Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja


Download 243.77 Kb.
bet9/11
Sana31.10.2023
Hajmi243.77 Kb.
#1736036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ

Predmetlardan fikran ajratib olinib, mavhumlashtirilgan ma’lum xususiyat, belgilarni aks ettirgan tushunchalar abstrakt tushunchalar deyiladi. Masalan, «go’zallik», «botirlik», «tozalik», «sharm-xayo» va hokazolar.
Tushunchalar mazmuniga ko’ra, yana nisbatli va nisbatsiztushunchalarga bo’linadi. Agar bir tushuncha ikkinchi tushuncha orqali bilinadigan bo’lsa, u nisbatli bo’ladi. Nisbatli tushunchalarga «katta-kichik», «aka-uka», «oq-qora» kabi kabi tushunchalarni ko’rsatish mumkin. Tushuncha boshqa tushunchalarsiz bilinadigan bo’lsa, bu tushuncha nisbatsiz bo’ladi. Masalan, «shartnoma», «davlat», «talaba» va hokazo.
Shuningdek, tushunchalar mazmuniga ko’ra yana musbat va manfiy turlarga ajratiladi. Bunda biz tushunchada ifodalanayotgan predmetda biror belgi borligini tasdiqlash yoki inkor etishga asoslanamiz. Agar tushunchada belgi borligi ifodalansa, u musbat; aksincha, belgi yo’qligi ko’rsatilsa, manfiy bo’ladi. Masalan, «e’tiqodli», «baxtli», «insofli», «intizomli», kabi tushunchalar musbat, «e’tiqodsiz», «baxtsiz», «insofsiz», «intizomsiz» kabi tushunchalar esa manfiy tushunchalar jumlasiga kiradi. Manfiy tushunchalar odatda «siz», «no», «be», «emas» va boshqa qo’shimchalar qo’shish orqali yasaladi.
Shunday qilib tushunchalarning quyidagi asosiy turkumlari mavjud:
A) yakka va umumiy G) nisbiy va nisbatsiz
B) jins va tur D) jamlovchi va jamlanmasiz
V) konkret va abstrakt J) musbat va manfiy
Umumiy tushunchalar tarkibiga universal tushunchalar ham kiradi. Bilimning muayyan sohasiga oid, turkumga mansub tushunchalar universal tushunchalar deyiladi.Masalan, zoologiyadagi «hayvonlar», botanikadagi «o’simliklar» kabi tushunchalar shular jumlasidandir.
3. Biz falsafa fanini o’rganish jarayonida ob’ektiv olamdagi narsa hodisalar o’zaro bir-birlari bilan alohida bir-birini taqozo qiladi, olamni anglash uchun narsa va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni anglash zarurati haqida xulosa hosil qilganmiz. Olamdagi narsa va hodisalar aloqa va munosabatlari inson ongida aks etadi va tushunchalar orasidagi aloqa va munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Mantiq ilmida avvalo tushunchalarni hajm jihatidanbir-biriga taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigantushunchalarga ajratamiz. Masalan, «o’qituvchi» bilan «ziyoli» tushunchalari taqqoslanadigan, «o’qituvchi» va «zavod» tushunchalari esa taqqoslanmaydigan tushunchalar qatoriga kiradi.
Biz mantiq kursida o’zaro hajm jihatdan taqqoslanadigan tushunchalar bilan ish ko’ramiz. Taqqoslanadigan tushunchalar o’z navbatida sig’ishadigan va sig’ishmaydigan tushunchalarga bo’linadi.

Download 243.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling