Til – muloqot vositasi nutqiy mavzuning maqsadi


 Ikkinchi matnda tilning hayotimizdagi oʻrni qanday ifodalangan?


Download 209.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana25.02.2023
Hajmi209.34 Kb.
#1227835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Til - muloqot vositasi OʻK

3. Ikkinchi matnda tilning hayotimizdagi oʻrni qanday ifodalangan? 
Ushbu savol tilning ijtimoiy ahamiyatini tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar 
matndan olgan xulosalari asosida javob berishlari lozim. Bu jarayonda oʻquvchilarni 
matn mazmuni, muallif maqsadini tushunishlariga yoʻnaltiruvchi savollar bilan 
murojaat qilish maqsadga muvofiq. Masalan, “Muallifning fikriga qoʻshilasizmi? 
Nima uchun?” kabi.
4. Ajdod va avlod oʻrtasidagi “oldi-berdi” nimalar boʻlishi mumkin? 
Mazkur savol oʻquvchining lugʻat boyligini oshirish, berilgan birlik haqida 
tushuncha hosil qilishdan iborat. Dastlab oʻquvchilar bilan “ajdod”, “avlod” 
birliklarining maʼnosi, soʻngra ular oʻrtasidagi “oldi-berdi” ning maʼnosi 
aniqlashtirib olinadi. 
Ajdod – ilgari yashab oʻtgan kishilarga nisbatan, avlod esa ushbu 
kishilarning nasli, davomchilariga nisbatan ishlatiladi. Ular oʻrtasidagi “oldi-
berdi” – bizga til, yozma nutq orqali meros qoldirilgan manbalar desak boʻladi.
5. Til salomat boʻlmasa, millat sochilib ketishi haqidagi fikrni izohlang. Muallif 
bu bilan nima demoqchi? 
Bu savol matndan muallif maqsadini aniqlashga qaratilgan. Dastlab 
oʻquvchilarning fikri tinglanadi. Soʻngra ularga tilning maʼrifiy ahamiyati, badiiy 
asarlar, tarixiy maʼlumotlar, yozma manbalar orqali misollar bilan izohlab berilishi 
maqsadga muvofiq. 


6. Til qanday qilib muhofaza qilinadi? Bu jarayonda siz ham ishtirok etishingiz 
mumkinmi? Qanday qilib? 
Oʻquvchilardan tilni qanday muhofaza qilish hamda bunga qanday qilib hissa 
qoʻshish mumkinligi soʻraladi. Bu jarayonda nimalarga eʼtibor berish kerakligi
jamiyatimizda bu borada qanday ishlar amalga oshirilayotganligi misollar bilan 
izohlab tushuntirib berilishi lozim.
7. Ikkala matn uchun qanday umumiy nom tanlar edingiz? Javobingizni 
izohlang. 

Bu savol oʻquvchilarning matn mazmunini tushunish, unga mos sarlavha 


tanlay olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu topshiriqni bajarish 
uchun oʻquvchilar matnlar oʻrtasidagi umumiylikni aniqlashlari lozim. Oʻquvchilar 
bunga qiynalsalar, oʻqituvchi yoʻnaltiruvchi savollarni berishi, turli namunalarni 
(ichidan aynan bittasi toʻgʻri keladigan) misol sifatida keltirishi mumkin.
Asosiy eʼtibor oʻquvchilardan qanday sarlavha qoʻyganliklari va nima uchun 
shunday sarlavha tanlaganliklarini matn asosida asoslab berishlariga qaratiladi. 

Download 209.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling