Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining obyekti


Download 284.92 Kb.
bet4/22
Sana17.06.2023
Hajmi284.92 Kb.
#1538572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
XUJAQULOV SARDORJON (2)

Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Ishchilar sonini qisqartirishda kimlarning imtiyoz asosida ishda qolishi va kimlarning ishdan ketishi va ularni yangi ish bilan ta’minlash jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tadqiqotning obyekti hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Ishidan ajralgan ishchilarni yangi ish bilan ta’minlash masalasini isloh etish va demokratlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash jarayoning yangi bosqichga ko‘tarishga oid fikr va qarashlar tadqiqotning predmetini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi, turlari va uning bosqichlarini o‘rganish;

  • Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ning o‘ziga xos taktikalarini o‘rganish va qonunda nazarda tutilgan normalar asosida tahlil qilish;

  • Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish harakatida psixologiyaning o‘rni va unining o‘ziga xos jihatlari;

  • Mamlakatimizda xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlarni yangi ish bilan ta’minlash tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish va tegishli taklif va tavsiyalarni ilgari surush va boshqalar.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundaki, uning natijalari va tadqiqotda ilgari surilgan g‘oyalardan xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga oid bo‘lgan mavzudagi darslarda, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda hamda mavzuga oid maqolalar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati esa undagi nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekistonda xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkinligida namoyon bo‘ladi.

Download 284.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling