Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja


Sintez - shunday mantiqiy usuldirki, bu usul yordamida qismlarni fikran birlashtiramiz va bir butun holga keltiramiz. Abstraktsiyalash


Download 243.77 Kb.
bet7/11
Sana31.10.2023
Hajmi243.77 Kb.
#1736036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ

Sintez - shunday mantiqiy usuldirki, bu usul yordamida qismlarni fikran birlashtiramiz va bir butun holga keltiramiz.
Abstraktsiyalash – tushunchalarni hosil qilishning mantiqiy usulidir. Abstraktsiyalashda olamdagi narsa va hodisalarning ayrim muqim belgilarini fikran ajratib olamiz va hozircha zarur bo’lmagan belgilarni nazardan chetda qoldiramiz. Bu jarayon abstraktsiyalash, shu jarayonning natijasi, abstraktsiya deyiladi.
Abstraktsiyalash jarayonida fikrimiz narsa va hodisaning aniq belgilaridan uzoqlashib, umumiy belgilari tomon to’g’ri harakat qilish natijasida predmetdan yiroqlashmaydi, balki yaqinlashib boradi, hamda abstrakt tushunchalar hosil bo’ladi. Fanlarda qo’llaniladigan formatsiya, progress, regress, forma, mazmun, tovar, pul va boshqa tushunchalar mantiqiy abstratsiya orqali hosil qilingan.
Abstraktsiyalash umumlashtirish usuli bilan uzviy bog’liq. Umumlashtirish - shunday mantiqiy usuldirki, unda narsa va hodisalar biror umumiy belgiga ko’ra fikran bir mantiqiy sinfga birlashtiriladi. Umumlashtirishda ayrimlikdan umumiylikka o’tiladi va umumiy tushuncha, mushohada, nazariyalar hosil qilinadi. Ushbu mantiqiy usul yordamida yuzaga kelgan tushunchalari bizning olamni chuqurroq aks ettirib, uning mohiyatini anglab olishimizga yordam beradi. Har qanday umumiylik alohidaliksiz mavjud bo’lmaydi, unda yakka, narsa va hodisalarning o’xshash, umumiy belgilari aks etadi. Umumlashtirish orqali yangi umumiylikka to’la tushunchalar hosil qilinadi. Bunday tushunchalarga o’simlik, sabzavot, kitob, daraxt va boshqalarni kiritish mumkin.
Har qanday tushuncha mazmunga va hajmga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilari yig’indisiga tushuncha mazmuni deyiladi. Masalan: «Ruchka» tushunchasi mazmunini yozish uchun xizmat qilishi, peroli yoki sharikli bo’lishi kabi belgilari tashkil qiladi. Demak, tushuncha mazmuni tushunchada ifodalanayotgan narsa yoki hodisani ob’ektiv ravishda in’ikos ettirishdir.
Agar narsa o’zgarsa, u haqidagi tushuncha ham o’zgarishi kerak, aks holda tushuncha mazmuni bilan tushunchada ifodalangan narsa o’rtasida nomutanosiblik yuzaga keladi.
Narsa yoki hodisaning asosiy belgi, xususiyatlari voqelikka mos kelmasa, tushuncha xato yoki yolg’on deyiladi. Tushunchalarda olamdagi narsa, hodisalarning asosiy belgilari bilan bir qatorda ularning miqdori (ya’ni hajmi) ham ifodalanadi.

Download 243.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling