Morfologiya.
Sheʼr tarkibidan qoʻshma soʻzlarni aniqlang. Xuddi shunday 10 ta qoʻshma
soʻz topib, namunadagidek yozing.
Mazkur topshiriq sheʼr matnini lingvistik tahlil qilishga qaratilgan.
Oʻquvchilar matn tarkibidan qoʻshma soʻzlarni aniqlab, namunadagi singari tahlil
qilib yozishlari lozim. Dastlab oʻquvchilar qoʻshma soʻz nima ekanligi savollar
orqali mustahkamlab olinishi lozim.
Javob: asalchoy (asal+choy), bulbultalqin (bulbul+talqin), muhabbatsheva
(muhabbat+sheva).
Oʼqib tushunish. Yozma nutq.
Berilgan matnni oʻqing va mazmunini tushunganingiz asosida yozing.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning matnni oʻqib tushunish, uni qayta bayon
etish, matn mazmunini tahlil qilish bilan bogʻliq nutqiy koʻnikmalarni
mustahkamlash qaratilgan.
Oʻquvchilar oʻz soʻzlari bilan matnni qisqa shaklda yozishlari lozim. Bunda
“yaʼni, zero, ushbu maʼlumot orqali ............mazmunidagi fikr ifodalangan” singari
birliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Matn mazmunida tushunilishi qiyin boʻlgan
soʻzlar ajratib olinadi, ularga oid izohlar berib tushuntiriladi.
Muhokama.
Ushbu matnning yuqoridagi sheʼr matnidan qanday farqi bor? Javobingizni
izohlang.
Mazkur topshiriq uslublarni farqlash, ularga oid til birliklarini aniqlashga
qaratilgan. Oʻquvchilar sheʼr matn hamda yuqoridagi rasmiy uslubdagi matnni
taqqoslab, munosabat bildirishlari lozim. Bunda matnning uslubiy xususiyatlari
tahlil qilinadi, ularning oʻziga xos jihatlari, qoʻllanishi bilan bogʻliq vaziyatlar, taʼsir
doirasi tahlilga tortiladi. Turli uslubdagi matnlar oʻzaro taqqoslanadi.
Uslubiy oʻziga xoslikni yuzaga chiqarayotgan til birliklariga eʼtibor qaratilishi
hamda ulardan qanday vaziyatlarda foydalanish mumkinligi haqida suhbat olib
borilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |