Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja
Download 243.77 Kb.
|
МАЪРУЗА МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayniyat qonuniga muvofiq, muhokama, bahs, munozara jarayonida har bir fikr aynan bir ma’noda ishlatilmog’i lozim.
- 1) ob’ektning birligi, aynanligi; 2) vaqtning aynanligi; 3) munosabatning aynanligi.
Ayniyat qonuni. Ayniyat lotincha «Zex identitatis» so’zidan olingan bo’lib, aynan, o’xshash ma’nolarni beradi. Ayniyat qonuni moddiy olamning muhim tomoni, xususiyatini ifodalaydi. Ma’lumki, olam o’zgarib, doimo rivojlanib turadi. Harakat - reallikning atributi hisoblanadi. Lekin uzluksiz kechayotgan bu jarayonlar (harakat, o’zgarish, taraqqiyot) narsa va hodisalardagi vaqtincha sokinlikni, muvozanatni inkor etmaydi. Nisbiy sokinlik, muvozanat mavjudlikning muhim tomonini tashkil etadi. Masalan: uy yer bilan birgalikda soatiga 1000 km tezlikda o’z o’qi atrofida va sekundiga 36 km tezlikda quyosh atrofida aylanadi. Uyning atomlari sekundiga o’nlarcha ming kilometr harakatlanadi. Vaqt o’tishi bilan uzluksiz harakat hech narsani qoldirmaydi. Lekin ma’lum vaqt mobaynida narsalar (masalan, uy) nisbiy muvozanatda bo’ladi. Demak, har bir narsa, hodisa qanchalik o’zgarishga uchramasin, uning asosiy xususiyatlari, sifati muayyan vaqt mobaynida saqlanib qoladi. Aynan shu xususiyat o’rganilayotgan ob’ektning birligini, aynanligini, barqarorligini ifodalaydi va bu narsa bizning fikrimizda aks etadi. Narsa va hodisalarning sifat muayyanligi, barqarorlik ularni tadqiq qilish qonuniyatlarini ochish imkoniyatini beradi.
Ayniyat qonuni narsa va hodisalardagi o’xshashlik, umumiy tomonlarning fikrdagi ifodasiga tayanadi. Olam turli-tuman ko’rinishlarga ega, undagi narsa va hodisalar o’zaro qancha farqlanmasin, umumiylikka, aniqlikka ega. Shu umumiylik tufayli inson ularni o’zaro bir-biridan farqlaydi. Ayniyat narsa va hodisalarning ma’lum munosabatda o’xshashligini, tengligini ifodalaydi. Masalan: (A) «Toshkent», (B) «O’zbekistonning poytaxti» tushunchalarini olaylik. Bu har ikki (A) va (B) tushuncha bir ma’noni ifodalayapti, bu tushunchalar ayniyat qonuniga bo’ysunadi. Ayniyat qonuniga muvofiq, muhokama, bahs, munozara jarayonida har bir fikr aynan bir ma’noda ishlatilmog’i lozim. Ayniyat qonuni muhokama jarayonida ma’lum vaqt mobaynida, ma’lum munosabatda tushuncha - fikr o’z ma’nosini saqlab qolsin, degan talabni oldinga suradi. Aniq, ravshan fikrlashning asosiy shartlari deganda uch narsa nazarda tutiladi. 1) ob’ektning birligi, aynanligi; 2) vaqtning aynanligi; 3) munosabatning aynanligi. Formal mantiqda ayniyat A-A dir. «A bo’lmagan narsa A - emasdir» tarzida ifodalanadi. Ayniyat qonuni fanda, san’atda, hayotda keng qo’llaniladi. Ilmiy izlanish narsa va hodisalar mohiyati, ichki qonuniyatini aniqlash maqsadida olib boriladi. Bu esa o’z navbatida narsa va hodisalarning sifat muayyanligi, narsalar orasidagi barqaror munosabatlarni barqaror fikrlar (tushuncha, muhokama) orqali ifodalashni toqazo etadi. Qonuniyatlar bir narsa, bir ob’yektga emas, balki umumga (narsalar turkumlariga), bir qator ob’yektlarga taalluqli bo’ladi hamda ulardagi umumiylik, o’xshashlik, aynanlik tomonlarini o’rganish orqali ochiladi. Download 243.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling