U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

 iii. yangi mavzu bayoni. 
multimadia ilova asosida 126-mashqdagi topishmoq o‘qib eshittiriladi. 
Oq gulim, oppoq gulim, 
Ushlab ko‘rsam yumshoq gulim. 
o‘quvchilar berilgan rasmlardan topishmoqning javobini topadilar. Javob to-
pilgach, quyidagi savollarga javob berishlari lozim: 
Sizga topishmoqning javobini topish uchun qaysi so‘zlar yordam berdi?
– 
Oq, yumshoq.
– 
bu so‘zlarga so‘roq bering?
– 
Qanday?, qanaqa?
– 
qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiradi?
– 
Belgini bildirad
– 
i. 
o‘quvchilar bergan javoblardan xulosa qilinib, kitobdagi qoida keltirib 
chiqariladi: 
Belgini bildirgan so‘zlar qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
iv. Mustahkamlash.
Ushbu ko‘rinishdagi tarqatmali jadval asosida shaxs va narsalarning belgilari 
toptiriladi. 


89
o‘quvchilar javoblari tinglanib, xulosalanadi. 
Darslik bilan ishlash. 
127- mashq. 
matn ifodali o‘qib eshittiriladi. o‘quvchilar matn mazmunini eshitish jara-
yonida ilovadagi qanday?, qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topadilar. 
So‘zlarni to‘g‘ri topsalar, so‘zning rangi o‘zgaradi. matn mazmuni yuzasidan 
o‘qituvchi suhbat uyushtiradi. 
o‘quvchilar so‘roqlar o‘rniga matndan mos so‘zlarni topib, bo‘sh katakka 
joylaydilar, natijada so‘z birikmalari hosil bo‘ladi. 
o‘qituvchi mashq ustida quyidagi tarqatma topshiriq asosida ishni tashkil 
qilishi mumkin. matndagi barcha belgini bildirgan so‘zlarni aniqlab, jadvalni 
to‘ldiradilar. topshiriqni bajargan o‘quvchilar aniqlanib, rag‘batlantiriladi. 
n a m u n a : 
Katta, mevali, oq, pushti, shirin, mazali. 
matndan foydalanib jadval to‘ldiriladi va o‘quvchilar daftarlariga yozadilar. 

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling