Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja


Tushuncha narsa, hodisalar ularning muhim, umumiy va o’


Download 243.77 Kb.
bet5/11
Sana31.10.2023
Hajmi243.77 Kb.
#1736036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ

Tushuncha narsa, hodisalar ularning muhim, umumiy va o’ziga xos belgilarini inson ongida yaxlit aks ettiradigan tafakkur shaklidir.
Inson kundalik hayotda turli tushunchalardan foydalanadi. Bu tushunchalar voqelikni inson ongida aks etishi, asosida shakllangan. «Uy», «daraxt», «inson», «quyosh», «suv» va hokazotushunchalar kundalik hayotda ko’zga tashlanib turgan belgilar asosida hosil qilingan. Ilmiy tushunchalar esa narsa va hodisalarning ob’ektiv qonuniyatlarini, zaruriy tomonlarini ochib beradi.
Tushunchalar ikki xil vazifani bajaradi, avvalo mushohada (hukm)ning vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi va uning elementi sifatida tarkibiga kiradi. Ikkinchidan, inson ongida bilimning to’laroq yakunini ifodalaydi.
Hissiy bilishda olamdagi narsa va hodisalarning individual tomonlari aks etadi, tushunchalarda esa umumiylik ifodalanadi. Tushuncha va tasavvur o’rtasidagi ham farqlari bor.
Agar biz ma’lum bir guruh kishilariga biror predmet obrazini (masalan, shkaf) tasavvur etishlarini va ushbu tasavvurlarini qog’ozga tushirishlarini so’rasak, ularning qog’ozga tushirgan tasavvurlari bir biriga mos emasligini ko’ramiz. Har bir shaxs predmetni (shkafni) individual o’ziga xoslik asosida tasavvur etadi. Biz ushbu shaxslarning predmet (shkaf) haqidagi individual tasavvurlaridagi predmetning (shkafning) rangi, materiali, shakli, ulardagi polkalar soni, nimaga xizmat qilishi kabi belgilaridan Chetlanib, shkaflar uchun xos umumiy belgi, ya’ni shkaf - bu kiyim, idish, kitob va boshqalarni saqlash uchun xizmat qiluvChi buyum desak, bu alohida qaysidir shkaf bo’lmay, balki hamma shkaflar uchun xos bo’lgan umumiy belgini ko’rsatadi. Demak, tasavvurda individuallik, tushunchada umumiylik mavjud.
Tushunchalar ularda ifodalangan narsa, hodisalarning muhim belgilari asosida yuzaga keladi. Bizni o’rab turgan narsa, hodisalar ko’plab belgilarga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Kishilik jamiyati tarixida tushunchani izohlashda u ifodalagan alohida narsalarning xususiy belgilari yig’indisi bilan uyg’unlashtirishga harakatlar bo’lgan. Narsa va hodisalar cheksiz belgilarga ega, tushunchada esa faqat ularning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydigan muhim belgilari nazarda tutiladi.
Narsa va hodisalardagi, belgilarni biz avvalo ikki guruhga, ya’ni muhim va muhim bo’lmagan belgilarga ajratamiz. Muhim bo’lmagan belgilarning yo’qolishi yoki o’zgarishi - fikr qilinayotgan predmetning asosiy sifatlari (yuk ko’tarishi, tezligi va hokazo) o’zgarishiga olib kelmaydi.
Aksincha, muhim belgilar narsa yoki hodisalarga har qanday holatda ham xos bo’lib, ushbu belgilarsiz predmetning mavjudligi haqida fikr yuritishi mumkin emas. Masalan, millatning muhim belgisi til birligidir. Boshqa muhim belgilari bo’lsa-yu, lekin til birligi belgisi bo’lmasa, u millat bo’la olmaydi.
Tushunchalarning muhim va muhim bo’lmagan belgilari nisbiy xarakterga ega, Chunki vaqt o’tishi bilan ilgari muhim hisoblangan belgi nomuhim belgiga aylanishi yoki aksincha bo’lishi mumkin.
Biz hayotda qo’llaydigan turli xil tushunchalarni hosil qilish uchun ularning muhim va umumiy belgilarini topishimiz lozim. Bunda turli mantiqiy usullardan foydalaniladi. Mantiqiy usullarga: taqqoslash, analiz va sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kabilar kiradi. Kishilar qadim davrlardan ushbu mantiqiy usullardan foydalanib, tushunchalar hosil qilganlar.

Download 243.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling