Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja
Download 243.77 Kb.
|
МАЪРУЗА МАТНИ
Taqqoslash – tushuncha hosil qilishning mantiqiy usulidir. Olamdagi narsa va hodisalarni bilish, tushunish dastlab taqqoslash asosida boradi. Taqqoslash shunday mantiqiy usulki, uning yordamida ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalar orasidagi o’xshashlik yoki farqlar aniqlanadi. Taqqoslash natijalari chin bo’lishi uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:
a) hamma vaqt ham haqiqatda, bor o’zaro real bog’lanishda bo’lgan buyumlarni taqqoslash lozim; b) taqqoslash chin bo’lishi uchun, qanday belgiga ko’ra taqqoslashimiz oldindan ma’lum bo’lishi shart; v) hamma vaqt ikki yoki bir necha buyumni bir umumiy belgi asosida, aynan bir nisbatda taqqoslash kerak; g) har qanday taqqoslash tasodifiy, duch kelgan belgilarga qarab emas, balki taqqoslanadigan buyumlar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan belgilar asosida bo’lishi lozim. Tushunchalarni hosil qilishda analiz va sintez mantiqiy usulidan foydalaniladi. Tashqi olamdagi, narsa va hodisalarni bilish, ular haqida tushuncha hosil qilish, asosiy belgilarni topish ularni fikran bo’laklarga ajratishni talab qiladi. Bunda biz mantiqiy usullardan biri bo’lmish - analizdan foydalanamiz. Analiz - shunday mantiqiy usulki, bu usul yordami bilan narsa va hodisalarni fikran qismlarga bo’lamiz, ularning ayrim qism va xususiyatlarini ajratamiz va bilib olamiz. Analiz bir sinfga kiruvchi bir jihatdan o’xshash, qolgan jihatlardan farq qiladigan predmet va voqealarni o’rganishda yordam beradi. Masalan, «Mantiq» kursini egallash uchun bu kursni fikran qismlarga bo’lib olamiz. Dastlab tushunchalarni, keyin mushohadalarni (hukmlarni), so’ngra xulosa chiqarish va boshqalarni o’rganamiz. Lekin fikrlash jarayonida narsalarni bilish uchun analizning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki analiz predmetni o’rganishdagi dastlabki qadamdir. «Mantiq» fani haqida to’liq bilimga ega bo’lish uchun har bir qism bilan alohida tanishib chiqishning o’zi kifoya qilmaydi, Chunki biz yuqorida qayd qilgan qismlarni o’zaro birlashtirib bir butun xolga keltirganimizdan keyingina «mantiq» fani haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lamiz. Demak, fikrlash jarayonida analiz-sintez bilan chambarchas bog’liq keladi. Download 243.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling