Тошкент молия институти “Бизнес молияси” фани Мавзу: Бизнесда молиявий левериж “Молия” кафедраси

Download 4.22 Mb.
bet4/12
Sana06.11.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1751588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Бизнесда молиявий левереж

Ikkinchi qayiqda sotib olingani tufayli kutilgan daromad bir aksiya uchun 18 pensgacha oshadigan bo‘lsa, u holda oddiy aksiyalar narxini 1 f. st. × 18 pens / 14 pens = 1,286 f. st. gacha oshirish mumkin bo‘ladi (18 pens 1,286 f.st. ning 14% li daromadini o‘zida aks ettiradi).

Ya’ni, agar ikkinchi kemani sotib olish aksiya chiqarish yo‘li bilan moliyalashtirilgan bo‘lsa, har bir oddiy aksiyaning bahosi 1 funtga teng bo‘ladi. Biroq ikkinchi yaxtani sotib olish obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan moliyalashtirilsa, oddiy aksiyalarning narxi 1,286 funt sterlingga teng bo‘ladi.

Muxtasar qilib aytganda, aksiyadorlarning farovonligi aksiyalar chiqarish tufayli emas, balki qarz olish natijasida ortadi.

Haqiqat bo‘lishi uchun haddan tashqari yaxshi-a? Ehtimol, shundaydir, lekin bizning misolimizda mantiqsiz tuyuluvchi hech narsa yo‘q. Aksiyalar bo‘yicha kutilgan daromad obligatsiyalarga qaraganda yuqori bo‘ladi, shuning uchun 10 foizli stavka aql bovar qilmaydigandek tuyulishi shart emas. Shunga qaramay, bunday yondashuv albatta ish bermaydi. Yetarlicha ratsional dunyoda 14 foizli daromadni shunchaki 18 foizli daromadga aylantirish, bir aksiya qiymatini 1 funtdan 1,286 funtga oshirish mumkin emas.

Yoki baribir shunday bo‘lishi mumkinmi?

Ushbu jumboqni hal qilish uchun, keling, vaziyatni kreditorlar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqaylik. Agar yaxta ijarasiga investitsiya qilishdan 14 foiz daromadlilik olinishi kerak bo‘lsa, unda nima uchun ular faqat 10% daromad olish uchun sarmoya kiritishmoqchi? Buning o‘rniga La Mer kompaniyasining oddiy aksiyalarini xarid qilish afzal emasmi? Yoki ular 14% daromad olish imkoniyatini sezmaydigan darajada soddami? Balki shundaydir, lekin bu juda ham ehtimoldan yiroq tuyuladi.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling