Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan uslublar


Download 284.92 Kb.
bet5/22
Sana17.06.2023
Hajmi284.92 Kb.
#1538572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
XUJAQULOV SARDORJON (2)

Bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan uslublar.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda tizimli, sotsiologik, analiz, sintez, tarixiy-huquqiy, qiyoslash, statistik, qiyosiy-huquqiy va huquqiy modellashtirish kabi metodlardan foydalanilgan. Qiyosiy-huquqiy uslub orqali xorijiy davlatlar tajribalari o‘rganib milliy qonunchiligimiz bilan solishtiriladi. Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga hos jihatlari bo‘yicha mavjud milliy va xorijiy adabiyotlar tadqiq etiladi, milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning tadqiqot ishlari o‘rganiladi. Statistik metod orqali statistik maʼlumotlar o‘rganiladi, tahlil qilinadi. Tarixiy-huquqiy uslub orqali xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning yaqin va uzoq tarixi o‘rganilib, bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar tadqiq etiladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi boyicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos jihatlari milliy va xorijiy olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan va ilmiy maqolalar chop etilgan. Bitiruv malakaviy ishini yozishda milliy huquqshunos olimlardan M.А. Usmanova, Y.Tursunov, А.А. Inayatov, B.Raximova, Hamroqulov Baxodir Mamasharifovichlarning “Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” mavzusida olib borilgan ilmiy ishlari va darsliklaridan foydalanildi. Shuningdek, xorijiy huquqshunos olimlardan Аnisimov L.N. Zakalyujnaya N.V., Gasanov M.Yu. T.E.Xanukaeva,А.А.Kurushin, А.I. Balashov, V.N.Tolkunova, R.M.Аgapatov А.А.Berejnovlarning ham xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusidagi ishlaridan foydalanildi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi “Kirish” qismi, o‘z ichiga 6 paragrafni olgan 3 bob va xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I BOB. Xodimlar soni(shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga sabab bo‘layotgan omillar


    1. Download 284.92 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling