Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Ishlab chiqarish omillarining nisbati. Xarajatlarni


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/41
Sana14.11.2020
Hajmi1.81 Mb.
#145384
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


4-§. Ishlab chiqarish omillarining nisbati. Xarajatlarni 
minimallashtirish nazariyasi 
 
 Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug’ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan 
bog’liq muammolar mavjud bo’ladi. Bu muammolarni uch darajada ko’rish mumkin. 
 1. Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish 
mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda 
minimallashtirish masalasiga kiradi. 
 2. Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya’ni eng ko’p foyda 
keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani maksimallashtirish 
masalasiga kiradi. 
 3. Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini, ya’ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani 
maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish 
masalasini ko’rib chiqdik. Endi ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish masalasini ko’rib 
chiqamiz. 
 Tadbirkor xarajatlarni minimallashtirish uchun eng avvalo ishlab chiqarish omllarining 
eng samarali nisbatini topishi kerak. Chunki u shundagina  qo’ygan maqsadiga erishishsh 
mumkin. Buni aniqlash uchun ishlab chiqarish omillari befarqlik egri chizig’i izokvantadan 
foydalanamiz. U ishchlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi bir xilda mahsulot ishlab 
chiqarishni ta’minlar edi(3- bob).Omillarning har qanday nisbatda birlashuvi bir xil hajmda 
mahsulot ishlab chiqarishga olib kelsa, endi tadbirkor anna shu omillarni sotib olish uchun ularni 
qanday nisbatda bo’lganda eng kam xarajat qilishini aniqlash kerak. Aytaylik, biron turdagi 100 
dona mahsulot ishlab chiqarish uchun kapital va mehnatning turli kombinatsiyalari (nisbat)dan 
foydalanish mumkin. Bir ishchi ish haqi 2 dollar, kapital birligining qiymati 3 dollar bo’lsin. U 
holda misolimiz jadval shaklida quyidagicha bo’ladi. (Misolimiz P. Samuelsonning 
«Ekonomika» kitobi bo’yicha.) 
 
 Bizni misolimizda qanday qilib stanoklar soni bilan ishlovchilar sonining optimal 
miqdorini aniqlasa bo’ladi? Buning uchun omil evaziga olingan me’yoriy mahsulot hajmi bilan 
mehnat bahosini taqqoslaymiz. Stanok me’yoriy mahsuloti hajmi bilan stanokning narxini 
taqqoslaymiz. Bir mehnat omilini ikkinchisi bilan almashtirish ularning me’yoriy mahsulot hajmi 
va xarajatlari teng bo’lguncha davom etadi: 
 A1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda ishlovchilar soni o’zgarmagani 
holda qo’shimcha kapital ishga tushirilishi evaziga olingan qo’shimcha mahsulot; 
 V1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda kapital miqdori o’zgarmagani holda 
qo’shimcha jalb qilingan ishlovchi evaziga yaratilgan qo’shimcha mahsulot; 
 A2 — omilning narxi, misolimizda stanokning narxi (to’g’rirog’i amortizatsiya haqi); 
 V2 — omilning narxi, misolimizda ishchining ish haqi. Umumiy tarzda avval ko’rsatsatib 
o’tganimizdek, MR=MS=R 
 Tadbirkor ishlab chiqarishning «qimmat» omilini «arzon» omil bilan almashtiradi. Bu 
almashtirish yuqorida ko’rsatilgandek shu omillar hisobiga olingan me’yoriy mahsulot va unga 
ketgan xarajatlar tenglashguncha davom etadi. 
 Misolimizni chizma tarzda tasvirlaylik. 
 Ishlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi, ya’ni 6K va 
1L yoki 3K va 2L, 2K va 3L yoki 1K va 6L bir xilda mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini ta’minlaydi.  
 Lekin shulardan qaysi biri tadbirkor uchun eng arzon tushadi? 
Jadvalning ma’lumotlari asosida teng mahsulot egri chizig’ini topamiz yoki ishlab chiqarishning 
befarqlik egri chizig’i (izokvanta)ni aniqlaymiz. 
 
 Endi teng xarajatlar, ya’ni abstsissa va ordinata o’qlari bo’yicha ishlab chiqarish 
omillariga qilingan xarajatlar teng nuqtalarini aniqlaymiz va to’g’ri chiziq o’tkazamiz. Bu 
K  6 3 2 1 
L  1 2 3 6 

 
 
chiziqlar izokostlar (isokost curve) deb ataladi. U tadbirkorning byudjeti cheklanganligi 
chizig’ini ko’rsatadi. 
 Avval ko’rsatganimizdek, kapital birligining narxi 3000 dollar, mehnat 2000 dollar 
bo’lsin. Agar tadbirkorning puli atigi 6000 dollar bo’lsa, u shu puliga 2 birlik kapital sotib olishi 
mumkin. Yoki faqat mehnatga sarflasa, 3 kishini ishga yollashi mumkin. U holda ordinata o’qiga 
kapital, abstsissa o’qiga mehnatni joylashtirib grafikda tasvirlasak, quyidagi ko’-rinishda bo’ladi. 
 Tadbirkor mablag’ini faqat kapital yoki faqat mehnatga sarflanishi mumkin bo’lgan 
nuqtalarni birlashtirsak, 6000 dollarlik izokostning to’g’ri chizig’i kelib chiqadi. Shu to’g’ri 
chiziqdagi har bir nuqta K va L ning turli nisbatdagi birlashuvini, lekin umumiy xarajatlar 6000 
dollardan oshmasligini ko’rsatadi. Endi tadbirkorning puli 9000 dollar, 12000 dollar va hokazo 
deb, yana avvalgicha nuqtalarni topib to’g’ri chiziq o’tkazib, har biri uchun alohida izokost 
chizig’ini topamiz. 
 Biz alohida-alohida bir xil hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun omillarning turlicha 
birlashuvini hamda teng xarajatlar asosida omillar miqdorini o’zgarishini ko’rib chiqdik. Endi 
ana shu har ikki grafikni bitta qilib tasvirlaymiz. 
 Xamma nuqtalarni, ya’ni teng mahsulot miqdori bilan teng xarajatlar chiziqlarini qarab 
chiqsak, ular S nuqtada bir-biriga urinib o’tar ekan (lekin kesishmaydi). Aynan ana shu teng 
xarajatlar chizig’iga, teng mahsulot egri chizig’i urinib o’tgan nuqta ishlab chiqarish 
xarajatlarining minimal darajasini ko’rsatadi. Bizni misolimizda kapital 3000 dollar, mehnat 
2000 dollar. Tadbirkor mablag’ini 2 birlik kapital va 3 birlik mehnatga sarflasa, omillarning eng 
optimal darajada birlashuvini ta’minlagan bo’lar ekan. Befarqlik egri chizig’i bilan izokost — 
xarajatlar tengligi to’g’-ri chizig’i S nuqtada urindi. U (2·3K) doll)+(3·2L)=12000 dollarni 
tashkil etadi. Demak, tadbirkor 12000 dollar mablag’ sarflab, uni 2 birlik kapitalga sarflab 3 
kishini ishga yollasa, eng maqbul darajada omillarni birlashuvini ta’minlab, minimal darajada 
xarajat qilishga erishar ekan. Omillarning bundan boshqa har qanday nisbatda birlashuvi unga 
qimmatga tushadi. 
 Masalan, 3K va 2L yoki 6K va 1L. 
 Befarqlik egri chizig’i kontseptsiyasi italiyalik olim V. Pareto tomonidan XX asr 
boshlarida ishlab chiqilib, keyinchalik 1930 yili ingliz olimi D. R. Xiks tomonidan 
chuqurlashtirilgan. 
 Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishda vaqt muhim rol o’ynaydi. Odatda, qisqa muddatli davr 
(bunda ishlab chiqarish quvvati o’zgarmay qoladi) va uzoq muddatli davr (bunda ishlab 
chiqarishning barcha omillarini o’zgarishi uchun etarli bo’lgan vaqt) nazarda tutiladi. 
 Amerikalik iqtisodchilar Duglas va Solou 20- yillar (XX asr) dan ishlab chiqarishni 
statistik jihatdan tadqiq qilib, 100 yil davomida qanday o’zgarganini o’rganib, ishlab chiqarish 
kapital va mehnat omillari mahsulot ishlab chiqarilishining o’sishiga qanday ta’sir ko’rsatishini 
aniqlashdi. 
 Ular mehnatni 1% o’sishi mahsulotni umumiy o’sishini 3/4 qismini tashkil etsa, 
kapitalning o’sishi 1/4 qismini tashkil etishini aniqlashdi. 
 Bu xulosa butun jamiyatga taalluqli bo’lgani uchun, bu indekslarni (3/4 va 1/4) agregat 
indekslari deb ataldi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi 
bog’lanish Duglas va Solouning ishlab chiqarish agregat funktsiyasi deb ataladigan bo’ldi. 
Shunday qilib, Duglas va Solou xulosalari asosida iqtisodiy rivojlantirishning retsepti taklif 
etildi: «insoniy kapitalga» ko’proq mablag’ sarflash kerak, chunki mehnat ishlab chiqarish 
hajmini ko’paytirish, o’stirishda ishlab chiqarish vositalari (kapital)ni o’stirishga qaraganda 
ko’proq samara beradi. 
 Shuning uchun iqtisodiy fanlar sohasining olimlari mehnat unumini oshirishning yangi 
yo’llarini qidirishga kirishib ketdilar. (Ma’lumki, mehnat unumdorligi vaqt birligida ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi.) Shunday qilib, insoniy munosabatlar, sotsial 
sherikchilik nazariyasi va hokazolar vujudga keldiki, bu nazariyalar, eng avvalo har bir insonni 
ishlab chiqarish natijalari qanday bo’lishiga qiziqishini, diqqat-e’tiborini qaratishni ta’minlashga 
qaratilgan. Bu degani ishlab chiqarish faqat mehnatdan yaxshi foydalanish evaziga ko’payadi 

 
 
degani emas. Duglas va Solou fikricha hozirgi zamonda mehnat ishlab chiqarishning asosiy 
omili ekan, sababi mahsulot ishlab chiqarishni o’sishini boshqa omillarga qaraganda ko’proq 
ta’minlaydi.  
 
Xulosa 
 
 *Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri mavjud resurslardan tejab-tergab 
samarali foydalanishni rag’batlantirishdir. Nazariy jihatdan qarasak, korxona, firma resurslarni 
sotib olib ishga solganda u ishlab chikarish omillariga aylanadi. Yaratilgan tovar xizmatlarda 
xarajat bo’lib gavdalanadi. Resurslardan foydalanish samaradorligi qay darajadaekanligiga qarab 
firma, korxona faoliyatiga baho beriladi.  
 
*Korxona xarajatlari turli-tuman bulib, uning tarkibiga turli jihatdan yondashib 
guruhlarga ajratishch mumkin. Korxonaning iqtisodiy faoliyatini tahlil qilishda eng ko’p 
foydalaniladigan xarajatlar: o’zgaruvchi, doimiy va me’yoriy xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarish 
hajmiga bog’liq xarajatlar o’garuvchi xarajatlar, ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmasa 
doimiy xarajatlar, qo’shimcha bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan qo’shimcha 
xarajatlar me’yoriy xarajatlar bo’dadi.  
 *Foyda bozor iqtisodiyotida maxsus omil tadbirkorlikni taqdirlanishi sifatida yuzaga 
chiqadi. Uni tadbirkorlik va biznesga qo’yilgan kapital keltiradi. Tadbirkorlik qobiliyati evaziga 
olinadigan foyda normal foyda deb atalib, xarajatlar tarkibiga kiradi. Kapital evaziga iqtisodiy 
foyda olinadi. U umumiy tushumdan barcha xarajatlarni (normal foydani ham qo’shib) ayirib 
topiladi. Tadbirkorlikda omad foydasi ham borki, u bozorda narxlarning kutilmaganda ortib 
ketishidan paydo bo’ladi. U hammaga ham nasib qilavermaydi va ma’lum fursat o’tgach yo’q 
bo’lib ketadi. 
 
*Foydaga yondashishga ko’ra: buxgalteriya foydasi, normal va iqtisodiy foyda, 
yalpi(balans) foydasiga bo’linadi. Odatda yalpi foyda taqsimlash manbai, korxona 
mablag’laridan foydalanish manbai bo’ladi. Tadbirkorga qilgan xarajatlari qay darajada foyda 
keltirgani foyda normasi, rentabellik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi.  
 * Firma, korxonaning daromadi xarajatlarini qoplamasa zarar ko’radi. Shuning uchun 
firma zararni minimallashtirish chorasini ko’rish kerak. Buning uchun firma baho Bilan 
o’zgaruvchi narxlarni taqqoslaydi. Narx o’rtacha minimal xarajatlardan past, lekin o’rtacha 
o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori bo’lsa, qisqa muddatli davrda firma ishlab chiqarishni davom 
ettirgani, agarda o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan tushib ketsa ishlab chiqarishni to’xtatgani 
ma’qul.  
 *Kaysi tarmoqda normal foydadan tashqari iqtisodiy foyda ham olinsa, uzoq muddatli 
davrda bu tarmoqqa yangi firmalar kirib keladi. Taklif ko’payadi. Narx tushadi. Firmalarning 
kirib kelishi to’xtaydi. Qaysi tarmoqda xarajatlar narxdan yuqori bo’lib normal foyda xam 
olinmasa xarajati yuqori firmalar tarmoqni tark etishni boshlaydi. Taklif kamayadi. Narx 
ko’tariladi. Shunday tarzda tarmoqda firmalar muvozanatiga erishiladi. 
 *Umuman tadbirkorlik risk bilan bog’liq ekan u iloji boricha riskni kamaytirishga harakat 
qiladi. Uning eng muhim yo’li xarajatlarni pasaytirishdir.  
  
 
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 
  
1. Iqtisodiy yoki zimmadagi xarajatlar 2. Tashki xarajatlar  
3. Ichki xarajatlar 4. Doimiy xarajatlar 
5. O’zgaruvchan xarajatlar 6. Umumiy xarajatlar  
7. O’rtacha xarajatlar 8. Me’yoriy xarajatlar  
9. Iqtisodiy foyda 10. Normal foyda 
 

 
 
a)qo’shimcha birlik mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq umumiy xarajatlarning 
o’sishi;  
b) tanlangan resurslarni eng ma’qul ishlatish, o’zgalar ishlatishiga yo’l qo’ymay, ularni 
sotib olish uchun resurslar egasiga to’langan xaq; 
g) mahsulot birligiga sarflangan xarajatlar; 
d) miqdori ishlab chiqarish hajmiga bog’liq xarajatlar; 
e) chetdan jalb etilgan iqtisodiy resurslarga to’langan pul; 
yo) ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan doimiy va 
o’zgaruvchan xarajatlar boshqacha aytganda barcha xarajatlar; 
j) hech bulmaganda bir resursning o’zgarmagani holda boshqa resursni o’sishi evaziga 
umumiy mahsulotni ko’payishi 
z) firma, korxonaning o’z ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi; 
j) tadbirkorlik qobiliyatini ishga solishning alternativ qiymati; 
i) ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlar; 
v) umumiy tushum bilan iqtisodiy xarajatlar o’rtasidagi farq.  
  
 Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibini qaysi jihatlardan tasniflash mumkin? Bunday 
tasniflashdan maqsad nima?  
2. Me’yoriy xarajatlar qanday xarajatlar? Sizningcha uni hisoblashning nima keragi bor?  
3. Nima sababdan firma(korxona)lar xarajatlarni pasaytirish uchun harakat qilishadi?  
4. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrda o’rtacha xarajatlar grafikda tasvirlaganda 
botiq yoy shaklini oladi. Nima sababdan? 
5. Normal foyda va iqtisodiy foyda qanday farqlanadi? Foyda normasi qanday 
hisoblanadi? 
6. Tadbirkor oldida turgan ishlab chiqarishdagi uch darajadagi muammo nima va uni 
qanday echish mumkin?  
7. Firma(korxona)larni tarmoqni tark etishi yoki tarmoqqa kirib kelishlariga sabab nima? 
Uni nazariy jihatdan qanday tushuntirish mumkin?  
 
 
 Masala va mashqlar 
 
1.«O’qish uchun to’langan xaq, sizning qizingiz yoki o’g’lingizni o’qishi uchun ketadigan 
xarajatlarni 43% ini qoplaydi xolos. Shuning uchun sizlarni universitetimizda bilim berishni 
asosi bo’lgan faoliyat turlarini qo’llash uchun ehson qilishlaringizga umid qilamiz» Bu so’zlar 
amerikadagi obro’li universitetlardan birining ota-onalarga yuborgan xatidan olingan. Bu 
universitetda yillik o’qish xaqi 10 000 dollar atrofida. 
 Agarda student o’qish xaqining 43%ini to’lasa, o’qish xaqining umumiy summasini 
hisoblang. 
 Agarda student o’qishni tashlasa universitetning xarajatlari 23 356 dollarga kamayadimi?  
 2.Erkinjonlarning 6 sotix tomorqasi bor. U har kuni tomorqada 30 minutdan ishlar edi. 
Endi u kuniga 1 soatdan ishlashga qaror qildi. Endi oladigan hosil 2 marta ko’payadimi? O’z 
fikringizni asoslang.  
3.Nargiza pechene pishirayapti. Xamirga u ikki barobar ko’prok shakar soldi. 
Nargizaning pishirgan pechenesi 2 barobar ko’payadimi? Undan qanday xulosa chiqarish 
mumkin? 
4.Fermerning oilasi 20 ga erda hosil etishtiradi, shu erga to’lanadigan bonitet bali 
bo’yicha renta (er solig’i)1 ga uchun 2000 so’m, yollanma ishchilarga to’lanadigan xaq yiliga 60 
ming so’m, material, mineral o’g’it, yonilg’i xarajatlari 30 ming so’m, olingan qarzlarga 
to’lanadigan yillik foiz 10 ming so’m, asosiy kapital qiymati (mexanizmlar xizmat muddati 10 

 
 
yil) –10 ming so’m, bankka qarz 7000 so’m. Agarda fermer o’z uskunalarini sotib, bankka foiz 
to’lasa, unda 30 ming qoladi. 
 Fermer asosiy kapital bilan bankka qarzi o’rtasidagi farqni biznesga qo’yib, shu 
summadan 10 % miqdorida daromad olishdan voz kechgan. Fermerga yillik 30 ming so’m 
daromad bilan ishlashni taklif qilishayapti. Uning ayoli ham fermada ishlaydi. Boshqa joyda 
ishlaganda10 ming so’m xaq olgan bo’lar edi. Fermer o’zining tadbirkorlik talantini 30 ming 
so’m baholaydi.  
1. Fermer xo’jaligining yillik buxgalter va iqtisodiy xarajatlarini aniqlang. 
2. Agar fermer oilasini daromadi 400 ming bo’lsa buxgalterlik va iqtisodiy foydani 
hisoblang. 
buxgalter xarajatlari: 
 
   er 
soligi 
2½20
=40 000 so’m; 
  
 
 
protsent 840 000 so’m; 
 
   amortizatsiya 
1000 
so’m; 
  
 
 
mot.min. ugit 300 000 so’m; 
  
 
 
ish xaki 600 000 so’m ; 
  
 
 
buxgalter xaraj. jami 2780 000 so’m; 
iktisodiy xarajatlar: 
  
 
 
mulkka bulgan foiz (1000-70)= 300 000 
 
   fermer 
maosh 
sifatida300
+100+300=700 000 
 Jami iqt. xarajatlar 2780
+1000=3780 ming so’m; 
 foyda:   
iqtisodiy  foyda 4-3,78=0,22 ming so’m; 
  
 
 
buxg. foydasi 4-2,78=1,22 ming so’m; 
 5. Mahsulot ishlab chiqarishning o’zgarishiga ko’ra iqtisodiy xarajatlar va uning tarkibi 
quyidagicha o’zgaradi.  
 
 
 
 
  
Ishlab 
chiqarilgan 
maxsulot 
FS VC Ts MS 
AFS 
AVS 
ATs 

120 0  120   -  -  - 
 

120 90  210   120 
90 210 
 

120 170 290   60 85 145 
 

120 240  
   
   
 

120 300  
   
   
 

 370 
  
 
 
 
 

 450 
  
 
 
 
 

 540 
  
 
 
 
 

 650 
  
 
 
 
 

 780 
  
 
 
 
 
10   930 
  
 
 
 
Doimiy xarajatlar FS; O’zgaruvchi xarajatlar VC; Umumiy xarajatlar Ts; Me’yoriy 
xarajatlar MS; O’rtacha xarajatlar ATs; O’rtacha doimiy xarajatlar AFS; O’rtacha o’zgaruvchi 
xarajatlar AVS; Bu kategoriyalarni aniklash tushunish uchun masaladan hamda grafik shaklidan 
foydalanish eng ma’kul.  
1.Berilganlar bo’yicha xarajatlarni hisoblab, jadvalni to’ldiring. Ularni grafik orqali 
ifodalang. 
2.Bunda doimiy, o’zgaruvchi va umumiy xarajatlar egri chiziqlarini bitta grafikda 
ifodalang:  

 
 
 -doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar o’rtasida qanday farq bor? 
 -nima sababdan FS gorizontal chiziqni ifodalaydi? 
 -nima sababdan Ts egri chizig’i VC egri chizig’iga o’xshash? Izohlang. 
3.O’rtacha doimiy AFS, o’zgaruvchi AVS, umumiy ATs va me’yoriy xarajatlar egri 
chizigini bitta grafikda ifodalang: 
-mahsulot o’sishi bilan AFS egri chizig’i qanday o’zgaradi? Nima sababdan? 
-AVS egri chizig’i qanday o’zgaradi? Nima sababdan? 
-o’rtacha xarajatlar qanday o’zgaradi, nima sababdan? 
- me’yoriy xarajatlar-chi, nima sababdan? Izohlang. 
 4.Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Uning qaysi birlarini o’zgaruvchi xarajatlarga, qaysi 
birlarini doimiy xarajatlarga qo’shamiz va nima sababdan? 
1)bino, inshoat, asbob uskuna amortizatsiyasi; 
2)ishchilarni ish xaqi; 
3)korxona direktorining belgilangan maoshi; 
4)mulk solig’i; 
5)elektr energiyasi va suv xarajatlari; 
6)xom ashyo xarajatlari;  
7)material va intrumentlar sotib olish xarajatlari; 
8)qo’yilgan o’z pul mablag’lariga boy berilgan protsent; 
9)er solig’i 
5. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bozor bahosi 7000 so’m, umumiy xarajatlar eng 
optimal miqdor 12 ta mahsulot ishlab chiqarganda 96000 so’mga teng. O’zgaruvchi xarajatlar 
(AVC) esa 60000. O’rtacha va o’rtacha o’zgaruvchi, doimiy xarajatlarni hisoblang. Sizningcha 
menejer qisqa muddatli davrda qanday qarorga kelishi kerak?  
 Ishlab chiqarishni to’xtatib, tarmoq, bozorni tashlab ketishi kerakmi yoki yo’q. 
Javobingizni izohlang. Grafikda ko’rsating. 
6. 100 dona maxsulot ishlab chikarish uchun umumiy xarajatlar Ts 300 ming sum, 500ta 
ishlab chikarish uchun esa 600 ming sum sarflanadi. Agar xarajatlar funktsiyasi tugri chizikda 
ifodalansa, 400 ta maxsulot ishlab chikarish uchun xarajatlarni xisoblang. 
7. Aytaylik, 200 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 200 ming so’m, 201tasiga 201 
ming, 202tasiga 202 ming so’m sarflanadi. Xozirgi paytda 201ta mahsulot ishlab chiqarganda 
firma foydasini maksimal darajaga etkazadi. Firmaga shoshqaloq xaridor murojaat qildi. 
Qo’shimcha bitta 202-mahsulot uchun u 3000 to’lashga tayyor ekanligini uqtirdi. Agar 
qo’shimcha bitta mahsulot ishlab chiqarish va sotish firmaning boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqarishi va sotishiga xalaqit bermasa, u 202-mahsulotni ishlab chiqarishga rozi bo’lishi 
kerakmi? Javobingizni izohlang. 
8. Olimjon firmada injener bo’lib oyiga 50 ming so’m maosh olardi. U kichik korxona 
tashkil qildi. Buning uchun 150 ming so’m bankdagi jamgarmasini olib ishlatdi. Undan tashqari 
bankdan 300 ming so’m kredit oldi. Undan 300 ming so’mni uskunalar sotib olishga sarfladi. 
Agar yillik kredit protsenti 20%, bankdagi saqlayotgan puliga yillik foiz 12% bo’lsa, 
iqtisodiy va buxgalteriya xarajatlarini hisoblang. 
9. Mukammal raqobat sharoitida firma yiliga 20 ming dona telefon ishlab chiqaradi. 
O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar 1750 so’m. O’rtacha iishlab chiqarish xarajatlari 2150 so’m. Bita 
telefonning bozor bahosi 2500 so’m. U holda firma qancha foyda ko’radi?  
10. Firma mart oyi davomida 500 dona mahsulot ishlab chiqardi. Uning umumiy 
xarajatlari 1mln. so’mni tashkil etdi. May oyida esa mahsulot ishlab chiqarishni 600 donaga 
etkazdi. Umumiy xarajatlar esa 1,26 mln. so’mga etdi. Doimiy xarajatlar 200 ming so’m. 
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o’rtacha, o’rtacha doimiy, o’rtacha o’zgaruvchi 
xarajatlarni hisoblang. Bu ko’rsatkichlar va ularni mahsulot miqdorini ortishiga ko’ra qanday 
o’zgarishi haqida o’z fikringizni izohlang.  
11. 1. Quyidagi jadvalda tovar ishlab chiqarish uchun kapital va mehnat xarajatlarini 
hamda mahsulot TR miqdorini o’zgarishi berilgan. 

 
 
 Berilgan ma’lumotlar asosida:  
A) Mehnat xarajatlarini (ishlovchilar soni) o’zgarishi bilan me’yoriy mahsulot hajmi 
qanday o’zgargan, hisoblang. Nechanchi ishchini ishga yollagandan so’ng me’yoriy mahsulot 
kamayishni boshlaydi? 
B) Xar bir qo’shimcha ishchini yollagandan so’ng, o’rtacha mahsulot (AR) hajmini 
hisoblang. Qachon o’rtacha mahsulot maksimal darajaga etadi? 
V) Ishlab chiqarishda band bo’lganlarning soniga ko’ra, umumiy mahsulot ( TR ), 
o’rtacha ( AR ) va me’yoriy ( MR ) mahsulotning o’zgarishi grafigini chizing. 
G) Me’yoriy umumdorlik (daromad)ni pasayib borishi qonuni amal qilishini tushuntiring. 
Uning fazalarning ko’rsating. 
 
 
Kapital xarajatlari  Mehnat 
xarajatlari 
Me’yoriy 
mahsulot  
Umumiy 
mahsulot 
O’rtacha 
mahsulot  
K L MR 
TR AR 
10 
10 
10 
10 
10 
10 
10 
10 
10 









 0 
20 
54 
100 
151 
197 
230 
251 
234 
 
  
T/N 
 
1. Kichik firmalar doimo yirik firmalarga nisbatan samarasiz  
2. Zarar ko’rayotgan firmalar mahsulot ishlab chiqarishni to’xtatishlari lozim  
3. Firmaning iqtisodiy xarajatlari resurs egalariga to’lovlar bo’lib, bu resurslarni 
boshqalar muqobil maqsadlarda ishlata olmaydi 
4. Iqtisodiy foyda odatda buxgalterlik foydasidan katta  
5. Agar firma ishlatayotgan resurslari 30%ga oshsa, ishlab chiqarish hajmi esa 20%ga 
o’ssa, u holda ishlab chiqarishning ijobiy effekti hosil bo’ladi  
6. Agar o’zgaruvchi resurs narxi o’ssa, u holda  ATC,  AVC,  va  MC  egri  chiziqlari 
yuqoriga siljiydi, AFC egri chizigi avvalgicha qoladi  
7. O’rtacha doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmi o’sgan sari qisqaradi 
8. Agar firmaning resurslarga xarajatlari 10%ga o’ssa, ishlab chiqarish hajmi esa 15%ga 
o’ssa, u holda masshtab ijobiy effekti kuzatiladi 
9. Agar o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar AVC ishlab chiqarish hajmi ko’paygan sari 
qisqarsa, u holda me’yoriy xarajatlar AVCga nisbatan past bo’ladi  
10. Qiska muddatli davrda firma 500 dona mahsulot ishlab chiqaradi. O’rtacha 
o’zgaruvchi xarajatlar 2000 so’m, o’rtacha doimiy xarajatlar 500 so’m, umumiy xarajatlar esa 
1100 so’m bo’ladi  
 
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling