ilgari suradilar, hodisalar o ‘rtasidagi rang-barang aloqalarni qayd qiladilar,
bahslashadilar, boshqalaming fikriga tanqidiy munosabat bildiradilar. Bu
jarayonda o ‘qituvchining talabalarga yordam berish darajasi, ulam ing
mashg‘ulotlarga tayyoigarlik ko‘rish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ijodiy suhbatga tayyorlashda o ‘qituvchining unga o ‘ta m a'suliyat bilan
yondoshishi talab qilinadi. 0 ‘qituvchi bunday suhbatga oldindan jiddiy
tayyorgarlik ko‘rishi lozim: awaldan shunday savollar o ‘ylab topishi kerakki,
ular talabaning u yoki bu hodisaning mohiyatini o ‘ylashga majbur etsin
hamdasuhbat yo‘nalishi vagipotezaning ehtim ol ko‘rilgan variantlari va
uning yechilish yo‘llarini bashorat qila olsin. 0 ‘qituvchi talabalaming umuman
muammoni yechish uchun yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rib kelmasligini
ham ko‘zda tutishi va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirib boruvchi
qo‘shimcha savollami tayyorlab qo‘yishi lozim . Bunday savollar orqali
talabalar ijodiy hal qilishi shart bo‘lgan vazifalarni qismlarga ajratish ham
zarur bo‘ladi, ya’ni muammo kichik muammolaiga bo‘linadi va muammoli
vazifa yechiladi. 0 ‘qituvchi bunday vaziyatda vazminligini saqlashi, talabalaiga
tezroq yordam berish, kamchiligini tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga
tanbeh berishga shoshilmasligi, balki qo‘shimcha savollar bilan o ‘zlarining
xatosini anglashga va to‘g‘ri qaror qabul qilishga erishishi maqsadga muvofiqdir.
Ijodiy suhbat davom ida kamroq tayyorgarlik ko‘rgan, jon li fikr
olishuvlarda, shuningdek, indamaslikni xush ko‘radigan talabalarga alohida
axamiyat berish lozim . Bunday talabalaming hulqlarini ko‘zda tutgan holda
ulardan ham «sado chiqishi»ga erishish maqsadida ular uchun ham awaldan
savollar tayyorlab qo‘yish m a'qul bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |