Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja


Download 243.77 Kb.
bet4/11
Sana31.10.2023
Hajmi243.77 Kb.
#1736036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ

Yetarli asos qonuni. Bizning olam, undagi biron narsa, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Fikrning chinligi tafakkurga xos xususiyat bo’lib, chin fikrlar haqiqatlar deb yuritiladi, ularga amaliy va nazariy faoliyat tufayli erishiladi. Chin fikrlash to’g’ri fikrlashdir, to’g’ri fikrlash aniqlik, ravshanlik, izchillik, ziddiyatsizlik bilan bir qatorda asoslanganlikni, isbotlanganlikni talab qiladi. Bu narsa tafakko`rning yetarli asos qonunida o’z ifodasini topadi.
Yetarli asos qonuni, nemis faylasufi va mantiqshunos olim Leybnis (1646-1716) tomonidan tavsiflab berilgan. Yetarli asos qonuni: agar A fikr chin bo’lsa, uning asosi V ham chin bo’lishi kerak,tarzida ifodalanadi. Bunda A - fikrni, V - uning asosini ifodalaydi. Ilmiy tadqiqot fikrlar mujassami, izchilligida ifodalanadi, Bunda bir fikrning ikkinchisidan, uning o’z navbatida boshqa fikrdan kelib chiqishi ilmiy bilish jarayonining uzluksiz davom etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Bu holni mantiqda fikrlar tizimini ifodalaydigan (a-v), (v-s),,, tarzida berish mumkin. Fikrlar bilan ularning asosi orasidagi aloqadorlik ob’ektiv mazmunga ega, unda olamdagi real munosabatlar aks etadi...
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
1. Tushuncha tafakko`rning ilk shakli hisoblanadi. Inson tushunchalar yordamida fikrlaydi hamda bir-biri bilan o’zaro aloqa qiladi. Uzoq tarixiy rivojlanish davomida olamni idrok va tasavvur qilish, to’plangan tajribalarni doimiy ravishda umumlashtirish tushunchalarning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Tushunchalar voqelikning inson aks etishi asosida shakllanadi. Inson atrofidagi narsa va hodisalarni o’rganish jarayonida uning muhim, umumiy tomonlarini ajratib, umumlashtirib boradi, natijada turli tushunchalar hosil qilinadi.
Tushuncha tafakko`rning murakkab shakli bo’lib, u hissiy bilishning asosiy shakllari: sezgi, idrok, tasavvurdan farq qiladi. Agar biz hissiy bilishda ob’ektiv olamdagi alohida (yakka) narsa, hodisalarni ongimizda in’ikos ettirsak, tushunchalarda esa yakka belgilardan uzoqlashiladi va narsa, hodisalarning umumiy tomonlari ongimizda aks etadi.

Download 243.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling