Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja


Download 243.77 Kb.
bet10/11
Sana31.10.2023
Hajmi243.77 Kb.
#1736036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ

Hajm jihatdan bir-biriga ma’lum bir darajada aloqasi bo’lgan tushunchalar sig’ishadigan tushunchalar deyiladi. Masalan, «kitob» bilan «darslik».
Hajm jihatdan bir-biriga kirishmaydigan tushunchalar sig’ishmaydigan tushunchalar deyiladi.
1) Sig’ishadigan tushunchalar o’rtasida: a)ayniylik (moslik); b) qisman moslik; v) bo’ysunish munosabatlari bor.
A) Ayniyat munosabati. Ayniyat munosabatidagi tushunchalar hajmi jihatdan aynan teng bo’lib, bir predmetni ikki tomondan ifodalaydi va ular mos tushunchalar deb nomlanadi. Mos tushunchalarning birida predmetning bir belgisi, ikkinchi tushunchada esa boshqa belgisi ko’rsatiladi. Mos tushunchalardan hayotda to’g’ri foydalanish fikrni aniq tushunish va ko’proq ma’lumot olishga yordam beradi. Masalan: notiq biror shaxs haqida gapirar ekan, nutqida bir tushunchani boshqa bir tushuncha bilan almashtira olsa, uning nutqi mazmunan boyiydi va tinglovchilarda qiziqish uyg’otadi.
Masalan: A. G’azal mulkining sultoni
B. O’zbek adabiy tilining asoschisi
Bu misolda A va B - mos tushunchalar.
Ikkala tushunchada ham buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ifodalangan.
B) Tushunchalar o’rtasidagi qisman moslik munosabati. Bunda ikki guruh predmetlari o’rtasidagi munosabat aks etadi, birinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismi ikkinchi guruh predmetlarining ma’lum bir qismiga mos keladi. Ta’kidlash joizki, ushbu munosabatdagi tushunchalar hajmi jihatdan qisman mos kelsalarda, lekin mazmun jihatidan harxil bo’ladi.
Masalan: A. Ishchilar
B. Ratsionalizatorlar
Ishchilarning bir qismi ratsionalizator, ratsionalizatorlarning bir qismi ishchilar bo’lishi mumkin. Qisman moslik munosabati chatishma tushunchalarini keltirib chiqaradi.
V) Bo’ysunish munosabati - keng hajmli tushuncha bilan tor hajmli tushunchalar orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bunda keng hajmli tushuncha-bo’ysundiruvchi, tor hajmli tushuncha bo’ysunuvchi, deb yuritiladi.
Masalan: A. Fan
B. Kibernetika,
Berilgan misoldagi A tushuncha keng hajmli. B tushuncha (kibernetika) A ning tarkibiga kiradi, tor hajmli.
2) Sig’ishmaydigan tushunchalar o’rtasida: a) birga bo’ysunish; b) qarama-qarshilik; v) zidlik munosabatlarimavjud.
A) Birga bo’ysunish munosabatida tushunchalar o’zaro bir-birini istisno qiladi, lekin ular birgalikda hajmi keng boshqa tushunchaga bo’ysunadi.
Masalan: A. Badiiy adabiyot
B. Arxitektura
V. Amaliy san’at
A, B, V tushunchalari birgalikda nisbatan kengroq hajmli D (san’at) tushunchasiga bo’ysunadi. Bunda A, B, V lar birga bo’ysinuvchilar; D-birga bo’ysundiruvchi hisoblanadi.
B) Qarama-qarshilik munosabatida tushunchalar predmetlarda ikki qarama-qarshi tomon mavjudligini ifodalaydi, qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalar odatda bir-birini inkor etadi. Bir tushunchaning to’g’riligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqadi. Lekin qarama-qarshilik munosabati orasida uchinchi bir tushuncha bo’lishiga imkon qoldiradi.
Masalan: A. Oq
B. Qora
Bu misolda A-B ni inkor etadi, B ham A ni inkor etadi. A ning chinligidan B ning xatoligi kelib chiqadi yoki aksincha bo’lishi mumkin. Qarama-qarshilik munosabatida uchinchi bir tushuncha (A1, A2, A3 yoki B1, B2, B3) bo’lishi mumkinligi nazarda tutiladi.
V) zidlik munosabatidagi tushunchalar ham qarama-qarshi munosabatidagi tushunchalar kabi o’zaro bir-birini inkor qiladi. Qarama-qarshi munosabatda ikkinchi tushuncha aniq ifodalanadi. Zidlik munosabatida inkor etilayotgan tushuncha noaniq bo’lib qolaveradi. Munosabati qarama-qarshi tushunchalar singari bir doiraga kirsada, inkor etgan tushuncha doiraning noaniq qismini tashkil qiladi. Agar qarama-qarshi tushunchalar uchinchi tushunchaga o’rin qoldirsa, zid tushunchalar ularga hech qanday o’rin qoldirmaydi. Shuning uchun ikki zid tushunchaning biri rost bo’lsa, ikkinchisi albatta xato, uchinchisi bo’lishi mumkin emas.
Masalan: Katta – A tushuncha
Katta emas – A emas
Berilgan misoldagi A tushunchaning chinligi B ning xatoligini keltirib chiqaradi yoki aksincha. Ular bir-birini tamoman inkor etadi, uchinchisining bo’lishi mumkin emas.
Tushunchalar ustidagi mantiqiy amallar deganda: a) tushunchalarni umumlashtirish: b) chegaralash: v) tushunchalarni bo`lish: g) tushunchalarni ta`riflash nazarda tutiladi.
Olamning mohiyatini anglashda fikrimiz ba`zan hajmi kengroq tushunchadan torroq tushunchaga qarab harakat qilsa, ba`zan esa aksincha bo`ladi. Ushbu jarayon mantiq fanida tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash deyiladi.
a) tushunchalarni umumlashtirish. Fikrlash jarayonida tor hajmli (tur) tushunchadan keng hajmli (jins) tushunchaga qarab borish – tushunchani umumlashtirish deyiladi. Masalan, o`qituvchi-ziyoli- inson.
Tushunchalarni umumlashtirishda yakka tushunchadan umumiy tushunchaga qarab boriladi. Umumlashtirishning muayyan chegarasi mavjud. Uning natijasida ortiq umumlashtirish mumkin bo`lgan tushunchalar hosil bo`ladi. Bunday tushunchalar kategoriyalardeyiladi. Kategoriyalar olamdagi narsa, xodisalarning eng umumiy xususiyatlarini, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Har bir fan o`ziga xos kategoriyalar sistemasiga ega. Masalan, fizikada «atom», «molekula», «energiya», «quvvat» matematikada son, tenglama, differersional, integral va hokazo.
Umumlashtirish mantiqiy amalini quyidagicha ifodalash mumkin: Akula (A) – yirtqich baliq (B) – baliq (V) suv hayvoni (G)
Bu misolda fikr tor hajmdagi tushunchadan keng hajmli tushunchaga qarab borgan. Buni A-B-V-G mantiqiy shaklda yoki grafik usulda - Eyler doirasi tarzida ifodalash mumkin. Grafikdagi strelka A dan G ga qarab boradi va umumlashtirishni ifodalaydi.

Г


В
Grafikdagi strelka Adan Gga qarab



Б
boradi va chegaralash yo`nalishini


А
ifodalaydi.


Umumlashtirish mantiqiy usuli tushunchalarni ta`riflashda qo`llanadi.
b) tushunchani chegaralash. Fikr yuritish jarayonida hajmi keng (jins) tushunchadan torroq (tur) tushunchaga tomon borish tushunchani chegaralash deyiladi. Tushunchalarni chegaralash natijasida yakka tushunchalar hosil qilinadi. CHegaralash natijasida hosil bo`lgan tushunchalar yakka yoki «individ» tushunchalar deyiladi. Masalan: «harakat» tushunchasini shunday chegaralash mumkin: harakat (A) -mexanik harakat (B) - aylanma xarakat (V) - yer planetasi xarakati (G)
Harakat - A
Mexanik harakat - AB
Aylanma harakat - ABV
Yer planetasi harakati – ABVG

А
CHegaralash quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin.



Б

В

г

Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan fikrlash operasiyasidir. Agar umumlashtirish orqali narsa va hodisalarning muhim, bir-biriga o`xshash tomonlarini bilsak, chegaralash orqali esa har bir narsaning o`ziga xos, konkret tomonlarini, ichki xususiyatlarini bilamiz.


v) tushunchalarni bo`lish. Tushunchalarning hajmi bo`lish operasiyasi orqali aniqlanadi. Tushunchalar hajmini aniqlash mantiqiy usuli tushunchalarni bo`lish deyiladi.
Bo`lish deganda tushunchalarda ifodalangan predmet, hodisalarni fikran kichik guruppalarga ajratish nazarda tutiladi. Hajmi aniqlanadigan tushuncha bo`linuvchi tushuncha; bo`lish uchun olingan belgi-bo`lish asosi, bo`lish natijasida tushunchalar bo`linma deyiladi. Tushunchalarni bo`lishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak;
1. Tushunchalarni bo`lish bir asos bo`yicha amalga oshiriladi. Masalan, uchburchaklar-o`tkir burchakli uchburchak, o`tmas burchakli uchburchak, to`g`ri burchakli uchbarchak.
2. Tushunchalarni bo`lish mutanosib bo`lmog`i kerak. Buning ma`nosi shuki, bo`lish natijasida hosil bo`lgan tur tushunchalarining hajmi bo`linuvchi (jins) tushuncha hajmiga teng bo`lmog`i lozim.
Masalan, materiklar tushunchasi tarkibiga YevroOsiyo, Afrika, Avstraliya, SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida tushunchalari kiradi. .
Z. Bo`lish natijalari bir-birini istisno qilishi kerak.
Masalan, «tabiat» (A)ni bo`lish orqali «jonli tabiat» (B), «jonsiz tabiat» (V) hosil qilinadi.
Klassifikasiya (tasnif) - ob`ektiv olamdagi predmetlar, hodisalar haqidagi bilimlarimizni sistemalashtirish, ma`lum bir tartibga solib o`rganishning muhim usulidir. Amaliy ehtiyoj talablariga ko`ra tushunchalarni bo`lish asosini o`zgartirish mumkin. Lekin klassifikasiyada bo`lish asosi nisbatan barqarorligi, doimiyligi bilan ajralib turadi.
Mantiqda klassifikasiya ikki gruppaga: tabiiy va sun`iyga bo`linadi. Tabiiy klassifikasiya ilmiy tadqiqotning natijasi va muxim vositasi bo`lib, bilish jarayonida katta axamiyatga ega. Tabiiy klassifikasiyada predmetlar eng umumiy va eng muhim belgilari asosida guruhlarga bo`linadi. Ushbu usul o`simliklarni va hayvonlarni klassifikasiya qilishda ayniqsa keng qo`llaniladi. Sun`iy klassifikasiya esa tashqi belgilarga asoslanadi va turli - tuman predmetlarni, ularni aks ettiruvchi tushunchalarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Tabiiy klassifikasiyaga misol sifatida Mendeleevning ximiyaviy elementlarining davriy sistemasini, O`simliklar, hayvonlar klassifikasiyasini keltirish mumkin. Kutubxonadagi kitoblarni alfavit tartibda joylashtirish sun`iy klassifikasiyaga misol bo`la oladi.

Download 243.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling