Toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali “Tabiiy fanlar” kafedrasi FiziKA


Download 2.12 Mb.
bet14/21
Sana01.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1737331
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
amaliyot 2 20191 SIRTQILAR UCHUN

15. Prizmaning sindirish burchagi Ө = 60°. Nurning dastlabki yo‘nalishidan eng kam og‘ish burchagi σ =30°. Prizma yasalgan shishaning sindirish ko‘rsatkichi p aniqlansin.
16. O‘tkir uchli pona shaklidagi prizmaning sindirish burchagi Ө = 2°. Agar prizma shishasining sindirish ko‘rsatkichi n=1,6 bo‘lsa, nurning prizma orqali o‘tishdagi eng kam og‘ish burchagi aniqlansin.
17. Lampochka va ekranning o‘rtasida optik kursida joylashtirilgan linza ekranda lampochkaning keskin kattalashgan tasvirini beradi. Lampochkaning ekranga ∆l=40 sm ga yaqinlashtirganlarida ekranda lampochkaning keskin kichraytirilgan tasviri paydo bo‘ldi. Agar lampochkadan ekrangacha bo‘lgan masofa l=80 sm bo‘lsa, linzaning fokus masofasi f aniqlansin.
18. Narsa va uning bosh fokus masofasi f=12 sm bo‘lgan yig‘uvchi linza hosil qiladigan hakiqiy tasviri orasidagi mumkin bo‘lgan eng kichik masofa l qanday bo‘ladi?
19. Odam fotoapparat ob’ektivining bosh optik o‘qi bo‘ylab υ= 5 m/s tezlik bilan harakatlanmokda. Undagi odam tasviri doimo yorqin bo‘lib qolishi uchun fotoapparatning xira oynasini qanday i tezlik bilan siljitish kerak? Ob’ektivning bosh fokus masofasi f=20 sm. Hisoblashlar odam fotoapparatdan a= 10 m masofada turgan hol uchun bajarilsin.
20. SHishadan optik kuchi F=5 dptr bo‘lgan yassi qavariq linza tayyorlash talab qilinadi. Linzaning qavarik sirtining egrilik radiusi R aniqlansin.
21. Ikki yoqlama qavariq linza sirtlarining egrilik radiuslari bir xil. Linza sirtlarining egrilik radiusi R ning qanday qiymatida uning bosh fokus masofasi f=20 sm bo‘ladi?
22. Linza sirtlarining egrilik radiuslarining nisbati k=2. Qavariq sirtining egrilik radiusi R ning qanday qiymatida linzaning optik kuchi F=10 dptr bo‘ladi?
23. Agar linza sirtlarining egrilik radiuslarining nisbati K = 3, uning optik kuchi F=-8 dptr bo‘lsa, linza qavariq sirtining egrilik radiusi R aniqlansin.
24. Linza sindirish ko‘rsatkichi qizil nur uchun nK==1,50, binafsha nuruchun n0=1,52 bo‘lgan shishadan tayyorlangan. Linzaning har ikkala sirtining ham egrilik radiuslari bir xil va R = 1 m. Linzaning qizil va binafsha nurlar uchun fokuslari orasidagi ∆f masofa aniqlansin.
25. Diametri d=10 sm bo‘lgan yassi kavariq linzaning bosh fokus masofasi f aniqlansin. Linzaning markazidagi qalinligi p= 1 sm, chekkalaridagi qalinligini nolga teng deb qabul qilish mumkin.
26. Agar meniskning qavariq va botik sirtlarining egrilik radiuslari mos ravishda R1 = 1 m va R2=40 sm bo‘lsa, uning optik kuchi F aniqlansin.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling