Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
316
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Huquq tizimini tarmoqlarga va institut- larga bo‘lish kimningdir xohishi yoki olim- lar va davlat arboblarining istagi emas. Bu jamiyatda mavjud turli-tuman ijtimoiy alo- qalar tabiatidan kelib chiquvchi obyektiv zaruriyatdir. Obyektiv huquqni nima uchun tarkibiy qismlarga bo‘lish zarur, degan savolga XX asrning boshlarida G.F. Shershenevich shunday javob bergan edi: «Nazariy jihatdan yondashganda, huquq normalarining tabiatidan kelib chiquvchi ichki farqlanish (bo‘linish) mavjud va u tegishli tasniflashni talab qiladi. Pedagogika nuqtayi nazaridan esa, ulkan va doimo kengayib boradigan huquqiy materialni qismlarga ajratmasdan o‘rganish mumkin emas. Va ni- hoyat, amaliy nuqtayi nazardan qaraganda, turli boshqaruv organlari, ayniqsa, sudlar turlicha normalar bilan ish ko‘rganda ularning muayyan taalluqliligini belgilash uchun qat’iy mezonlar zarur bo‘ladi. Ushbu sabablarning barchasi fan tomonidan huquqni tasniflashga bo‘lgan intilishni oqlaydi» 1 . O‘tgan XX asrda huquqning ommaviy huquqqa va xususiy huquqqa bo‘linishi butun dunyoda (sobiq Sovet Ittifoqidan tashqari) e’tirof etildi. Ayni vaqtda, uni tarmoqlar va institutlarga ajratish ham saqlanib qoldi. Bu tasnif mezonlari huquqiy tartibga solishning predmeti va metodidir. Huquqiy tartibga solish predmeti deganda, huquq bevosita tartibga soladigan narsa, ya’ni, ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Ijtimoiy munosa- batlar o‘z xususiyatiga ko‘ra, yuridik normalar o‘rtasida alohida aloqadorlikni vujudga keltiradi, ularni yaqinlashtiradi. Shu bois huquqiy tartibga solish pred- meti huquq normalarini ma’lum tarmoqqa ajratish, guruhlashda asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy tartibga solish predmeti tuzilmasi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: a) huquqiy tartibga solish predmeti subyektlari (individual va jamoa); b) subyektlarning xulq-atvori, xatti-harakati; d) atrof-muhit obyektlari: narsalar va hodisalar – bular yuzasidan inson- lar bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar va ma’lum manfaat yuzasidan ularga qiziqish bildiradilar; e) muayyan munosabatning paydo bo‘lishi va barham topishining bevosita sababchilari bo‘lgan ijtimoiy faktlar: hodisa va harakatlar. Demak, Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling