Til – muloqot vositasi nutqiy mavzuning maqsadi


Morfemika. Soʻzlarni namunadagidek tahlil qiling. Berilgan soʻzlarning barchasi ushbu


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana25.02.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1227835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Til - muloqot vositasi OʻK

Morfemika.
Soʻzlarni namunadagidek tahlil qiling. Berilgan soʻzlarning barchasi ushbu 
qoidaga mos keladimi? Oʻzingiz ham namunadagi kabi soʻzlardan topib, 
yozing. 
 
Ushbu topshiriq soʻzning tarkibini aniqlashga qaratilgan. Oʻquvchilarga 
namunada berilgan soʻz doskada tahlil qilib koʻrsatib, asos va qoʻshimchalar 
haqidagi lingvistik bilimlar mustahkamlab olinadi. Soʻngra oʻquvchilarga berilgan 
soʻzlarni asos va qoʻshimchalarga ajratib yozishlari kerakligi aytiladi. Bunda soʻz 
asosi muayyan maʼnoni ifodalaydigan tushunchadan iborat boʻlishi kerakligi, agar 
bunday tushuncha ifodalamasa asos va qoʻshimchaga ajratilmasligini tushunishiga 
eʼtibor qaratiladi. 
Leksikologiya. Sintaksis.
Ushbu gaplarda ajratib koʻrsatilgan soʻz maʼnolariga mos keluvchi soʻzlarni 
daftaringizga alohida koʻchiring va ular ishtirokida gaplar tuzib yozing.
 
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning maʼnodosh soʻzlarni tushunish, uni 
maʼnosiga koʻra kontekstda qoʻllay olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. 
Oʻquvchilar berilgan gaplar tarkibidan ajratib koʻrsatilgan soʻzlarni oʻqib, 
jadvaldagi qaysi maʼnodoshi bilan almashtirish mumkinligini aniqlab yozishlari 
lozim. Bunda lugʻat foydalanishlariga ruxsat beriladi. Asosiy eʼtibor soʻz maʼnolari 
haqida tushuncha hosil qilish hamda kontekstda toʻgʻri qoʻllay olishlariga qaratiladi. 
Uyga vazifa. 
Yozma nutq. 
Ikkala matnning mazmunidan kelib chiqqan holda til haqidagi xulosalaringizni 
namunadagidek yozing. 
 


Ushbu topshiriq oʻquvchilarning oʻqiganlari asosida xulosa qilish, xulosalarni 
dalillar bilan asoslay olishga qaratilgan. Oʻquvchilar matndan olgan xulosalarini 
namunadagidek yozib kelishlari lozim. 

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling