Quyidagi iboralarning maʼnosini aniqlab, yozing. Dastlab oʻng ustundagi
soʻzlar ishtirokida gap tuzing, keyin ularni chap ustundagi mos iboralar bilan
almashtirib, qayta yozing. Qaysi birida taʼsirchanlik kuchli? Sinfdoshlaringiz
tuzgan gaplarga munosabat bildiring.
Ushbu topshiriq oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan.
Oʻquvchilar berilgan iboralarni maʼnosi bilan moslashtirib
yozishlari hamda ular
ishtirokida
gaplar tuzib, maʼnosini farqlab berishlari lozim.
Bu jarayonda
oʻquvchilarga lugʻatdan foydalanishlariga ruxsat beriladi. Asosiy eʼtibor
iboralarning maʼnosi haqida tushuncha hosil qilishlari hamda uni mazmuniga mos
kontekstda qoʻllay olishlariga qaratiladi.
Javob: til biriktirmoq – kelishmoq; til degan bir qarich, til bir quloch, tili uzun
– maqtanchoq; tilga tushmoq – tanilmoq; tilga kelmoq, tilga kirmoq – gapirmoq;
tiliga erk bermoq – bemalol gapirmoq; tilga olmoq – aytmoq; tilini tishlamoq –
afsuslanmoq; tili qichimoq – aytgisi kelmoq; tili bormadi – aytolmadi.
Uyga vazifa.
Uslub. Badiiy uslub. Tahlil.
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” asaridan olingan parchani
oʻqing. Ushbu matnga munosabatingizni yozma shaklda ifodalang.
Mazkur topshiriq oʻquvchilarning matnni tahlil
qilish hamda munosabat
bildira olish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilarga
berilgan
koʻrsatma tushuntirib beriladi hamda ularga ushbu koʻrsatma asosida matnni tahlil
qilib munosabat bildirishlari aytiladi.
Oʻquvchilar berilgan koʻrsatmaning har biriga alohida tayyorgarlik koʻrishi
lozim. Keyingi darsda ushbu jihatlarga alohida eʼtibor
qaratilib,
matn tahlili olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: