Tilshunoslik asoslari


Download 2.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/31
Sana05.10.2023
Hajmi2.59 Mb.
#1692790
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
Tilshunoslik asoslari (O\'lmas Sharipova, Ibrohim Yo\'ldoshev)

U shoq q a n d o q tuzga m o n a n d erur,
Va le k in b iri tuz, bin q a n d erur.
Bu misolda qo'llangan q a n d  va tu z so‘zlari aslida antoniiular 
emas, ammo birinchi misolnmg ikklnchi misrasida tuz va qand 
leksem alari muallifning leksik qo'llashi natijasida «a ch ch iq » va 
«shirin» m a’nolarini ifoda etib, kontekstual antonim iya hosil 
qilgan.
Bunday qo'llanish olm oshlarda va sanalarda ham uchraydi: 
Bir u deydi, bir bu deydi, d eg an d a u va bu olm oshlarida 
kontekstual zidlanish bor. Bu quyidagi she’riy m israda ham o ‘z 
aksini topgan:
Sichqonlarga nisbatan 
Poyloqchiman, to 'g ‘riman.
K o'rsam tekin g o ‘sht b a ’zan 
Chidolm aym an - o ‘g ‘riman.
Leksik antonimiya leksem alarning bir-biriga zid m a’no 
anglatishi asosida guruhlanishidir: o q  va qora, qaiin va yu p q a  
kabi.
Antonimiya hodisasi, asosan, bir so'z turkum i leksem alari 
doirasida yuz beradi. Sifatlar: a) hajmi belgisiga k o ‘ra: is s iq  va 
sovuq, b) yosh belgisiga ko'ra: yo sh  va qari, c) x arak ter - 
xususiyati belgisiga ko'xa; s a x iy  va xasis, botir va qo'rqoq, aqlli 
va ahm oq, d) shakl - belgisiga ko'ra; to ‘g ‘ri va egrf, e) m a ’za - 
ta ’m belgisiga ko'ra; achchiq \ a shirin kabi. Payt, holat, m iqdor 
m a’noli leksemalar doirasida ham antonimiya hodisasi keng 
tarqalgan: a) kecha va ertaga, avvalo va k e y in  (payt belgisiga 
ko'ra), b) tez va sekin, a rang va bem alol (holat belgisiga ko'ra), 
v) k o ‘p  va oz, m o ‘1 va ka m  (miqdor belgisiga k o 'ra) va 
boshqalar. Bunday leksem alarning sifat yoki ravish turkum iga 
mansubligi keyingi yillarda 
bir qadar m unozarali 
bo'lib 
qolmoqda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Otlarda: a) belgi otlarida: b o y lik v a kam bag'allik; b) qarama- 
qarshi tom on nomlarida: sh a rq  va g ‘aib; c) fasl nomlarida: yo z 
va qish, k u z  va bahor; d) sutkaning qarama-qarshi tomonlarini 
ifodalovchi nomlarida: kecb a  va kunduz, tong va shorn kabi.
Fe'llarda: a) qaram a-qarshi harakat m a’nolarini ifodalovchi 
fe’llarda: borm oq va kelm o q ; b) sifat yoki ravishdan yasalgan 
fe’llarda: ken g a ym o q va toraym oq, sekinlashm oq va tezlashm oq 
kabi.
Ba’zan fe’lning sifatdosh shakli sifat turkum idagi leksema 
bilan anatom ik m unosabatlarga kirishi mumkin: o'qigan va 
bilim siz, o'qim agan va b ilim li kabi. Antonimiya hodisasi sifat 
turkuraida keng tarqalgan, o t va fe’llarda bir oz kamroq 
uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo’lmaydi.
Enantiosemiya (yun. enantios -  qarama-qarshi -f sem a
belgi) bitta leksema m a’nosida nutqiy muhim talabga ko‘ra 
zidlanishning ifodalanishi. M asalan, o ’zbek tilidagi cbiqm oq fe’Ii 
aslida «ichkaridan tashqariga hara^atlanish»ni ifodalaydi. Shu 
bilan birga transport vositalaridan foydalanishda «tashqaridan 
ichkariga harakatlanish»ni ham anglatadi.
Tilda bir so‘zga qaram a-qarshi ma’noli bir necha so ‘z 
bo'lishi ham mumkin. M asalan, oson so'zini antonimlari qiyin, 
og'ir, mashaqqatli, m ushkul kabi so'zlardir.
Ba’zi bir so‘z birikm alarida, xususan, tarkibli termin b o ‘lib 
q o lgan 
so‘z birikm alarida 
antonimlik xususiyatini yo'qotib, 
um um an predm et nom ini bildirish mumkin. Masalan, oq - qora 
antonim , lekin oq gul deganimizda qora gulni esimizga 
keltirmaymiz; umum an, 
amaliyotda qora gul degan so'z 
birikm asi uchramaydi. Shuningdek, qora metallurgiya, qora 
ku ch birikmalari tarkibida ham
qora so'zining antonimlik 
xususiyati y o ‘qolib, bu birikm alar ma’lum sohaga doir terminga 
aylangan. Antonim so ’zlar n u tq d a predmet, hodisa va ularning 
belgilarini solishtirib ko'rishda, bir-biriga qaram a-qarshi qilib, 
k o ’rsatishda va fikrimizni, his-tuyg‘ularimizni ta ’sirli, aniq 
ravshan ifodalashga ju d a k atta yordam beradi.
Tilshunoslikda antonim larni belgilash mezonlari bo'yicha 
m unozarali qarashlar ham bor. Xususan, ayrim manbalarda opa 
va singil, aka va uka, to g ‘a va xola kabi so'zlar antonim lar deb 
baholanadi. Shu soha b o 'y ich a maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib 
b o rgan B.Isabekov esa ularni antonimlar emas, balki bir-biriga 
ju d a yaqindir deb asoslanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fe’lning bo'lishli va bo'lishsiz shakllari ayrim adabiyotlarda 
«antommlaming alohida bir tipi», deb qaraladi, biroq tilshunos 
Sh.Rahmatullayev bu fikrga qo'shilm aydi. U ningcha, «Oddiy 
inkorning o'zi ham antonim emas. Masalan, a y t va aytma, aytar 
va aytm as kabilar biri ikkinchisining inkori. Ammo ulam i o'zaro 
antonimlar deb bo'lm aydi. Asll bular ikki leksem a emas, balki 
ayni bir leksem aning ikki shakllaridir. A ntonim iya esa ikki 
leksema orasidagi m a'no munosabatdir». A ntonim iyani ayni 
shunday tushunish ayrim ilmiy m anbalarda ham bor.
Antonimiya 
mezoni 
belgilashda 
Sh.Rahmatullayev, 
N.Mamatov va 
R.Shukurovlar 
tom onidan 
tavsiya 
etilgan 
mantiqiy markaz prinsipiga tayanish yaxshi natija beradi. Bu 
prinsipga ko'ra ikkita m a’no o'rtasidagi oraliq tushuncha 
aniqlanadi va shy markazning ikki tom onidan o'rin oigan 
tushunchalar o'zaro antonim ik m unosabatlarda deb qaraladi. 
Masalan, kuz bilan bahor orasida qish bor, d em ak kuz va bahor 
leksemalari o’zaro antonim lar deb qaraladi, am m o kuz bilan qish 
antonim leksemalar emas, chunki bu ikki leksem a orasida oraliq 
tushuncha yo‘q; shuningdek, qish bilan yoz antonim lar, kecha 
bilan bugun antonimlar emas, kecha va ertaga - antonimlar
o‘tmish va hozir antonim lar emas, o'tm ish va kelajak antonimlar 
kabi. Antonimik m unosabatda bo'lgan ayrim leksem alar orasida 
mantiqiy markaz bo‘ladi-yu, ammo uni nom lovchi so'zning o ‘zi 
bo'lmaydi. Masalan, 
kulgi va yig'i leksem alari orasidagi 
mantiqiy markazni bildiruvchi maxsus so ‘z tilda yo‘q, ammo 
oraliq hodisaning o ‘zi bor: u kishining kulm asdan, yig'lam asdan 
turgan normal holatidir, dem ak, ana shu holat m antiqiy markaz 
sifatida tasaw ur qilinadi.
Leksik antonimlar muhim uslubiy vositalardir. Ular matnda 
qarama-qarshi qo'yish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu 
oraliq hodisa va holatlardagi qaram a-qarshiliklam i, ayrim obraz 
va personajlaming ichki dunyosidagi ziddiyatlam ing badiiy 
talqinini ta ’minlaydi:
Tinglar edim betinim .
Uzun tu nlar yotib jim.
Seza olardim kuchin
Ko‘pi yolg'on, k o 'p í chin,
www.ziyouz.com kutubxonasi


A n ton im lar m aqol va m atai jan rlarid a ham m uhim uslubiy 
vosita s a n a la d i - hayotiy tajriba um um lashm alam i m aqol va 
m atallar tilig a m os u slu b da t a ’sirchan ifodalash im konini 
yaratadi:
Yozgi m ehnat - qishki rohat. 
Yaxshi d o 's t - jon ozig'i, 
Yom on d o 'st - bosh qozig'i. 
D o‘s t achitib gapirar,
D ushm an - kuldlrib.
TÀBU VA EVFEMIZM
K ishilik jam iy ati taraq q iy o tin in g turli bosqichlarida, ayniqsa, 
kishilik ja m iy a tin in g ibtidoiy bosqich larid a b a ’zi bir narsalar, 
harak atlar m a n etilgan. A na sh u n d a y m an qilish hodisasi tabu 
deb 
ata lad i. 
Bu 
hodisa 
tild a
ham
uchraydi. 
Jam iy at 
tara q q iy o tin in g dastlabki b o sq ich larida kishilar o 'rtasid a jin, 
arvoh va s h u n g a o 'x sh a sh ilohiy n arsalarga ishonish ju d a kuchli 
bo 'lg an . B u n d ay x alq lar jin va arvohlarga yaqin b o 'lg an shaxs 
yoki p re d m e tn in g nom i tilg a olinm asa, ulardan saqlanish 
m um kin, d e b o 'y lash g an . Q ad im g i xalqlarda, shuningdek, hozir 
ham q a b ila b o 'lib yash ay o tg an x alqlarda qabila boshliqlari 
o 'ig a n d a n k e y in u lam in g narsalariga tegish, ularning nom ini 
tilga olish m a n etilgan. A gar u lam in g narsalariga tegilsa yoki bu 
narsalaro in g nom i tilg a olinsa, arvohlar, jinlar urib ketadi, biror 
zarar y e tk a z a d i, d e b ta s a w u r qilganlar. X uddi shuningdek, 
ayrim y irtq ic h , zah arli hayvonlarning nom larini aytish ham m an 
etilgan. G o 'y o b u n d a y hayvonlarning nom i tilga olingach zarar 
yetkazishi m u m k in emish. Tabu qoldiqlarini hozir ham uchratish 
m um kin. M asalan, m usulm on ayollari orasida erlarini o 'z ismi 
bilan ch aqirish sa, b u n d a y h olat erga nisbatan hurm atsizlik 
sanalgan.
O qib atda, 
m an
etilg an
so 'z la r 
o 'm ig a
tushunchan i 
iiodalovchi b o sh q a so 'zn i ishlatish zaruriyati tug'iladi. Ana 
shund ay m an e tilg a n so 'z la m in g ishlatilishi eviem izm deb 
ataladi. M asalan: 

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling