Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti
Umumlashgan matematik induksiya metodi
Download 389.69 Kb.
|
bmi sh.i
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.3-misol
Umumlashgan matematik induksiya metodi.
Induktiv mulohazalar yordamida bayon etilgan A (n) tasdiq, ko’pincha, barcha natural sonlar uchun o’rinli bo’lmasdan, biror p(p > 1) natural sondan boshlab o’rinli bo’lishi mumkin. Bu holda ham matematik induksiya metodi qo’llanaveradi, lekin I punkt biroz o’zgaradi, ya’ni A(n) tasdiq barcha n(n p>1) natural sonlarda o’rinli ekanini ko’rsatish uchun: I. n = p da A (n) mulohazaning rostligi tekshiriladi. II. n = k(k p) da A(k) rost bo’lsin deb faraz qilib, A(k+1) ning rostligi ya’ni A(k) A(k+1) munosabat isbotlanadi. Shundan so’ng, A(n) mulohaza ixtiyoriy natural n(n p) son uchun rost degan xulosa qilinadi. 1.1.3-misol. Ixtiyoriy n 3 natural son uchun 2 n> 2n+1 (1) tengsizlik o’rinli bo’lishini isbotlang. Isbot. I. A(1), A(2) lar o’rinli emasligi (1) dan ko’rinib turibdi. n=3 bo’lsin, u holda 23>2.2+1, ya’ni A(3) o’rinli. II. n=k (k 3) da 2k >2k+1 (2) o’rinli bo’lsin, ya’ni A(k) bajarilsin. n=k+1 da 2k+1 >2(k+1)+1 (3) tengsizlik bajarilishini, ya’ni A(k) A(k+1) munosabatni isbotlaymiz. Shu maqsadda (2) ning ikkala tomonini 2 ga ko’paytiramiz va (3)ni hosil qilamiz: 2k .2>(2k+1).2>2.(k+1)+1. Demak, A(k) A(k+1), bundan esa (1) A(n) tasdiqning istalgan n(n 3) natural son uchun to’g’riligi kelib chiqadi. Ba’zi masalalarni hal etishda II punktning isboti A(n) tasdiqning faqat n=k uchun emas, balki n=k-1 da ham o’rinli bo’lishiga asoslanadi. Bu holda matematik induksiya metodikining I punkti n ning ketma-ket ikkita qiymati uchun tekshirilishi kerak bo’ladi. Ayrim misollarni yechishda esa isbotning II punkti talab qilinayotgan mulohazaning n dan kichik bo’lgan barcha natural k sonlar uchun to’g’ri bo’lishiga asoslanadi. 1.1.4-misol. Agar V0=2,V1=3 va har qanday k natural uchun Vk+1=3Vk-2Vk-1 (4) munosabat o’rinli bo’lsa, Vn=2n+1 (5) ekanini isbotlang. Isbot. (5) ni A(n) deb belgilaylik. I. A(0) va A(1) shartga asosan o’rinli. II. Faraz qilaylik A(k-1), A(k)lar o’rinli bo’lsin, ya’ni Vk-1=2k-1+1,Vk+2k+1 tengliklar bajarilsin. {A(k-1), A(k)} A(k+1) bo’lishini isbotlaymiz. Buning uchun (4) formulada A(k-1) va A(k) larni e’tiborga olamiz, u holda Vk+1=3.(2k+1)-2.(2k-1+1)=2k+1+1. Oxirgi munosabat A(k+1) tasdiqdan iborat. Demak, A(n) tasdiq istalgan n natural son uchun o’rinli. Matematik induksiya prinspining yuqorida bayon etilgan barcha hollarida mulohazalar n dan n+1 ga olib boriladi. Bu hollar to’g’ri induksiya deyiladi. Ba’zi masalalarni hal etishda faqat to’g’ri induksiyani qo’llash orqali maqsadga to’la erishib bo’lmaydi. Bunday hollarda teskari induksiya deb ataluvchi n dan n-1 ga mulohaza yuritish orqali tegishli masalani mufassal hal etish mumkin bo’ladi. Download 389.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling