Тошкент молия институти “Бизнес молияси” фани Мавзу: Бизнесда молиявий левериж “Молия” кафедраси


Download 4.22 Mb.
bet7/12
Sana06.11.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1751588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Бизнесда молиявий левереж

Leverej oshirilganda aksiyadorlar ham, kreditorlar ham qo‘shimcha riskni his qiladilar va yuqori daromadni talab qiladilar. Biroq past darajadagi leverejda hech kim risk uchun kompensatsiya sifatida foydani sezilarli darajada oshirishni talab qilmaydi va bu bilan WACC kamayadi. Leverej eng yuqori darajaga yetganda, investorlarning har ikkala guruhi uchun risk masalasi juda muhim ahamiyat kasb etadi, shuning uchun daromadlilikka talablar sezilarli darajada o‘sa boshlaydi.

WACCning keskin ortishi ham sodir bo‘ladi. Garchi har bir guruh tomonidan talab qilinadigan daromad jadal o‘sa boshlaydigan nuqtalar ustma-ust tushishi shart bo‘lmasa-da, an’anaviy yondashuv tarafdorlariga ko‘ra, WACC minimal bo‘lgan nuqta (yoki bir qancha nuqta) mavjud.

  • Mazkur nuqtai nazardagi mantiqiy xulosa shundan iboratki, leverejning kapitalni o‘rtacha tortilgan qiymati minimal bo‘lgan optimal darajasi mavjud. Bu o‘z kapitalining qiymati sezilarli darajada oshmaydi va leverejning muayyan ahamiyatli darajasiga erishilmagunga qadar qarz kapitalining past qiymati afzalliklarini “oshirib yubormaydi”, degan taxmindan kelib chiqadi.

An’anaviy nuqtai nazarga ko‘ra:Leverej o’zgarishi capital qiymatiga ta’siri


O’z mablag’lari qiymati (aksiya) ()
Leverejning optimal darajasi
Qarz mablag’lari qiymati (obligasiya)()
Kapital bahosi %
Leverej darajasi

4. Modilyani va Millerning leverej bo‘yicha nuqtai nazari

  • 1958-yilda Modilyani va Miller (Modigliani and Miller, MM) endilikda deyarli afsonaga aylangan maqolani chop etib, leverej masalasiga an’anaviy yondashuvni shubha ostiga olishdi. Ularning fikricha, kapital bozorida oqilona narx shakllanishi shart-sharoitida kompaniya uchun nazariyada har kim qilishi mumkin bo‘lgan ish pul qarz olish hisobigagina o‘zining umumiy bozor qiymatini (WACCni kamaytirib) oshirishi mumkin emas. Ular agar qandaydir kompaniya daromadlilikning yangi darajasiga chiqishi kutilayotgan bo‘lsa, bu bozor tomonidan korxona qanday moliyalashtirilishi hisobga olinmagan holda baholanishi kerakligini ilgari surishgan.


Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling