Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi
Download 284.92 Kb.
|
XUJAQULOV SARDORJON (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
Mavzuning dolzarbligi: Xodimlar sonini qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning dolzarbligi shundan iboratki, mehnat shartnomasini bekor qilish qiyin va murakkab jarayondir. Bu ishidan ajralgan xodimlar ruhiy holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, ish beruvchilar jarayonning adolatli tarzda hal qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishlari muhimdir. Yurtimizda yuz berayotga o‘zgarishlarni kuzatar ekanmiz ko‘p sohalarda xodimlar sonining qisqarishini kuzatishimiz mumkin. Muhtaram prezidentimiz bu yilgi murojaatnomasida shunday deganlar, “davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30-35 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarga yo‘naltiriladi.”
Bu jarayonni amalga oshirishda aynan kimlar ishdan ketishi va ko‘p tarmoqli xodimlarni qisqartirib samarali xodimlarni ish bilan ta’minlash masalasi turadi. Bu jarayonda ishidan ajraladigan xodimlar ahvoli nima bo‘ladi degan savol qo‘yiladi. Bu ish beruvchi va xodim o’rtasida yechiladigan masala hisoblanadi. Ish beruvchilar xodimni o‘z vaqtida ogohlantirishlari yoki bo‘lmasa ogohlantirish muddatini pullik kompensatsiya bilan almashtirishi mumkin. Ogohlantirish muddati mobaynida ish beruvchi xodimga yangi ish qidirishi uchun haftada bir kun ish haqi saqlangan holda bo‘sh vaqt berishi kerak. Xodimlar soni o‘zgarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdan farqli ravishda korxona tugatilayotgan bo‘lsa bu holat ish beruvchiga qonun xodimlarga yangi ishga joylashtirish choralarini ko‘rish majburiyatini yuklamaydi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Xodimlar soni qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos jihatlari masalasini har tomonlama chuqur o‘rganib chiqish, xususan mehnat shartnomasi bekor bo’lgan xodimlarni ish bilan ta’minlashning obyektiv va subyektiv omillarini, ularning nazariy va amaliy muammolarini, ularni hal qilish usullarini tahlil qilish hamda o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, tahlillar va o‘rganishlar asosida yuzaga kelgan nazariy xulosalarni va nizolarni hal qilishga doir milliy qonunchiligimizga kiritish yuzasidan takliflar berishdir. Bundan tashqari tadqiqotning maqsadi ishchilarning yangi ish bilan ta’minlash masalasini tahlil qilish va bu yuzasidan ilg‘or xorijiy davlatlarda mavjud usullarni tadqiq qilish hamda yurtimizdagi ishchilar sonini qisqartirish jarayonini o‘tkazishda yuz berayotgan kamchiliklarni o‘rganib, ushbu xato va kamchiliklar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ko‘rib chiqiladigan tadqiqot savollari: 1. ishchilar sonini qisqartirishning taktik va psixologik jihatlari nimalardan iborat? 2. ishchilar sonini qisqartirishning axloqiy va huquqiy oqibatlari qanday? Bitiruv malakaviy ishida ishchilar sonini qisqartirishning taktik, shuningdek, bunday taktikaning axloqiy va huquqiy oqibatlari to‘liq ko‘rib chiqiladi. Bitiruv malakaviy ishi ishchilar sonini qisqartirish texnikasiga oid hozirgi adabiyotlarni o‘rganib, buning taktik va psixologik jihatlarini, shuningdek, bunday taktikaning axloqiy va huquqiy oqibatlarini chuqur tahlil qiladi. Download 284.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling