Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja


g) tushunchalarni ta`riflash


Download 243.77 Kb.
bet11/11
Sana31.10.2023
Hajmi243.77 Kb.
#1736036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ

g) tushunchalarni ta`riflash. Tushunchalarni ta`riflash hayotda keng qo`llanadigan mantiqiy usuldir. Ta`riflash yordamida biz ta`riflanuvchi tushunchaning mazmunini, mohiyatini ochamiz. Odatda biror predmetni bilganimizdan keyingina uning mazmunini, asl mohiyatini aniqlab, fanga yangi atama kiritamiz. Bunga tushunchada ifodalangan predmetning asosiy belgilarini aniqlash orqali erishamiz.
Tushuncha mazmunini ifodalovchi asosiy belgilarini ochib berishga qaratilgan mantiqiy usulga tushunchalarni ta`riflash (definisiya) deyiladi. Masalan «kvadrat» tushunchasiga ta`riflashda uning asosiy belgilari, ya`ni teng tomonli, to`g`ri burchakli to`rtburchakdan iborat geometrik shakl ekanligini nazarda tutamiz.
Tushunchani ta`riflash uning muhim belgilarni ochib berishni taqozo etadi. Masalan: Davlat - jamiyatni siyosiy hokimiyat yordamida maxsus boshqaruv shaklidir. Tushuncha ta`rifi ikki qismdan iborat bo`ladi.

  1. Ta`riflanuvchi. Bu mazmunni ochilishi lozim bo`lgan tushuncha.

  2. Ta`rifning o`zi bu- tushuncha mazmunini ochishga yordam beradigan belgilarni ochib berish

Tushunchalarni ta`riflash turlari deganda;
A) yaqin jins va tur orqali ta`rif;
B) nominal ta`rif;
V) genetik ta`rif nazarda tutiladi.
Yaqin jins va tur orqali ta`rifda ta`riflanuvchi tushuncha, uning tur belgisi va jinsga mansubligi ifoda etiladi.
Jamiyat o`z - o`zidan tashkillanuvchi, o`z - o`zidan rivojlanuvchi ijtimoiy organizm. Bu ta`rifda mazmuni ochilish lozim bo`lgan tushuncha – “jamiyat”, uning tur belgisi “o`z-o`zidan tashkillanuvchi”, “o`z-o`zidan rivojlanuvchi”, jins ifodasi - “ijtimoiy organizm”.
Ta`riflash quyidagi formula (mantiqiy shakl)da ifodalash mumkin: A tur B jins + A tur.
Genetik ta`rifda tushunchada ifodalangan predmetning kelib chiqishi, uning nimadan to`zilganligi qanday shakllanganligi kabi o`ziga xos tomonlariga e`tibor beriladi. Masalan:nutq - mehnat jarayonida yuzaga kelgan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiluvchi, insonlargagina xos bo`lgan aloqa vositasidir.
Ta`rif real va nominal turlarga bo`linadi.
Nominal ta`rifda tushunchani ifodalagan so`z, nom - terminning ma`nosi bayon etiladi. Real ta`rif o`zining aniqligi bilan ajralib turadi. Nominal ta`rifda biologiya «bio» - hayot, «logos» - fan degan so`zdan olingan bo`lib, hayot to`g`risidagi fan desak, real ta`rifda «biologiya» - hayot qonuniyatlari va jonli mavjudotlarning o`sishi haqidagi fandir, deymiz.
Masalan: «Informatika axborotni hosil qilish, saqlash, qayta ishlash jamiyatiga tadbiq etish yo`llari va usullari haqidagi fan» dir ta`rifi real ta`rifiga misol bo`la oladi.
Ta`riflashning hamma fanlar uchun zarur bo`lgan mantiqiy qoidalari mavjud. Ularga amal qilingandagina ta`rifda aniqlikka erishiladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Ta`riflash teng hajmli bo`lishi kerak, ya`ni ta`riflanuvchi predmet hajmi bilan ta`riflovchi hajmi teng bo`lishi kerak. Agar biz, falsafa - tabiat, jamiyat haqidagi eng umumiy bilimlarni o`rganadigan fandir desak, bu ta`rif noto`g`ri, chunki ta`riflanuvchi tushunchaning xajmi ta`riflovchidan keng;
2. Ta`riflashda eng yaqin jins tushunchani olish kerak. Agar biz san`at ijtimoiy ong formasi desak, noto`g`ri bo`ladi, chunki «ijtimoiy ong formasi» san`atning yaqin tur belgisi emas.
3. Ta`rifda belgi faqat ta`riflanuvchi predmetga tegishli bo`lishi va uning barcha predmetlardan farqini ko`rsatib berishi kerak. Agar biz «baliq» suvda yashovchi jonzotdir, deb ta`riflasak, noto`g`ri bo`ladi, chunki yuqoridagi qoida bo`zilgan hisoblanadi.
4. Ta`rif inkor shaklida bo`lmasligi, tushunchada ifodalangan narsa, hodisaning asosiy belgilari ko`rsatilishi kerak. Masalan. «baliq» - ilon emas, deb ta`rif bersak, xato bo`ladi.
5. Ta`riflash aniq bayon qilingan bo`lishi kerak. Noaniqlik noto`g`ri ta`riflashga olib keladi.
Ko`rinadiki, ob`ektiv olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini ochishda ta`riflash muhim rol o`ynaydi.

Adabiyotlar:
1.Sh.M. Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va oli janob xalqi miz bilan birga quramiz. T.:“O‘zbekiston”, 2017 yil.
2.Sh.M. Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonlik garovi. T.: “O‘zbekiston” 2017yil
3.Sh.M.Mirziyoev. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O‘zbekiston” 2017yil
4.M.Sharipov, D.Fayzihodjayeva. Mantiq. O`quv qo`llanma. T.2004
5.C.B.Valiyeva, A.P.Bobotoyev. Mantiq.Uslubiy qo`llanma. T.2011


Download 243.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling