yarim to‘lqinning juft sonlari) U holda fazalar farqi Interferensiya minimumini kuzatish sharti: yo‘lning optik farqi vakuumdagi to‘lqin uzunligining toq sonlariga teng bo‘lsa (yarim to‘lqinning juft sonlariga) M nuqtada qo‘zg’atiladigan tebranishlar qarama- qarshi fazalarda bo‘ladi. Fazalar farqi Interferensiya tasmalari kengligi deb ataladigan ikkita qo‘shni maksimumlar (minimumlar) orasidagi masofa Ishlash prinsipi yorug‘likning interferensiyasi hodisasiga asoslangan o‘lchash qurilmalari interferometrlar deb ataladi. Interferensiya hodisasini qo‘llanilishi. Astronomiyada: Yulduzlar diametrlari va holatlarini aniqlash. Fizikada: Nurlanishni tadqiqot qilish asboblari sifatida; Texnikada qo‘llaniladigan chiziqli o‘lchovlarni taqqoslashda; Optik va mexanik detallarning o‘lchamlarini nazorat qilishda; (akustik va radio) to‘lqinlarning tarqalish tezligini o‘lchashda; Sirtlardan aks etayotgan nurlarni kuchaytirish yoki pasaytirishda; Ikkita to‘lqin manbalari orasidagi masofani o‘lchashda; Yorug’lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya. Buger qonuni. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling