Buning uchun avval xulosalar qanday mazmunda va shaklda yozilishi
kerakligi haqida maʼlumot berilishi maqsadga muvofiq.
3-soat
Dars jarayoni
Kirish.
“Ona tili” deganda nimani tushunasiz? Nima uchun “ona” soʻzi qoʻllangan?
Asosiy qism.
Oʻqib tushunish.
Matn: “Ona tilim”.
Muallif: Iroda Umarova.
Oʻquvchilar sheʼr matni bilan tanishganlaridan soʻng, sheʼr ifodali qilib oʻqib
berilishi lozim. Soʻngra matn ostidagi savollar bilan suhbat boshlanadi.
1. Sheʼr sizga yoqdimi, nima uchun?
Oʻquvchilarning sheʼr haqidagi umumiy fikrlari tinglanadi.
2. Ayting-chi, ikkinchi toʻrtlikda tilimiz haqida nimaga ishora bor?
Ikkinchi toʻrtlik qayta oʻqiladi, shundan soʻng oʻquvchilardan nimaga ishora
borligi haqida soʻraladi. Tilimizning tarixi bilan bogʻliq suhbat olib boriladi.
3. “Ona tilim – doʻppi kiygan Soʻz, Doim yangi yoʻlcha-atlasi” satrini izohlang.
Ushbu satrda til ijtimoiy hodisa ekanligi, u doimiy ravishda yangi soʻzlar
hisobiga boyib borishi, milliyligimizga ishora borligini tushunib aytib bera olishiga
qaratilgan qoʻshimcha savollar bilan murojaat etilishi lozim.
4. Toʻrtinchi bandda shoir nima demoqchi?
Bunda oʻquvchilar bilan tilimizning jozibasi, unda mavjud shevalar,
shevalarning oʻziga xosligi haqida qisqa suhbat olib borilishi maqsadga muvofiq.
5. Sheʼrda tire, vergul va koʻpnuqtaning nima uchun qoʻllanganini aniqlang.
Bu savol matnni lingvistik tahlil qilishga qaratilgan. Oʻquvchilar matn
tarkibida qoʻllangan tinish belgilarini aniqlab, nima uchun qoʻllanganligini sheʼr
matni asosida izohlab berishlari lozim.
Fonetika.
Berilgan soʻzlarni boʻgʻin koʻchirish qoidasiga koʻra ajratib yozing.
Bu oʻquvchilarning imloviy savodxonligini oshirishga qaratilgan topshiriq.
Bunda oʻquvchilarga boʻgʻin koʻchirishda koʻp xatolik kuzatiladigan soʻzlari
berilgan. Oʻquvchilar ushbu soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratib yozishlari lozim.
Javob: Si-ngi-gan, yeng-gan, ya-ngi, taʼm-li, ta-laf-fuz, sat-ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |