Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja
Tushuncha hajmi deb tushunchada
Download 243.77 Kb.
|
МАЪРУЗА МАТНИ
Tushuncha hajmi deb tushunchada ifodalanayotgan narsa, hodisalarning yig’indisiga aytiladi.Masalan: «Roman» tushunchasi hajmiga shu vaqtgacha yozilgan va yoziladigan romanlar kiradi.
Mantiqda tushunchalarning hajmi va mazmuni o’rtasida teskari nisbat qonuniyat bor. Bu qonuniyatga ko’ra, tushuncha hajmi qancha keng bo’lsa, mazmuni shuncha tor bo’ladi, mazmuni qancha keng bo’lsa, hajmi shuncha tor bo’ladi. Tushunchalarning hajmi va mazmuni orasidagi teskari nisbat jins va tur munosabatidagi tushunchalarga nisbatan tadbiq qilinadi. Hajmi torroq tushuncha mazmun jihatidan kengroq bo’ladi, Chunki avvalgi hajmi kengroq tushunchada ifodalangan belgilar qatoriga yangi belgilar qo’shiladi. Hajmi kengroq tushuncha, aksincha, ko’proq predmetni ifodalaydi, predmetlar turi ko’paygan sari ularning o’xshash belgilari kamayib boradi. Masalan, «she’rlar» va «to’rtliklar» tushunchalarini olamiz. Bu ikki tushunchadan birinchisining, ya’ni «she’rlar» tushunchasining hajmi keng, Chunki uning hajmiga she’riy asarlarning hammasi kiradi. To’rtliklar esa, ularning faqat bir turi, ya’ni ular kamroq. Mazmun jihatidan esa «to’rtliklar» tushunchasi keng. Chunki «to’rtliklar» tushunchasi «she’rlar» tushunchasi ega bo’lgan belgilarning hammasiga ega, shu bilan birga u to’rt qator bo’lishi kabi yangi belgiga ham ega. Tushunchalar hajm jihatdan yuqori va quyi munosabatlarga qarab jins va tur munosabatlarga bo’linadi. Hamma vaqt jins tushuncha tur tushunchalarga nisbatan jins bo’ladi, jinsga hamma vaqt tur o’xshash belgilari bilan itoat etadi. Masalan, «maktab» va «oliy maktab» tushunchalarida «maktab» tushunchasi jins, «oliy maktab» tushunchasi esa tur tushunchadir. Lekin shuni uqtirish kerakki, ba’zi holda jins bo’lgan tushuncha, boshqa holda tur bo’lishi mumkin. Yuqoridagi misolimizdagi, «oliy maktab» tushunchasi bilan «universitet» tushunchasini olsak, bu yerda «oliy maktab» tushunchasi jins, «Universitet» tur tushuncha. 2. Tushunchalarni turlarga ajratishda biz ularning hajmi va mazmuniga asoslanamiz. Avvalo tushunchalarni hajm jihatdan - yakka va umumiy tushunchalarga ajratamiz. Yakka tushunchalar alohida, yakka narsa yoki hodisani ifodalaydi. Masalan, «O’zbekiston» tushunchasida Markaziy Osiyoda joylashgan, sobiq SSSR parchalanishidan keyin mustaqillikni qo’lga kiritib, demokratik tamoyillar asosida yuksalib borayotgan mamlakatni tushunamiz. Demak, o’ziga xos belgiga ega bo’lgan alohida narsa yoki hodisani ifodalagan tushuncha yakka tushuncha deyiladi. Biz agar «Mustaqil davlat» degan tushunchani oladigan bo’lsak, ushbu tushuncha “O’zbekiston” tushunchasidan farq qiladi. “O’zbekiston” deganda dunyodagi mustaqil davlatlardan faqat birini tushunsak, «mustaqil davlat» deganda iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil bo’lib, tashqi va ichki siyosat yuritayotgan davlatlarni tushunamiz. Bu umumiy tushuncha hisoblanadi. Umumiy tushunchalar bir mantiqiy sinfga kiruvchi hamma predmetlarni ifodalaydi. Umumiy tushunchalardan tashqari jamlovchi tushunchalar ham mavjud. Jamlovchi tushunchaning belgisi yangi belgi bo’lib, uning tarkibiga kiruvchi, jamlanuvchi elementlarda bu belgi uchramaydi. Masalan, «o’rmon», «majlis», «kutubxona» va hokazo. Tushunchalar mazmunjihatidan - konkret va abstrakt turlarga bo’linadi. Real predmet va hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalar konkret tushunchalar, deb ataladi. Masalan «uy», «kitob», «daftar», «student» kabilar konkret tushunchalardir. Chunki bu tushunchalarda ma’lum predmet, hodisa aks ettirilgan. Download 243.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling