Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi.
- 0 ‘rta zubturum - Plantago media L.
Mahsulot tayyorlash. О‘simlik bargi yil bo‘yi vig‘iladi. Yupqa
qilib yoyib, soya yerda quritiladi yoki quritmay ishlatiladi. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida aukubin (rinantin) glikozidi, achchiq, shilliq va oshlovchi moddalar, flavonoidlar (apigenin, gomoplantagenin, lyuteolin va skutellyarein glikozidlari va boshqalar), karotin hamda askorbin, limon kislotalar, faktor T va vitamin К boTadi. Ishlatilishi. Zubturum o ‘simligining dorivor preparatlari yallig‘lanishga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi vosita (barg damlamasi) sifatida, m e’da-ichak kasalliklari (surunkali gipoatsidli gastrit, normal va kam kislotalik sharoitdagi m e’da-o‘n ikki barmoq ichak yarasi)ni (plantoglyusid preparati), anatsid gastrit, surunkali va tuzalishi qiyin bo ‘lgan kolit hamda yaralarni (quritilmagan bargi va burga zubturumning quritilmagan yer ustki qismining shiralari birgalikda) davolashda qoilaniladi. Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, yangi yig‘ilgan, quritilmagan bargnmg konservatsiya qilingan shirasi, plantoglyusid preparati, barg briketi. Barg yo‘talda beriladigan choylar - yig‘malar tarkibiga kiradi. Tibbiyotda katta zubturum bilan bir qatorda o ‘rta hamda lansetsimon zubturum o ‘simliklari ham ishlatiladi. 0 ‘rta zubturum - Plantago media L. 0 ‘simligi bargining har ikki tomoni tukli va bandi kalta boTadi. Lansetsimon zubturum -Plantago lanceolata L. 0 ‘simligining bargi lansetsimon boTib, uzunligi 15 sm, eni - 2-2,5 sm. Katta zubturumni o ‘stirish texnologiyasi 0 ‘zbekiston respublikasining barcha tuproq va iqlim sharoitida katta zubturum o ‘simligini ekib o'stirish mumkin. Uning yaxshi o'sishi va rivojlanishida tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha, ariq 201 suvlari yaqin va begona o‘t!ardan tozalangan yerlar ajratilishi lozim. Katta zubturum o‘simligi ekiladigan maydonlar asosan kuzda, yer haydash oldidan gektar hisobiga 20-25 tonna go‘ng, 50 kg dan sof superfosfat o ‘g ‘iti berib, 22-25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. О‘simlik ko‘p yillik bo‘Iganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. Agar katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa, yerni ekishdan 25-30 kun oldin haydab qo‘yiladi. Begona o ‘tlar paydo bo‘lishi bilan kultivatsiya va boronalash o ‘tkaziladi. Kuzda urug‘lar startifikatsiyalanmasdan quruq holda keng qatorlab ekiladi. Bunda urug‘ qadash chuqurligi 0,5-1,5 sm dan oshmasligi kerak. Kuzda va bahorda ekiladigan urug‘laming qadash chuqurligi 0,5-1,5 sm, ekish normasi gektariga 5-6 kg va unuvchanlik darajasi 70-80% dan kam boim asligi kerak. Urug'lami sabzavot ekadigan seyalkalarda ekiladi. Ko‘chat qalinligi 1 metrda 8-10 ta tup bo‘lishi kerak. Urug‘lar erta bahorda ekiladigan bo‘lsa, ekish oldidan ulaming unib chiqish qobiliyatini tezlashtirish maqsadida (nam qumda 18- 20°S haroratda 1-2 kun saqlanadi) stratifikatsiya qilinadi, kuzda ekiladigan bo‘lsa, um g‘ stratifikatsiya qilinmaydi. 0 ‘zbekistonning iqlim sharoitida katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa kam mehnat sarflanadi, ishonchli va to‘liq ko‘chatlar hosil qilish imkoniyati tug‘iladi. Kuzda ekiladigan um g‘lar erta bahorda va bahorda ekilganlari esa, 10-12 kunda ko‘karib chiqadi. О ‘simlik ekilgan dalalardan foydalanish davomiyligi 3-4 yil. Katta zubturum о ‘ simligini parvarish qilish o ‘simlikda chinbarglar hosil bo‘lgandan keyin ularni tuproqqa qo‘shilib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan kultivatsiya qilib yer yumshatiladi. Begona o ‘tlardan tozalanadi va yagana qilinadi. Vegetatsiya davomida o‘simlikning rivojlanishini e’tiborga olib ikki marta gektar hisobiga o‘rtacha 90 kg azot, 40 kg fosfor va 40 kg kaliy o ‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi va keying! yillarda ham shonalash davrida va bargini yig'ib olingandan 202 so'ng kultivatorlar yordamida ikld marta mineral o ‘g ‘itlar bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish sug'orishdan oldin amalga oshiriladi. Mavsum davomida harorat va namgarchilikni hisobga olgan holda 10-12 marta sug‘oriladi va tuproqni yumshatish va begona o ‘tlami yo‘qotish uchun 4-5 marta kultivatsiya qilinadi. Katta zubturum ekilgan maydonlarda yuqori darajada sifatli agrotexnik tadbirlami amalga oshirilsa, gektaridan 1,5-2 tonna quruq barg yig‘ib olish mumkin. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling